Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
ILDIZ VA UNING VAZIFASI, ILDIZNING TURLARI.ILDIZNING BIRLAMCHI VA IKKILAMCHI ANATOMIK TUZILISHI
IKKILAMCHI ANATOMIK TUZILISHI · Rahmonaliyeva Gullola Odiljon qizi · Abdullayeva Nozima Bahodir qizi
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
The root is one of the most important vegetative organs in the life of plants. It not only fixes the plant to the soil, but also plays a key role in absorbing water and minerals dissolved in it and delivering them to the plant body. In addition, in some plants, the root also performs various special functions, such as accumulating reserve nutrients, vegetative reproduction, and absorbing oxygen from the air. The specific features of the root structure are an important factor in the adaptation of plants to their living environment. Ключевые слова: корень, минерал, резерв, вегетативное размножение, горизонтальный корень, метаморфизированный, паразитический корень. Keywords: root, mineral, reserve, vegetative propagation, horizontal root, metamorphosed, parasitic root. Ildiz – barcha yuqori tuzilgan o‘simliklarning asosiy vegetativ organlaridan biri bo‘lib, u dastlab urug‘ unib chiqqanda radikula (ildizcha)dan hosil bo‘ladi. Biologik jihatdan ildiz o‘simlik organizmida muhim hayotiy funksiyalarni bajaradigan, morfologik tuzilishi va rivojlanish jihatidan poya va bargdan farq qiluvchi organ hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari qatoriga o‘simlikni tuproqqa mustahkamlash, suv va unda erigan mineral moddalarni yutib olish, ularni yuqoriga – poya va barglarga yetkazish, ba’zi hollarda esa oziq moddalarni zaxiralash, vegetativ ko‘payish va qo‘shimcha ixtisoslashgan funksiyalarni bajarish kiradi.Ildiz asosan yer ostida rivojlanadi. Bu uni yorug‘likdan chetda ushlab turadi va aynan shuning uchun ildiz hujayralarida xlorofill pigmenti bo‘lmaydi, u yashil rangda bo‘lmaydi va fotosintez jarayonini bajarmaydi. Biroq ayrim o‘simliklarda, xususan epifitlar yoki suv o‘simliklarida havo ildizlari yashil bo‘lib, ba’zan fotosintez qilish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Ildiz barg va tugun hosil qilmaydi, bu ham uning poyadan asosiy morfologik farqlaridan biridir.Ildizning asosiy morfologik qismlari quyidagilardan iborat: Ildiz uch qismi – doimiy bo‘linish zonasi, cho‘zilish zonasi va so‘rish zonasi kabi funktsional zonalarga ajraladi.So‘rish tukchalari – juda nozik, mikroskopik ildiz tukchalari orqali suv va unda erigan moddalarning faol so‘rilishi ta'minlanadi. Bu tukchalar har bir ildizda minglab sonlarda bo‘lib, so‘rish maydonini keskin oshiradi.Yon ildizlar – asosiy ildizdan tarmoqlanib chiqib, tuproqdagi katta maydonni qamrab oladi va o‘simlikni oziq bilan barqaror ta'minlaydi. Ildizning o‘sish sur’ati iqlim, tuproq sharoiti, namlik darajasi va o‘simlikning o‘ziga xos fiziologik xususiyatlariga bog‘liq. Har bir o‘simlik turiga xos bo‘lgan ildiz tizimi uning ekologik 127 moslashuvi va yashash muhitiga qarab shakllanadi. Masalan, cho‘l o‘simliklarida ildiz chuqur bo‘lib, yer ostidagi chuqur suv qatlamlariga yetib boradi. Botqoqlikda yoki o‘ta nam muhitda yashovchi o‘simliklarda esa ildizlar sirtki qatlamlarda keng tarmoqlanadi va ko‘pincha havodan ham kislorod olishga moslashgan bo‘ladi. Ildiz o‘z tuzilishida asosan uchta asosiy to‘qima tizimiga ega: qoplovchi to‘qima (epidermis), asosiy to‘qima (korteks), va o‘tkazuvchi to‘qima (markaziy silindr). Ildizning markaziy qismini silindrsimon markaziy silindr tashkil qiladi. Unda o‘tkazuvchi to‘qimalar – ksilema (suv va mineral moddalarning yuqoriga harakati) va floema (organik moddalarning pastga harakati) joylashgan bo‘lib, ular orqali o‘simlikning barcha qismlarida moddalar almashinuvi ta’minlanadi.Ildiz o‘simlik tanasining yer ostida joylashgan va bir nechta asosiy hayotiy funksiyalarni bajaradigan organi hisoblanadi. U faqatgina o‘simlikni tuproqqa mahkamlab turish bilan cheklanmay, balki tuproqdan suv va oziq moddalarning yutilishi, moddalarning o‘tkazilishi, zaxira oziq moddalarning to‘planishi, vegetativ ko‘payish va hatto maxsus funksiyalarni bajarish bilan ham ajralib turadi.Ildizning eng faol va muhim funksiyalaridan biri bu suv va unda erigan anorganik (mineral) moddalarni tuproqdan o‘zlashtirishdir. Tuproq tarkibida erigan holda mavjud bo‘lgan mineral tuzlar ildiz tukchalari yordamida yutiladi. Bu moddalarning ko‘pchiligi o‘simlik uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar bo‘lib, ular o‘sish va rivojlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Ayniqsa, ildiz tukchalari soni va uzunligi ildizning suv yutish qobiliyatiga bevosita ta’sir qiladi. Odatda, har bir kichik ildizda minglab tukchalar bo‘lib, ular tuproqning katta qismini qamrab oladi va o‘simlikka doimiy oziqa oqimini ta’minlaydi.Ba’zi o‘simliklarda, ayniqsa ikki yillik va ko‘p yillik madaniy o‘simliklarda ildiz oziq moddalarni zaxira qilishga moslashgan bo‘ladi. Masalan, sabzi, lavlagi, turp kabi ildizmevalarda karbongidratlar, shakarlar va boshqa moddalar ko‘p miqdorda to‘planadi. Bu moddalar keyingi vegetatsiya davrida o‘simlikning yangi novdalari va generativ organlarini hosil qilishda sarflanadi. Shu bois bu turdagi o‘simliklar oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda va chorvachilikda keng qo‘llaniladi. O‘simliklarning ildiz tizimi o‘zining tuzilishi, kelib chiqishi, shakli va funksiyalariga ko‘ra turli xil bo‘lishi mumkin. B
Доказательный фрагмент
«The root is one of the most important vegetative organs in the life of plants.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe root is one of the most important vegetative organs in the life of plants. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- root, mineral, reserve, vegetative propagation, horizontal root, горизонтальный корень, минерал, паразитический корень., метаморфизированный, вегетативное размножение, резерв, корень
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026