Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
WPFDA KOMANDA, KIST VA RESURSLAR BILAN ISHLASH
Yusupov Mirsaid Abdulaziz o‘g‘li · Odiljonova Dilnora Azizjon qizi · Kalit so‘zlar: WPF, komanda · MVVM, kist · LinearGradientBrush, resurs
Педагоги · 2026
Аннотация
This scientific article provides an in-depth analysis of the issues of working with commands, brushes, and resources in the Windows Presentation Foundation (WPF) environment. The article shows the possibilities of centralized control of user actions using commands, giving an aesthetic appearance to graphic elements through brushes, and simplifying code, reusing, and basing design on a single style using resources. The technical and functional advantages of each element are illustrated with examples, and recommendations are given for creating effective interfaces based on the WPF architecture. During the research, the role of commands in the model-view-viewmodel (MVVM) architecture, methods of working with brushes with dynamic color, and the local and global use of resources are substantiated through practical examples. The article serves as a theoretical and practical guide for programmers, UI/UX designers, and specialists working on the .NET platform. Keywords: WPF, command, ICommand, RelayCommand, MVVM, brush, Brush, SolidColorBrush, LinearGradientBrush, resource, ResourceDictionary, staticResource, dynamicResource, user interface, style, templating, data binding, .NET, XAML, visual components. Zamonaviy dasturlashda foydalanuvchi interfeysi (UI) yaratishdagi yondashuvlar doimiy takomillashib bormoqda. Ayniqsa, Windows Presentation Foundation (WPF) texnologiyasi ushbu sohada yangi bosqichni boshlab berdi. WPF — bu Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan va .NET platformasi asosida ishlovchi grafik interfeys yaratish texnologiyasi bo‘lib, u foydalanuvchi interfeysini vizual, funktsional va arxitektura nuqtayi nazaridan samarali tashkil qilish imkonini beradi. WPF texnologiyasining asosiy ustunliklaridan biri — komandalar, kistlar va resurslar bilan ishlash imkoniyatlarining yuqori darajada modullashtirilgan va kengaytirilganligidir. Komandalar (commands) yordamida foydalanuvchining turli harakatlarini (tugma bosish, klaviatura qismlarini ishlatish, menyu tanlash) markazlashtirilgan tarzda https://scientific-jl.com/ped 2 22 Volume-82, Issue-1, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 boshqarish mumkin. Bu yondashuv kodni mantiqan ajratishga, hodisalarni (events) aniqroq nazorat qilishga va Model-View-ViewModel (MVVM) arxitekturasini to‘liq joriy etishga xizmat qiladi. Komandalar yordamida biror funksiyani UI elementiga bevosita bog‘lamasdan ham chaqirish mumkin bo‘lib, bu kodning qayta foydalanish imkoniyatlarini keskin oshiradi. Kistlar (brushes) esa WPF interfeyslarida vizual estetikani boshqarish vositasi hisoblanadi. Oddiy rang berishdan tortib, gradientlar, naqshlar, dinamik rang o‘zgarishlarigacha bo‘lgan barcha vizual elementlar aynan kistlar orqali boshqariladi. Masalan, SolidColorBrush, LinearGradientBrush, RadialGradientBrush kabi turlari yordamida murakkab vizual effektlar yaratiladi. WPF'da har qanday komponentning orqa fonini, ramkasini yoki matnini kist orqali dinamik va reaktiv tarzda o‘zgartirish mumkin. Resurslar (resources) esa interfeys elementlariga oid atributlar va obyektlarni qayta-qayta yozmasdan, ularni markazlashtirilgan joyda saqlash va ulardan istalgan joyda foydalanish imkonini beradi. Xususan, StaticResource va DynamicResource obyektlari yordamida ranglar, o‘lchamlar, uslublar, shablonlar, hatto komandalar va brushlar ham resurslar sifatida aniqlanishi mumkin. Bu esa interfeys kodining soddalashuviga, dastur arxitekturasining mantiqiy tartiblanishiga va dizaynni yagona stilga asoslangan holda boshqarishga xizmat qiladi. WPF texnologiyasining kengaytirilgan imkoniyatlari aynan komandalar, kistlar va resurslardan foydalanish orqali to‘laqonli ochiladi. Bu texnologik vositalar interfeys dizaynini estetik, funksional va modulli qilish bilan birga, dasturiy ta’minotning texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash jarayonini ham yengillashtiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, MVVM arxitekturasi asosida qurilgan WPF ilovalari kod sifatining 40–50% ga yaxshilanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, foydalanuvchi interfeysining dizayni va funksionalligi 30% tezroq ishlab chiqiladi. Ushbu maqola aynan yuqorida sanab o‘tilgan uchta asosiy texnologik komponent – komandalar, kistlar va resurslar – ning nazariy asoslari, ularning o‘zaro bog‘liqligi va WPF interfeysidagi amaliy qo‘llanilishini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Har bir komponentga doir kod namunalar, grafik izohlar, arxitektura chizmalar va texnik tavsiyalar orqali maqola mavzusi yoritiladi. Shu bilan birga, maqola MVVM arxitektura modeliga asoslangan ilg‘or yondashuvlar bilan boyitilgan bo‘lib, zamonaviy .NET dasturchilari uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. NATIJALAR O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, WPF muhitida komandalar, kistlar va resurslardan foydalanish foydalanuvchi interfeysini modullashtirish, vizual dizaynni soddalashtirish va dasturiy kodni qayta ishlatish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi. Komandalar yordamida MVVM arxitekturasida hodisalarni markazlash
Доказательный фрагмент
«This scientific article provides an in-depth analysis of the issues of working with commands, brushes, and resources in the Windows Presentation Foundation (WPF) environment.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis scientific article provides an in-depth analysis of the issues of working with commands, brushes, and resources in the Windows Presentation Foundation (WPF) environment. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- WPF, command, ICommand, RelayCommand, MVVM, brush, foydalanuvchi interfeysi, .NET, LinearGradientBrush, ResourceDictionary, templating, komanda, Kalit so‘zlar: WPF, SolidColorBrush, resurs, XAML, dynamicResource, data binding, stil, staticResource, vizual komponentlar., kist
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024