К содержанию
РецензированоUZ2026

TENNISCHILAR SPORT TRENIROVKASINING UMUMIY ASOSLARI

Bekbergenov Toxtarbay Dlimbetovich

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Sport trenirovkasining prinsiplari, uslublari va vositalari Shartli ravishda sport trenirovkasi uslublarini uch guruhga bo‘lish mumkin: so‘z, ko‘rgazmali va amaliy. Ushbu uslublar alohida yoki birgalikda (baravariga) trenirovka mashg‘ulotning vazifalariga mos bo‘lishi, mazkur vazifalami hal eta olishi lozim. Bundan tashqari bu uslublar trenirovka prinsiplariga, shug‘ullanuvchilar yoshiga va tayyorgarligiga (malakasiga) mos bo‘lishi darkor. So‘z uslubi - murabbiy tomonidan biror texnik element, malaka yoki jismoniy mashqlar mohiyati, tarkibiy tuzilishi koordinatsion, biomexanik va kinematik xususiyatlarini bayon etish, tushuntirish haqida tasavvur hosil qilishdan iborat. Kalit so`zlari: Sport trenirovkasi, Tennis - sport turi sifatida insonni har tomonlama jismoniy jihatdan rivojlanishiga olib keladi. Sport trenirovkasi jismoniy, ruhiy va funksional imkoniyatlami “to'lqinsimon” prinsipda oshira borish, texnik-taktik mahoratni shakllantirish, belgilangan musobaqa sikllarida sportchini yuksak “sport formasi” bilan ta’minlash va shu musobaqalarda foydali natija ko‘rsatishga “mas’ul” uzoq muddatli pedagogik jarayondir. Sport keng ma’noda musobaqa faoliyati unga maxsus tayyorgarlik ko'rish, shu yo‘nalish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiyiqtisodiy, ma’naviy- axloqiy, madaniy-maishiy, jismoniy va psixofunksional, texnik va taktik jarayonlarni o‘z ichiga oladi. “Sport” tushunchasining mohiyati insonni jamiki to‘siq va qiyinchiliklami yengib, o‘z imkoniyatlari chegarasini yanada kengaytirishga qaratilgan intilishidan iborat. Sport - bu ruhiyatni “charxlovchi”, kayfiyatni ko‘taruvchi, insonni jismonan, ma’nan va ruhan shakllantiruvchi, uning “ichki” va “tashqi” madaniyatini (morfologiyasi - qaddi-qomati va fimksional resursini) takomillashtirib boruvchi, insoniyatga cheksiz quvonch hadya etuvchi, zamonga mos, o ‘ta ommaviy ijtimoiy harakatdir. Demak, sport chuqur ma’noli ko‘pqirrali ijtimoiy omildir. “Sport” atamasi etimologik nuqtai nazaridan inglizcha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, daraxt kurtaklarini bir-biridan “o‘zib” o‘sishini anglatadi. Zamonaviy sport - bu o‘z evolyutsion tarixi, mavqei va maqomi hamda o‘ziga xos musobaqa qoidalariga ega bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p turlardan tarkib topgan. “Sport” va “Sport trenirovkasi” atamalari pirovardidan, “musobaqaga tayyorgarlik”, “musobaqa jarayoni”, “musobaqa faoliyati” tushunchalarini anglatadi. 172 “Trenirovka” atamasi inglizcha so‘z bo‘lib, o ‘zbek tilida “mashq qilish”, “charxlash” ma’nosini bildiradi. Ushbu atama turli sohalarda qo‘llaniladi. Masalan “aqliy (intellektual) trenirovka”, “jismoniy trenirovka”, “gipoksik trenirovka”, “hayvonlar trenirovkasi” tushunchalari amaliyotda keng o‘z aksini topgan. “Hayvonlar trenirovkasi”, “hayvonni dressirovka qilish” tushunchasidan tubdan farq qilib, hayvonlami biror-bir tadqiqot uchun tayyorlash (oq kalamushni tretbonda yugurishi) yoki hayvonlami (masalan itni) “harbiy xizmatga” tayyorlash va hokazo sohalarda amalga oshirilishi mumkin. Sport amaliyotida “sport trenirovkasi” atamasi “sport tayyorgarligi” atamasi bilan mantiqan yaqin bo‘lsada, ular birbiridan tubdan farq qiladi. “Sport tayyorgarligi” tushunchasi keng qamrovli ma’noga ega bo‘lib, sportchini jamiki faoliyatini (uyqu, trenirovka, ovqatlanish, tibbiy profilaktika va hokazo) musobaqaga tayyorlashga qaratilgan jarayondir. “Sport trenirovkasi” esa bir maqsadga yo‘naltirilgan jarayondir va nisbatan torroq ma’noni anglatadi. Muntazam sport trenirovkasi 1530 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 natijasida insonning harakat faoliyati shakllanib boradi, yangi harakat shakllari vujudga keladi, hayotiy zarur harakat malakalari (chopish, sakrash, yurish va hokazo), ko‘mkmalari takomillashadi, psixik sifatlar (fikrlash, ong, iroda, diqqat, hissiyot va boshqa) sayqal topadi. Muayyan sport turiga xos harakat malakalari mukamallashadi. Tennis - sport turi sifatida insonni har tomonlama jismoniy jihatdan rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, zamonaviy tennis o‘z xususiyati, mohiyati, mazmuni bilan kishi organizmiga katta talablar qo‘yadi. Tennis bo‘yicha muntazam trenirovka qilish barcha jismoniy, texnik, taktik, psixo-funksional sifatlami takomillashtiradi. Tennisga xos turli o‘zgaruvchan yo‘nalishda va tezlikda uzoq vaqt davomida (3,5-4 soatgaeha) ijro etiladigan texnik va taktik malakalar shug‘ullanuvchini umumiy va maxsus chidamkorligini shakllantirib boradi. Juftlik o‘yinlarida ijro eti173 ladigan texnik-taktik harakatlar o‘zaro qo'llab-quvatlash, o ‘zaro yordam, hamjihatlik xislatlarini shakllantirib boradi. 13.2. Sport trenirovkasining maqsadi, vazifalari va mazmuni Sport trenirovkasi - bu uzoq muddatli pedagogik jarayon bo‘lib, o‘z oldiga o‘yin malakalariga o‘rgatish, ulami takomillashtirish, texnik-taktik harakatlami o‘zlashtirishni maqsad qilib qo‘yadi. Vazifalari: - ma’naviy va ruhiy xislatlami tarbiyalash; - jismoniy va funksional tayyorgarlikni taraqqiy ettirish; - sihat-salomatlikni mustahkamlash; - asosiy jismoniy sifatlami tarbiyalash (kuch, tezkorlik

Доказательный фрагмент

«Sport trenirovkasining prinsiplari, uslublari va vositalari Shartli ravishda sport trenirovkasi uslublarini uch guruhga bo‘lish mumkin: so‘z, ko‘rgazmali va amaliy.»

Образец извлечения

Демо-превью

Sport trenirovkasining prinsiplari, uslublari va vositalari Shartli ravishda sport trenirovkasi uslublarini uch guruhga bo‘lish mumkin: so‘z, ko‘rgazmali va amaliy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sport trenirovkasi, Tennis - sport turi sifatida insonni har tomonlama jismoniy jihatdan rivojlanishiga olib keladi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники