К содержанию
РецензированоUZ2026

VETNAM VA XITOY MUNOSABATLARINING O‘ZIGA XOSLIGI – ASSIMETRIK MUNOSABATLAR NAMUNASI SIFATIDA

Sharipov Baxodir Faxriddinovich

Педагоги · 2026

Аннотация

Vetnam va Xitoy o‘rtasidagi uzoq tarixiy munosabatlar hozirgi bosqichdagi o‘zaro aloqalar xususiyatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Tomonlar o‘rtasida dushmanlik, keng ko‘lamli harbiy to‘qnashuvlar bo‘lgan davrlar ham, barqaror va hurmatga asoslangan munosabatlar davri ham kuzatilgan. Hatto XX asrda sotsialistik birodarlik do‘stligi bosqichi ham bo‘lgan, biroq bu yana dushmanlikka o‘zgargan va hozirgi kunda deyarli tiklangan holatga kelgan. Kalit so’zlar: Uomak, assimetrik munosobatlar, Pekin, Treglode, Fam Kyun, ASEAN, Xanoy, BMT, XHR KIRISH: Geosiyosiy nuqtai nazardan olib qaralganda, Vetnam va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning barcha davrlarida ular teng maqomda hamkorlik qilmagan: hozirgi bosqichda barcha suveren davlatlar teng deb hisoblansa- da, Vetnam Xitoyga nisbatan hudud maydoni, aholisi soni, texnologik rivojlanish darajasi, harbiy, iqtisodiy va siyosiy salmog‘i bo‘yicha ancha ortda qoladi. aynan shu omillar har ikki tomonning bir-biriga nisbatan o‘ziga xos siyosiy tafakkurini shakllantirdi va bu holat B. Uomak tomonidan “assimetrik munosabatlar” deb nomlangan. Shunday bo‘lsa-da, bu kabi munosabatlar doirasida do‘stlik va barqarorlikka ham erishish mumkin, agar bunga mamlakatlar uchun odatiy bo‘lmagan yangi sharoitlar yoki uchinchi tomonlarning aralashuvi xalaqit qilmasa. Chunki Vetnam va Xitoy bir- birini juda chuqur o‘rgangan va ular o‘rtasidagi dushmanlik naqadar qimmatga tushishini yaxshi biladi. Vetnamning Xitoyga uzoq muddatli vassal holatida bo‘lgan davri nafaqat ehtiyotkorlikni meros qilib qoldirdi, balki boshqa izlarni ham qoldirdi: Xanoi rahbariyati o‘z siyosiy xatti-harakatlari va strategiyasini ko‘p hollarda Pekin asoslanadigan prinsiplar asosida shakllantiradi. Har ikki mamlakatning madaniy- ideologik asoslari va siyosiy (hatto xalq) mentaliteti ko‘p jihatdan o‘xshash bo‘lib, qadimgi xitoycha harbiy donishmandlik va Konfutsiy etikasi yo‘nalishida shakllangan1. 1 Treglode B. Hanoi and Beijing: ambiguities of a strategic partnership // Вьетнамские исследования, 2019, серия 2, №2. С.9 https://scientific-jl.com/ped 2 94 Volume-82, Issue-1, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Bundan tashqari, Vetnam dunyodagi eng "xitoylashgan" davlat hisoblanadi. Bunga nafaqat siyosiy tuzum va marosimlarning o‘xshashligi (masalan, har bir muhim tashrifga “davlat darajasidagi” maqom berishga bo‘lgan urinishlar, xalqaro protokol amaliyotiga zid tarzda), balki til ham sabab bo‘lgan: Vetnam siyosiy leksikasining 70 foizi xitoycha so‘zlardan iborat. Yana bir qiziqarli xulosa fransuz olimi B. Treglode tomonidan Vetnam olimi Fam Kuyn (1892–1945) asarlarini tahlil qilish asosida bildirilgan: o'tmishda Vetnamda Xitoy alohida davlat emas, balki "dunyo" sifatida qabul qilingan – unda turli xalqlar yashaydi. Shunday ekan, vetnamliklar uchun xitoy tili va madaniyati oddiy qo‘shni davlatning siyosiy xususiyatlaridan ko‘ra kengroq va chuqurroq ma’no kasb etgan. Shu sababli bu qadriyatlarni qabul qilish ular uchun tabiiy holat deb hisoblangan2. ASEAN–Xitoy savdosi. To‘rt yirik yillikdan kamroq vaqt ichida o‘zaro tovar ayirboshi bir necha ming barobar o‘sdi, va 2004 yildan beri Xitoy Vetnamning eng yirik savdo hamkori hisoblanadi (2018 yilda Xitoydan import 65,4 milliard AQSh dollarini, Xitoyga eksport esa 41 milliard AQSh dollarini tashkil etdi) va uning iqtisodiyotiga sarmoya kirituvchi davlatlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi (1,8 milliard AQSh dollari)3. Sarmoyalar asosan foydali qazilmalarni qazib olishga yo‘naltirilgan (taxminan 60%), shuningdek ijtimoiy-madaniy obyektlar qurilishi, qishloq xo‘jaligi va suvchilik sohalariga ham yo‘naltiriladi. Ko‘pgina xitoylik investitsiya loyihalarining o‘ziga xosligi – ularning nisbatan kichik hajmda bo‘lishi va asosan rivojlangan infratuzilma mavjud bo‘lgan hamda xitoy millatiga mansub aholining zich yashaydigan hududlariga (Xoshimin, Xanoy va Hayfon shaharlariga) bog‘langanligidadir. Har ikkala davlat, tabiiy resurslar bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan bo‘lsa-da, eng muhim resurslarning keskin tanqisligini boshdan kechirmoqda va ko‘proq uglevodorodlarni import qilishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa ushbu sohada xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarga, shuningdek energiya ta’minoti xavfsizligi masalalariga qiziqishni belgilaydi, ularning katta qismi Janubiy Xitoy dengizi orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy jahon tartibining markaziy elementi bo‘lib, Rossiyaning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi milliy xavfsizligi va pozitsiyalarini mustahkamlashga yordam beruvchi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Xitoy va Vetnam ko‘p hollarda Rossiyaning jahon 2 Локшин Г.М. Вьетнамо-китайские отношения: тирания географии и здравый смысл // ЮВА: актуальные проблемы развития. 2013, №21, с. 88. [Электронный ресурс]. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/vietnamo-kitayskie-otnosheniya-tiraniya-geografii-i-zdravyy-smysl 3 PM to Attend G20 Summit and Visit Japan // Vietnam News, 27.06.2019 [Электронный ресурс]. URL: https://vietnamnews.vn

Доказательный фрагмент

«Vetnam va Xitoy o‘rtasidagi uzoq tarixiy munosabatlar hozirgi bosqichdagi o‘zaro aloqalar xususiyatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Vetnam va Xitoy o‘rtasidagi uzoq tarixiy munosabatlar hozirgi bosqichdagi o‘zaro aloqalar xususiyatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Fam Kyun, Kalit so’zlar: Uomak, XHR, ASEAN, Xanoy, assimetrik munosobatlar, BMT, Pekin, Treglode
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники