К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK MILLIY NAQSHLARINI R-FUNKSIYA YORDAMIDA GEOMETRIK MODELLASHTIRISH

GEOMETRIK MODELLASHTIRISH · Shohruh Safarov · Mo‘min Babajanov (Alfraganus University Raqamli texnologiyalar kafedra dotsenti) · Behruzbek Roxmanov (Alfraganus University Raqamli texnologiyalar kafedra dotsenti)

Педагоги · 2026

Аннотация

Maqolada o‘zbek milliy naqshlarini matematik jihatdan modellashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Xususan, R-funksiya usuli yordamida naqshlardagi geometrik shakllarning aniqligi va murakkabligi hamda ularning geometrik modeli ifodalanadi. Bunda R funksiyaning konyunksiya dizyunksiya va inkor amallaridan foydalani algebraik mantiqiy tenglamalar tuziladi. R-funksiya usuli zamonaviy hisoblash geometriyasi va kompyuter grafikasi sohalarida qo‘llaniladigan kuchli vosita bo‘lib, u yordamida murakkab konturlarning analitik tengmalarini yaratish imkoniyati mavjud. Kalit so‘zlar: R-funktsiya, o‘zbek naqshlari, modellashtirish, geometrik modellar, analitik ifoda, kompyuter grafika. O‘zbekiston boy madaniy merosga ega bo‘lib, uning ajralmas qismi milliy naqshlardir. Ushbu naqshlar nafaqat dekorativ ahamiyatga ega, balki o‘zida chuqur ramziy ma’nolarni ham mujassam etadi. Zamonaviy texnologiyalar, xususan matematik modellashtirish usullari, bu naqshlarni o‘rganish, tahlil qilish va qayta yaratish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Ushbu maqolada o'zbek milliy naqshlarini R-funksiya yordamida modellashtirish usuli ko'rib chiqiladi. R-funksiyalar (Regularized Boolean functions) geometrik obyektlarni analitik tarzda ifodalash uchun kuchli matematik apparat hisoblanadi. Ular mantiqiy algebra va haqiqiy qiymatli funksiyalarning kombinatsiyasi orqali murakkab shakllarni aniq va ixcham tarzda tasvirlash imkonini beradi. R-funksiyalarning asosiy xususiyati shundaki, ular obyektning ichki va tashqi qismlarini aniq ajratib turadi va silliq chegaralarni hosil qilishga imkon beradi. R-funktsiya — bu ma’lum shartli sohalarni analitik ravishda ifodalashga imkon beradigan maxsus sinfdagi matematik funksiyadir. Bu funksiyalar yordamida sohalarning birikmasi (union), kesishmasi (intersection) yoki farqi (difference) kabi geometrik amallarni amalga oshirish mumkin. R- funktsiyalar mantiqiy (Boolean) algebra va analitik geometriyaning kombinatsiyasi https://scientific-jl.com/ped 1 59 Volume-82, Issue-1, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 hisoblanadi. O'zbek milliy naqshlari o'zining xilma-xilligi, simmetriyasi va takrorlanuvchanligi bilan ajralib turadi. Ularda geometrik shakllar, o'simlik elementlari va an'anaviy ramzlar keng qo'llaniladi. Naqshlarning tuzilishi ko'pincha murakkab bo'lib, bir nechta elementlarning o'zaro uyg'unlashuvidan hosil bo'ladi. R-Funksiyalar Yordamida Modellashtirish O'zbek milliy naqshlarini R-funksiyalar yordamida modellashtirish bir necha bosqichdan iborat bo'ladi [1]: 1. Naqshni elementlarga ajratish: Dastlab, murakkab naqsh uning asosiy geometrik elementlariga (doiralar, to'rtburchaklar, egri chiziqlar va hokazo) ajratiladi. 2. Har bir element uchun R-funksiyani aniqlash: Har bir element uchun uni matematik tarzda ifodalaydigan R-funksiya tuziladi. Masalan, doira uchun R- funksiya uning markazi va radiusi orqali aniqlanishi mumkin: (x,y)r2(xx )2(yy )2 0 0 Bu yerda (x ,y ) - doira markazi, r - radiusi. (x,y)0 doira ichidagi 0 0 nuqtalarni, (x,y)0esa tashqarisidagi nuqtalarni ifodalaydi [1,2]. Agar f(x,y)0, bu doira, g(x,y)0,to‘g‘riburchak bildirsa, u holda R(f,g) f g f 2 g2 - bu ikkala sohaning birikmasi (union), R(f,g) f g f 2 g2 - bu ikkala sohaning kesishmasi (intersection) bo’ladi. 3. Elementlarni birlashtirish uchun R-operatsiyalardan foydalanish: Naqshning murakkab shaklini hosil qilish uchun elementlarning R-funksiyalari maxsus R-operatsiyalar (birlashma, kesishma, ayirma) yordamida birlashtiriladi. Masalan, ikki obyektning birlashmasi uchun quyidagi R- funksiya ishlatilishi mumkin:     . Kesishma uchun esa: 1 2 1 2 12 22 1 2 1 2 12 22 4. Simmetriya va takrorlashni hisobga olish: O'zbek naqshlarining o'ziga xos xususiyati bo'lgan simmetriya va takrorlanishni modellashtirish uchun mos matematik transformatsiyalar va takrorlash operatorlaridan foydalaniladi. Masalan, aylantirish, ko'chirish va aks ettirish kabi transformatsiyalar naqsh elementlariga qo'llanilishi mumkin. O‘zbek milliy naqshlarini modellashtirish jarayoni O‘zbek naqshlari odatda quyidagi geometrik shakllardan tashkil topgan: doiralar, yulduzsimon elementlar, spirallar, to‘g‘ri va egri chiziqlar, va ularning simmetrik kombinatsiyalari. Bu shakllarni quyidagi bosqichlarda modellashtirish mumkin: 1. Elementar shakllarni tanlash: Har bir naqsh alohida geometrik shakllarga ajratiladi (doira, elips, ko‘pburchak). https://scientific-jl.com/ped 1 60 Volume-82, Issue-1, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 2. Ularning R-funktsiyalari orqali ifodalanishi: Har bir shakl uchun tegishli R- funktsiyalar tuziladi. 3. Naqshni hosil qilish: Shakllar kesishmasi va birikmalari orqali naqshning umumiy analitik ifodasi aniqlanadi. 4. Kompyuter grafikasi vositalarida tasvirlash: Hosil qilingan R-funktsiyalar grafik dastur yordamida vizual ko‘rinishda tasvirlanadi. O'zbek Milliy Naqshlarini R-Funksiya Yordamida Modellashtirish O'zbek milliy

Доказательный фрагмент

«Maqolada o‘zbek milliy naqshlarini matematik jihatdan modellashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada o‘zbek milliy naqshlarini matematik jihatdan modellashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: R-funktsiya, geometrik modellar, o‘zbek naqshlari, analitik ifoda, modellashtirish, kompyuter grafika.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники