Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
STOL TENNISI TEXNIKASI VA USULLARI
Duysenbaeva Malika Salamat qızı
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Bu maqalada stol tennisi haqida so`z boradi uning texnikasi va usuli yoritib berishga harakat qilindi. Stol tennischilarning aksariyat qismi yuqoridagi ikkita uslubdan birida oʻyin olib borishsa-da, hali yuqori darajadagi oʻyinda oʻz samaradorligini isbotlamagan va juda kam uchraydigan qiziqarli usullar ham mavjud.V-usuli. Ushbu uslub Xitoyda ishlab chiqilayotgan eksperimental usul boʻlib, „gʻalaba uchun V“ (V for victory) shaklida raketka ushlashni nazarda tutadi. Bunda raketka tutqichi koʻrsatkich va oʻrta barmoq oʻrtasida, boshqa barmoqlar tutqichning pastki va tepa qismida ushlab turiladi. Kalit so`zlari: Raketka ushlash usullari, Penhold,Shakehand, Stol tennisida, Seemiller usuli. Stol tennis. Seemiller usuli. Stol tennisi boʻyicha amerikalik chempion Den Seemiller tomonidan ishlab chiqilgan va ommalashtirilgan raketka ushlash uslubi. Seemiller uslubida koʻrsatkich barmogʻining uchi raketkaning backhand tarafi chetiga yetib boradi (yoki boshqa bir Amerika chempioni Erik Boggan usuli boʻyicha, raketka chetini oʻrab oladi).Stol tennis raketka bilan oʻynaladigan sport turlari orasida boshqa sport turlariga qaraganda oʻziga xosligi bilan ajralib turadi, chunki bu sport turida oʻyinchilar bir qancha oʻyin uslublarida oʻyin olib borishadi. Shuning uchun ham stol tennisi sport turi koʻp qirrali ekanligi bilan oʻziga xosdir. Sportchilarning oʻyin darajalari oshib borgani sayin ularning oʻyin uslublari xilma-xilligi kamayib boraveradi, bunga sabab esa texnik jihatdan oʻyinchilarning zaif uslublari ham oʻyin davomida tezda yoʻqolib boraveradi, ammo hatto eng katta xalqaro darajadagi stol tennisi oʻyinlarida ham juda koʻplab bir-biriga oʻxshamagan oʻyin uslublarini kashf etish mumkin. Masalan, stol tennischilarining oʻyin uslublari xilma-xilligi kuzatilishi jihatidan 2021-yil stol tennisi tarixidagi eng mashhur yil hisoblanadi. Stol tennisida hujumkor oʻyin uslublari boshqalariga qaraganda ustunlik qiladi. Biroq himoyaviy oʻyin uslublari ham ham hujumkor uslubdan ustun kelishi mumkin. Bu esa oʻyinchilarning oʻyin darajalariga bogʻliq. Raketka ushlash usullari Dunyo boʻylab raqobatbardosh stol tennischilari raketkani turli xil usullar bilan ushlaydilar. Oʻyinchilarning raketkalarni ushlash usullarini ikkita asosiy guruhga boʻlish mumkin: • Penhold • Shakehand Hozirgacha raketka ushlash uslublari boʻyicha koʻplab oʻzgarishlar mavjud. Xalqaro stol tennisi federatsiyasining (ITTF) tomonidan belgilangan Stol tennisi qoidalarida raketkani aniq ushlash usuli haqida aniq koʻrsatmalar berilmagan. Penhold usuli Penhold usuli xuddi qalam ushlash usuliga oʻxshashligi uchun ham shunday nomlangan (inglizcha: pen – qalam, hold – ushlamoq). Soʻnggi yillarda raketkani bu koʻrinishda ushlovchi oʻyinchilarning chap tomondan kuchsizroq oʻyin koʻrsatishi kuzatilmoqda. Bu kamchilik penhold uslubida endigina sportga qadam qoʻyuvchi tennischilar uchun shakehand uslubidagi 1526 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 oʻyinchilarga qarshi oʻyin olib borishda koʻzga tashlanadi. Biroq bu narsa penhold uslubida oʻyin olib boruvchi dunyoga mashhur eng yaxshi oʻyinchilarning Jahon chempionatlari, Jahon kubogi va Olimpiya oʻyinlarida muntazam ravishda gʻalaba qozonishlariga toʻsqinlik qilmaydi, chunki chap tomonning zaifligi oʻrnini mukammal oyoq harakati yetarli darajada toʻldiradi, shuningdek, penhold uslubida chap tomondan oʻyin olib borish uchun qoʻlni orqa tomondan aylantirib zarba berish yoʻli bilan ham bu kamchilikni toʻldirish mumkin. Shakehand usuli Shakehand uslubi stol tennisi oʻyinlarida raketkani ushlash usullari orasida saqlanib qolgan eng qadimgi uslublardan hisoblanadi. Ushbu uslub oʻng va chap tomondan oʻyin olib borishda energiyaning deyarli bir xilda teng taqsimlanishiga imkon beradi. Forehand (oʻng) va backhand (chap) tomonlar oʻrtasidagi bu kesishish nuqtasi oʻyinchilarning eng zaif sohasi hisoblanadi. Deyarli barcha yevropalik va osiyolik oʻyinchilarning taxminan uchdan ikki qismi bu uslubdan foydalanishadi. • Penhold • Shakehand • Stol tennischilarning aksariyat qismi yuqoridagi ikkita uslubdan birida oʻyin olib borishsa-da, hali yuqori darajadagi oʻyinda oʻz samaradorligini isbotlamagan va juda kam uchraydigan qiziqarli usullar ham mavjud. • V-usuli. Ushbu uslub Xitoyda ishlab chiqilayotgan eksperimental usul boʻlib, „gʻalaba uchun V“ (V for victory) shaklida raketka ushlashni nazarda tutadi. Bunda raketka tutqichi koʻrsatkich va oʻrta barmoq oʻrtasida, boshqa barmoqlar tutqichning pastki va tepa qismida ushlab turiladi. • Seemiller usuli. Stol tennisi boʻyicha amerikalik chempion Den Seemiller tomonidan ishlab chiqilgan va ommalashtirilgan raketka ushlash uslubi. Seemiller uslubida koʻrsatkich barmogʻining uchi raketkaning backhand tarafi chetiga yetib boradi (yoki boshqa bir Amerika chempioni Erik Boggan usuli boʻyicha, raketka chetini oʻrab oladi). Penholdning looper (ilmoq) usulida oʻyin olib boruvchilar, asosan, aylanmali topspin zarbalaridan asosiy qurol sifatida foydalanadilar. Sportchilar asosan
Доказательный фрагмент
«Bu maqalada stol tennisi haqida so`z boradi uning texnikasi va usuli yoritib berishga harakat qilindi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBu maqalada stol tennisi haqida so`z boradi uning texnikasi va usuli yoritib berishga harakat qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Stol tennisida, Shakehand, Penhold, Seemiller usuli. Stol tennis., Raketka ushlash usullari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025