К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ TILI VA OʻZBEK TILI: GRAMMATIK JIHATDAN TAQQOSLASH

Ravshanova Zulfiya Rahmatali qizi

Педагоги · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tili va oʻzbek tili grammatik jihatdan taqqoslanadi. Ikkala tilning tuzilishidagi farqlar, jumladan, soʻz tartibi, feʻl zamonlari, artikl va qoʻshimcha tizimi, hamda ot-sifat moslashuvi kabi grammatik jihatlar tahlil qilinadi. Maqolada tilshunoslik, tarjimashunoslik va amaliy tarjima nuqtai nazaridan til farqlarining ahamiyati koʻrsatib oʻtiladi. Kalit soʻzlar: ingliz tili, oʻzbek tili, grammatika, feʻl zamonlari, soʻz tartibi, tarjima, qoʻshimchalar, artikl, ot-sifat moslashuvi, analitik va agglutinativ tuzilma Til – bu har bir xalqning tafakkuri, dunyoqarashi va madaniy qadriyatlarining ifodasidir. Har bir millat o‘ziga xos til tizimiga ega bo‘lib, bu tizim orqali u dunyoni qanday qabul qilishi va uni qanday ifoda etishini namoyon qiladi. Ingliz va o‘zbek tillari turli til oilalariga mansub bo‘lgani sababli, ularning grammatik tuzilmalari o‘rtasida sezilarli farqlar mavjud. Bu farqlar, ayniqsa tarjima jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu bois tarjimon uchun har ikki tilning grammatik xususiyatlarini chuqur anglash va ulardan maqsadga muvofiq foydalanish tarjimaning aniqligi va tabiiyligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Til tizimlari o‘rtasidagi bu farqlar nafaqat sintaktik va morfologik darajada, balki uslubiy va kontekstual jihatdan ham o‘z aksini topadi. Tarjimon ana shu murakkab jihatlarni hisobga olgan holda, matn mazmuni va ruhini saqlagan holda soddalashtirish, moslashtirish yoki qayta tuzish strategiyalaridan foydalanishi zarur bo‘ladi. Ingliz tili german tillar oilasiga mansub boʻlib, analitik tuzilishga ega. Bu degani, grammatik maʻno koʻpincha yordamchi feʻllar, predloglar va artikllar yordamida ifodalanadi. Masalan, “she has done” jumlasida “has” yordamchi feʻl zamon ifodalovchi vosita sifatida ishlatiladi. Bu holat ingliz tilida grammatik maʻnolarni alohida soʻzlar yordamida ifodalash odatiy ekanligini koʻrsatadi. Oʻzbek tili esa turkiy tillar oilasiga mansub boʻlib, agglutinativ tuzilmaga ega. Bunda grammatik maʻno asosan soʻz oxiriga qoʻshiladigan affikslar -qoʻshimchalar orqali ifodalanadi. Masalan, “qilayotgan edim” jumlasida har bir qoʻshimcha – “-ayotgan”, “-di”, “-m” – alohida grammatik maʻno bildiradi: harakat davomiyligi, oʻtgan zamon va shaxs. Bu ikki til oʻrtasidagi grammatik struktura farqlari tarjima jarayonida muhim muammo boʻlib xizmat qiladi, chunki bir tilning ifoda vositasi boshqa tilga toʻgʻridan- toʻgʻri mos kelmasligi mumkin. https://scientific-jl.com/ped 5 7 Volume-82, Issue-1, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Ingliz tilida qatʻiy SVO (Subject-Verb-Object) yaʻni subyekt–fe’l–obyekt soʻz tartibi mavjud. Masalan: “He drives a car.” Bu tartibdan foydalanilmasa gap mazmunining buzilishiga yoki grammatik xatoga olib keladi. Oʻzbek tilida esa SOV (Subyekt–Obyekt–Fe’l) tartibi asosiy boʻlsa-da, soʻz tartibi nisbatan erkin. Masalan: “U kitob oʻqiydi” jumlasini “Kitob oʻqiydi u” yoki “Oʻqiydi u kitob” tarzida ham ishlatish mumkin boʻlib, bunda urgʻu va ohang oʻzgaradi, lekin maʻno saqlanib qoladi. Bu farq tarjimada soʻzlarning joylashuvi va urgʻu masalalarida katta rol oʻynaydi. Ingliz tilida zamonlar tizimi juda keng va murakkabdir. 12 ta asosiy zamon mavjud boʻlib, ular oddiy, davomli, tugallangan va tugallangan-davomli shakllarda hozirgi, oʻtgan va kelasi zamonlarga boʻlinadi. Masalan, “I have been working” – bu zamon harakatning uzoq davom etganini va hali ham tugallanmaganini bildiradi. Oʻzbek tilida esa zamonlar tizimi soddaroq: hozirgi, oʻtgan va kelasi zamon. Harakatning davomiyligi, boshlangan vaqti yoki natijasi koʻpincha kontekst orqali yoki qoʻshimchalar yordamida ifodalanadi. Tarjimon ingliz tilidagi zamon farqlarini toʻgʻri anglab, oʻzbek tilidagi ekvivalentlarini topishi kerak. Ingliz tilida artikllar (a, an, the) juda muhim grammatik vosita hisoblanadi. Masalan, “a computer” – nomaʻlum kompyuter, “the computer” – muayyan kompyuter. Oʻzbek tilida esa artikllar yoʻq, bunday farqlar kontekst orqali anglashiladi. Bundan tashqari, oʻzbek tilida egalik, koʻplik, kelishik qoʻshimchalari orqali grammatik maʻnolar ifodalanadi: “sumkamda” – “sumka” + “-m” (egalik) + “-da” (joy kelishigi). Bu farqlar tarjimada ayni grammatik ifodalarni yoʻqotmasdan uzatishda muhim ahamiyatga ega. Oʻzbek tilida ot va sifatlar grammatik jihatdan bir-biriga moslashadi. Masalan: “mening yangi daftarim” – bu yerda sifat, egalik olmoshi va ot grammatik jihatdan bogʻlangan. Ingliz tilida esa bu semantik darajada amalga oshadi: “my new notebook”. Sifatlar grammatik jihatdan oʻzgarmaydi, doimo otning oldidan keladi. Bu jihatlar tarjimada toʻgʻri joylashtirilishi va aniqlik saqlanishi kerak. Tarjima jarayonida eng murakkab masalalardan biri – bu ingliz va o‘zbek tillaridagi fe’l zamonlari o‘rtasidagi tafovutlarni to‘g‘ri anglash va uzatishdir. Ingliz tilida fe’l zamonlari tizimi ancha murakkab bo‘lib, ayniqsa Perfect Continuous (tugallangan-davomli) zamon shakllari o‘zbek tilida aniq grammatik moslamaga ega emas. Ushbu zamonlar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz tili va oʻzbek tili grammatik jihatdan taqqoslanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz tili va oʻzbek tili grammatik jihatdan taqqoslanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
grammatika, soʻz tartibi, artikl, feʻl zamonlari, Kalit soʻzlar: ingliz tili, oʻzbek tili, ot-sifat moslashuvi, analitik va agglutinativ tuzilma, qoʻshimchalar, tarjima
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники