К содержанию
РецензированоUZ2018

TALIS TOPSHIRIQLAR DORASIDA TUZILGAN TOPSHIRIQLARDAN NAMUNALAR

TOPSHIRIQLARDAN NAMUNALAR · Jalolova Pokiza Muzaffarovna · Turayev Ziyavutdin Oʻktamxonovich (Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti) · Norova Dilobar Baxromovna (Shahrisabz davlat pedagogika institute)

Педагоги · 2018

Аннотация

Ushbu maqolada xalqaro miqyosda tan olingan TALIS tadqiqoti doirasida ishlab chiqilgan topshiriqlarning tahlili, ularning didaktik yo‘nalishlari, milliy ta’lim tizimiga moslashuv darajasi va O‘zbekistondagi amaliy qo‘llanilish holatlari o‘rganilgan. Maqola xalqaro standartlar va o‘zbek pedagogikasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot asosida o‘qituvchilarning professionallik darajasini baholashga xizmat qiluvchi topshiriqlarning namunaviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: TALIS, o‘qituvchilik malakasi, topshiriq, baholash, xalqaro tadqiqot, pedagogik kompetensiya, ta’lim sifatini oshirish. Kirish. Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha har bir davlat o‘zining milliy strategiyasini ishlab chiqayotgan bo‘lsa-da, xalqaro tadqiqotlar va baholash tizimlarining roli tobora ortib bormoqda. Shular qatorida, OECD tomonidan tashkil etilgan TALIS (Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot o‘qituvchilarning kasbiy faolligi, dars berish metodlari, o‘quvchilar bilan muloqoti, baholash madaniyati kabi ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab oladi.ushbu tadqiqot 6 yilda oʻtkaziladi. O‘zbekiston 2018-yilda birinchi marta TALIS tadqiqotida ishtirok etdi. Bu ishtirok nafaqat xalqaro baholash tizimida o‘z o‘rnini aniqlash, balki ichki ta’lim tizimidagi muammo va ustuvor yo‘nalishlarni belgilash imkonini berdi. Xuddi shu yili TALIS xalqaro boholash tadqaotlarida 48 ta davlat qatnashgan boʻlib, natijalari 2020yl iyun oyida e’lon qilingan. https://scientific-jl.com/ped 1 93 Volume-82, Issue-1, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 O‘zbekistonda o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi doirasida bu topshiriqlarning mazmuni, shakli va samaradorligini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Ayniqsa, ta’lim sifatiga bevosita ta’sir qiluvchi omil sifatida o‘qituvchining o‘z faoliyatini tahlil qilishi, baholashi va takomillashtirishi juda muhim. Umuman olganda, TALIS tadqiqotlarini mamlakatimizda oʻtkazish boʻyicha bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Shunday ekan biz uchun bu tizim begona emas. Xususan, soʻnggi yillarda umumtaʼlim maktablari milliy reytingini aniqlashda ham mazkur tizimga moslashtirilgan soʻrovnomalardan muntazam tarzda foydalanib kelyapmiz. Bu orqali qator yutuq va kamchiliklarimizni mamlakat miqyosida aniqlab kelmoqdamiz. Ushbu tadqiqotning xalqaro miqyosda oʻtkazilishi esa mamlakatimizdagi taʼlim tizimini obyektiv baholab, muammo va kamchiliklarimizni boshqa mamlakatlar bilan solishtirishimizga va kelgusidagi rejalarimizni yana-da aniqroq belgilab olishimizga xizmat qiladi. "TALIS tadqiqoti oʻqituvchilar va maktab direktorlari oʻrtasida olinadigan soʻrovnomalar orqali taʼlim muassasasidagi boshqaruv muhiti baholanadi. Unda tasodifiylik asosida tanlab olinadigan oʻrtacha 200 ta taʼlim muassasasi, 4000 nafar oʻqituvchi va 200 nafar maktab direktori qatnashishi koʻzda tutilgan. Xalqaro tadqiqotlar natijalarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash va olinadigan tahlillarning qamrovini kengaytirish maqsadida PISA tadqiqoti oʻtkaziladigan maktablar bilan bogʻliq holda amalga oshirish imkoniyatlari ham mavjud. Tadqiqotning maqsadi taʼlim muassasalaridagi ahvolni, oʻqituvchilarning faoliyatidagi muammolarni tizimli tahlil qilib, natijalarni individual tarzda emas, balki reprezentativlik tamoyili asosida davlatlar va xalqaro miqyosda solishtirma tahlillar olib boriladi. Shuningdek, 2024-yildagi tadqiqotlarda OECD tomonidan faqatgina maktab oʻqituvchi va direktorlari emas, balki uning qamrov darajasini maktabgacha va oliy taʼlim tizimiga ham taʼminlash imkoniyatlari yaratilgan. Bundan tashqari, oʻqituvchilarning pedagogik salohiyatini ham baholash modullari tanlov asosida kiritilganligi tadqiqotning yangi davriyligidagi oʻziga xosliklarda biridir, lekin bu ishtirokchi davlatlarning tanloviga bogʻliq" — deyiladi OECD vakilining taqdimotida. Inspeksiya va OECD oʻrtasida boʻlib oʻtgan navbatdagi uchrashuv tadqiqotda ishtirok etish yoʻnalishlari va modellari borasida olib borilgan muhokamalarning mantiqiy davomi boʻlib, tomonlar oʻrtasidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, muhokamalar yakuniga koʻra, koʻtarilgan masalalar boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan hamkorlik muntazam davom ettiriladi. Maʼlumot uchun, Shanxayda TALIS-2013 natijalariga koʻra oʻqituvchilar oylik maoshi 10 foizga oshirilgan. Avstraliyada oʻqituvchilarni oliy taʼlimdan keyingi https://scientific-jl.com/ped 1 94 Volume-82, Issue-1, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 tayyorgarligi boʻyicha yangi dasturlar joriy etilgan, professional standartlar yangilangan. Italiyada “Yaxshi maktab” loyihasi doirasida oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratilib, oʻqituvchilarga haq toʻlash tizimiga oʻzgartirish TALIS tadqiqotining maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali oʻqitish va oʻrganish uchun sh

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada xalqaro miqyosda tan olingan TALIS tadqiqoti doirasida ishlab chiqilgan topshiriqlarning tahlili, ularning didaktik yo‘nalishlari, milliy ta’lim tizimiga moslashuv darajasi va O‘zbekistondagi amaliy qo‘…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada xalqaro miqyosda tan olingan TALIS tadqiqoti doirasida ishlab chiqilgan topshiriqlarning tahlili, ularning didaktik yo‘nalishlari, milliy ta’lim tizimiga moslashuv darajasi va O‘zbekistondagi amaliy qo‘… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xalqaro tadqiqot, pedagogik kompetensiya, ta’lim sifatini oshirish., Kalit so‘zlar: TALIS, baholash, topshiriq, o‘qituvchilik malakasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники