Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AHMAD DONISH ASARLARIDA O’LKA TARIXINING BAYON QILINISHI VA FANLARGA DOIR BILIMLARNING YORITILISHI
To‘rayev Anvar Ismoilovich
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article, based on various literature and research, highlights the historical processes that developed in Central Asia in the 19th century, information on astronomy, geography, natural science and education in the works of Ahmad Donish. Kirish. Falsafiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlari chuqur hamda keng qamrovda egallagan ma’rifatpar olim-Ahmad Donish (Ahmad Kalla, Ahmadi Maxdum, Ahmad Devona singari nomlar bilan ham mashhur) 1826-yil Buxoroda mudarris oilasida tug‘ilgan, boshlang‘ich savodni onasidan so’ng maktab va fan doir ilmiy bilimlarni madrasada olgan. Madrasada o’qib yurgan kezlarida xattotlik, rassomlik, naqqoshlikni yaxshi bilgan, munajjimlik ilmini puxta egallaganligi tufayli amir Nasrullo nazariga tushgan. Ma’rifatparvar olim 1857, 1869, 1874 yillarda Buxoro amiri elchilari tarkibida Rossiya imperiyasining poytaxti Peterburgda bo‘ladi hamda imperator davlatining idora usuli va rus xalqi madaniyati bilan yaqidan tanishadi. Ahmad Donish bizga o’ndan ortiq ilmiy asarlarni meros sifatida qoldirgan bo’lib, ular ichida “Risola yoxud mang‘itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi” asarida mang‘itlar sulolasidan Amir Doniyolbiydan uning avlodi bo’lmish Amir Abdulahadga qadar siyosiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan Buxoro amirligi qiyofasi aks ettirgan. Ahmad Kalla 1857-yil birinchi marta Peterburg safariga borishi oldidan amir Nasrullo unga topshriq berar ekan: “Sen u yerlardagi ichki vaziyat va davlatlari ahvolini yaxshi o‘rgan. Bu haqida oliy dargohga yetkazasan. Har bir mamlakatning tashqi ahvolini savdogarlardan yoki sayyohlardan bilib olamiz” deb tayinlagan[1,6]. Har bir davlat elchisiga yuklatilgan vazifa va talablar singari Ahmad Donishga ham amir tomonidan mamlakat manfaatlaridan kelib chiqgan holda bir nechta topshiriq va vazifalar berilgan edi. Xususan, “risola” da yozishicha, unga amir Nasrulloh tomonidan Rossiya impriyasidagi siyosiy va harbiy holat haqida batafsil ma’lumotlar yig‘ish, bu o‘z navbati amirlikning kelajagi uchun foyda bo‘lishi ta’kidlangan[2,66]. U elchi sifatida rahbarlik qilgan shaxslarning noto‘g‘ri tanlanganini qo‘rqmasdan asarida bayon etgan. Olim o’ta bilimdan, rostgo‘y, haqiqatga tik boquvchi, adolatparvar, riyokorlik hamda ikkiyuzlamachilikdan yiroq bo’lgan. Ma’rifatparvar o’zining dunyoqarashiga shunday baho bergan: “Men o‘zimni taniganimdan beri erkin yurganman, hech qachon, hech mavridda asoratga tushmaganman, saroyga mansub bo‘lib, ma’mur va mashur bo‘lgan vaqtlarda ham erkinligimni qo‘ldan bermay asoratini tan olgan emasman. Podshoga yozgan maktub va arizalarim ham riyokorlik va xushomadgo‘ylikdan xoli edi”[3,56], deb qayd etadi. Olimning “Navodir ul-vaqoye”, “Risola yoxud mang‘itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi”, “Me’yor-ut tadoyyun” asarlarini tahlil etar ekanmiz uning bu xislatlariga guvoh bo‘lamiz. Adabiyotlar tahlili va metodlar. Ahmad Donish shaxsining qomusiyligi turli soha 1542 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 vakillarining e’tiborida bo‘lib, uning faoliyati va yaratgan asarlarini o‘rganishga doir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bunday faoliyat samarasi o‘laroq vujudga kelgan ilmiy adabiyotlarni quyidagi guruhlarga ajratib, tahlil qilish maqsadga muvofiq: 1) XIX asr oxiri – XX asr boshlariga oid asarlar; 2) sovet davrida olib borilgan tadqiqotlar; 3) mustaqillik davrida O‘zbekistonda nashr qilingan ishlar; 4) xorijiy mualliflar yaratgan tadqiqotlar. Natija va muhokamalar. XIX asrda Ahmad Donishni nafaqat Buxoro amirligi, balki butun O‘rta Osiyoning “Abu Nasr Farobiysi” deya olamiz. Bunga sabab, uning asarlari juda ko‘p sohalarni o‘z ichiga olgani, xususan astronomiya, geografiya, munajjimlik, tarix fanlari mukammal tarzda yoritilganini ko‘rish mumkin. Ahmad Donishning tarixnavislik yo'nalishidagi mashhur asari “Risola yoxud mang’itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi” deb nomlanib, ikki qismga bo’lib o‘rganish mumkin: Birinchi qismda muallif faqat yozma manbalardan o’qishi yoki mumkin bo’lgan voqealar haqida hikoya qiladi. Unda Amir Doniyol hukmronligining so’nggi yillari va uch amir: Shohmurod, Haydar va Nasrulloning hukmronligi to’g’risida bayon qilingan. Ikkinchi qismda muallif o’zi guvohi bo’lgan voqealar bayoni, Amir Muzaffar (hukmronlik davri: 1860-1885) va Amir Abdulahod (hukmronlik davri: 1885-1910) hukmronlik qilgan davrning tarixiy hodisalarga to’xtalgan. Muqaddima va 7 bobdan iborat asarda muarrix mang’itlar sulolasi tarixining qariyb 138 yillik tarixi tahlil etilgan. Ma’rifatparvarning “Risola yoxud mang‘itlar xonadoni qisqacha tarixi” asarining muqaddimasida nafaqat o‘tmishimiz haqida balki, astronomiyaga oid bilimlarni ham ko‘rish mumkin. Masalan, asarda “Vujudiyot (borliq) Quyosh, Zuhra1 va Mushtariy2 ta’siri natijasida bo‘lsa, adamiyot (yo‘qlik) Mirrix3, Zuhal4 va Oy a’siritijalari keltirib o’tilgan. Atorud5 ularning barchasiga taluqli bo‘lgan holatda, o‘sha ta’sir qaysi yulduzning xosiyati bo‘lganda, uning ma’dani hisoblangan. Atorud yulduzi tik kelganda (Yerga) ziyon va nuqson yetk
Доказательный фрагмент
«This article, based on various literature and research, highlights the historical processes that developed in Central Asia in the 19th century, information on astronomy, geography, natural science and education in the…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article, based on various literature and research, highlights the historical processes that developed in Central Asia in the 19th century, information on astronomy, geography, natural science and education in the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- iqtisodiy bilimlari, ijtimoiy, siyosiy, Falsafiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026