К содержанию
РецензированоUZ2026

TOGʼ VA TOGʼOLDI MINTAQALARI YEM-HASHAK OʼSIMLIKLARI VA SISTEMATIKASI

Ikromova Shahriniso Nizomiddin qizi

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Forage plants of the mountain and foothill regions play animportant ecological and biological role in nature. They participate in processes such as maintaining the balance of the ecosystem, soil formation, combating erosion, and balancing the composition of the atmosphere. These plants also play an important role in the production of pharmaceuticals, agriculture, and biologically active substances. Ключевые слова: корм, урожай, засуха, экологический, климат, экосистема, манипуляция, антропогенный фактор, горная местность Keywords: fodder, crop, drought, ecological, climate, ecosystem, manipulation, anthropogenic factor, mountainous area. Yem-xashak ekinlarilarining eng katta guruhini koʻp yillik oʻtlar: dukkaklilar —sebarga, beda, shabdar, bersim, esparset, qashqarbeda, oqnilufar va gʻal ladoshlar (ajriqbosh, betaga, suvbugʻdoyiq, oqsoʻxta, erkakoʻt) tashkil qiladi. Koʻp yillik oʻtlar sof holda va aralash (mas, sebarga bilan ajriqbosh, beda bilan erkakoʻt) ekiladi. Ular yaylov ozigʻi sifatida hamda koʻk massasi pichan, senaj, silos, oʻt uni, donador oziq va briketlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bu Yem xashak ekinlari oqsilga (ayniqsa, dukkaklilar), vitaminlarga va mineral tuzlarga boy boʻladi. Bundan tashqari, koʻp yillik oʻtlar yerni azotga boyitadi chunki ular ildizidagi tuganak bakteriyalar havodagi azotni oʻzlashtirish xususiyatiga ega. Koʻp yillik oʻtlarning aksariyati namsevar oʻsimliklardir. Nam yetishmasa, ularning hosili kamayib ketadi yoki butunlay nobud boʻladi (qurib qoladi), shuning uchun qurgʻoqchil rayonlarda koʻp yillik oʻtlar (eng avvalo beda) asosan sugʻoriladigan yerlarga ekiladi. Yashil konveyr hosil qilish uchun bir yillik oʻtlar ekiladi. Ulardan ham pichan va boshqa ozuqalar tayyorlanadi. Bir yillik dukkaklilardan shabdar, bersim, bahorgi va kuzgi yovvoyi noʻxat, noʻxat ekiladi. Oqsilga boy bu oʻsimliklar, odatda, bir yillik gʻalla ekinlari — suli, arpaga qoʻshib ekiladi. Oʻzbekistonning qurgʻoqchilik rayonlarida qurgʻoqchilikka chidamli bir yillik oʻtlar —sudanoʻt, oqjoʻxori, oqjoʻxori-sudanoʻt duragaylari, mogar, qoʻnoq, shuningdek, cheklangan miqdorda vika, burchoq ekiladi. Koʻp rayonlarda koʻkat ozuqa uchun bir yillik oʻt sifatida kuzgi javdar, tariq, soya, oʻris noʻxat, shuningdek, yangi ekin — tritikale ekiladi. Yaqin vaqtdan boshlab koʻk massa olish maqsadida pane (bahorgi va kuzgi), perko ekiladigan boʻldi. Tog‘ va tog‘oldi mintaqalari uzoq geologik davrlarda shakllangan bo‘lib, bu jarayonda iqlim o‘zgarishlari va tog‘larning ko‘tarilishi yem-hashak o‘simliklarining evolyutsiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.Iqlim oʻzgarishi (shuningdek, global isish) – butun dunyodagi oʻrtacha haroratning davomli oʻsishi va uning Yer iqlimiga oʻtkazadigan taʼsiri. Global haroratning hozirgi davrdagi koʻtarilishi inson faoliyati, xususan, sanoat inqilobidan beri 115 qazib olinayotgan yoqilgʻining yoqilishi bilan bogʻliq. Qazib olingan yoqilgʻidan foydalanish, oʻrmonlarni kesish va baʼzi qishloq xoʻjaligi va sanoat amaliyotlari iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi issiqxona gazlarini chiqaradi. Global isishda asosiy rol oʻynayotgan issiqxona gazi boʻlmish karbonat angidrid millionlab yillar davomida kuzatilmagan darajada, taxminan, 50%ga oʻsdi. Iqlim oʻzgarishi atrof- muhitga tobora katta taʼsir koʻrsatmoqda. Xususan, choʻllar kengaymoqda, issiq toʻlqinlar va oʻrmon yongʻinlari keng tarqalmoqda. Arktikadagi havo haroratining koʻtarilishi |abadiy muzliklarning erishiga sabab boʻldi. Yuqori haroratlar kuchli boʻronlar, qurgʻoqchilik va boshqa ob-havo sharoitlariga ham sabab boʻlmoqda. Togʻlar, marjon riflari va Arktikadagi tez atrof-muhit oʻzgarishi koʻplab turlarni boshqa joyga koʻchishga yoki yoʻq boʻlib ketishga majbur qilmoqda. Kelajakda iqlim oʻzgarishini minimallashtirishga qaratilgan harakatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa-da, baʼzi taʼsirlar, masalan, okeanning isishi, okeanning kislotalanishi va dengiz sathining koʻtarilishi asrlab davom etadi. Ekotizim (yoki ekologik tizim) — barcha organizmlar va ular oʻzaro taʼsir qiladigan muhitdan iborat. Ushbu biotik va abiotik komponentlar oziq moddalar aylanishlari hamda energiya oqimlari orqali bir-biriga bogʻlangan. Energiya fotosintez orqali tizimga kiradi va oʻsimlik toʻqimalariga kiritiladi. Hayvonlar va oʻsimliklar bir-biri bilan oziqlanib, materiya va energiyaning tizim boʻylab harakatlanishida muhim rol oʻynaydi. Ular, shuningdek, mavjud oʻsimlik va mikrobial biomassa miqdoriga taʼsir qiladi. Oʻlik organik moddalarni parchalash orqali parchalanuvchilar uglerodni atmosferaga qaytarib yuboradi va oʻlik biomassada saqlanadigan ozuqa moddalarini oʻsimliklar hamda mikroblar tomonidan osonlikcha qayta ishlash mumkin boʻlgan shaklga aylantirish orqali ozuqa moddalarining aylanishini osonlashtiradi. Ekotizimlar tashqi va ichki omillar bilan boshqariladi. Iqlim, tuproq va topografiyani tashkil etuvchi asosiy material kabi tashqi omillar ekotizimning umumiy tuzilishini boshqaradi, lekin ekotizimning oʻzi taʼsir qilmaydi. Ichki omillar, masalan,

Доказательный фрагмент

«Forage plants of the mountain and foothill regions play animportant ecological and biological role in nature.»

Образец извлечения

Демо-превью

Forage plants of the mountain and foothill regions play animportant ecological and biological role in nature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fodder, crop, drought, ecological, climate, ecosystem, manipulation, антропогенный фактор, экосистема, манипуляция, экологический, климат, горная местность, корм, засуха, урожай
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники