К содержанию
РецензированоUZ2026

TA’LIMIY O‘YIN FAOLIYATI – KREATIV QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS VOSITASI SIFATIDA RIVOJLANISH DAVRLARI

Dawletyarova Feruza Quwanishbaevna

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O‘qituvchining ijodkorligini nomoyon qiladigan jarayon bu – darsdir. Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy- axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.boshlang‘ich ta’lim jarayoni o‘quvchilar ta’limiy faoliyatida ham, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida ham muhim davr hisoblanishi, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ta’limiy o‘yinlarga bo‘lgan munosabati ancha jiddiy ekanligi, ta’limiy o’yinlarning kreativ qobiliyatni rivojlantirishdagi o’rni haqida fikr bildirilgan. Kalit so’z: kreativlik, ta’limiy oʻyinlar, o‘yin ishtirokchilari, ishbop o’yinlar, didaktik o‘yinlar, rolli o‘yinlar, kompyuter o‘yinlari. Ta’limning zamonaviy globallashuv va axborotlashuv sharoitida rivojlanishi va takomillashuvini innovatsiyalarning turli shakllarini tadqiq etmasdan, bugungi kunda mutaxassisni nimaga va qanday tayyorlashga bir qator yondashuv va munosabatlarni tamoyillar asosida ko‘rib chiqmasdan amalga oshirish mumkin emas. Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o‘zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’no mazmuni tushunib olishi talab etiladi. Kreativlik (lot, ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi , ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarashga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyatidir. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega orginal g‘oyalar majmui”dir. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida “kreativlik–shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o ‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lim amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Olimning yondashuviga ko‘ra kreativlik “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir. Har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligini chuqur bilishi, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilishi, uslubiy modellarni to‘g‘ri tanlash qobiliyati, ta'lim jarayonidagi ta'sir mazmuni va usullarini loyihalashni bilishi zarur. Shundagina yetik mutaxasis bo‘lishi mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kreativlik sifatlarini amalga oshirishda jamoanining o‘rni beqiyos. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasini ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadni ko‘zda tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab qo‘yilgan organiga ega bo‘lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib turuvchi, barcha a’zolarimng huquq va majburiyatlarda tengligi sharoitida majburiy aloqadorlikka ega bo ‘lgan o‘quvchilar guruhini tashkil qilishda ijodiy yondashgan holda amalga oshirsa ko‘zlagan maqsadga erishiladi. O‘qituvchining ijodkorligini nomoyon qiladigan jarayon bu – darsdir. Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi 1534 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 xususiyatlarini hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Darhaqiqat, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishda o‘qituvchidan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda noan’anaviy usullardan keng foydalangan holda amalga oshirishi talab qilinadi. O‘qituvchida kreativni rivojlantirishda turli xil interfaol metodlarni bilishi va o‘zing faoliyati davomida samarali foydalanishi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib organish, o‘z ustida tinimsiz ishlash orqali shakllantiriladi va u astasekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har bir o‘qituvchi ijodiy o‘z-o‘zini tarbiyalash olishi zarur. Bunda o‘zini o‘ziga xos ijodiy shaxs sifatida anglash, uni yanada takomillashtirish va moslashtirishni talab qiladigan kasbiy va shaxsiy fazilatlarini aniqlash, shuningdek uzluksiz tizimda o‘z-o‘zini takomillashtirishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqish o‘z-o‘zini tarbiyalash demakdir. Boshlang‘ich ta'lim jarayoni o‘quvchilar ta'limiy faoliyatida ham, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida ham muhim davr hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ta'limiy o‘yinlarga bo‘lgan munosabati anch

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘qituvchining ijodkorligini nomoyon qiladigan jarayon bu – darsdir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘qituvchining ijodkorligini nomoyon qiladigan jarayon bu – darsdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rolli o‘yinlar, o‘yin ishtirokchilari, kreativlik, ishbop o’yinlar, ta’limiy oʻyinlar, kompyuter o‘yinlari., didaktik o‘yinlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники