К содержанию
РецензированоUZ2025

Qo‘qon adabiy muhitida hajviyot yo‘nalishi rivoji

Мохинур Мансурова (Ташкентский институт инженеров железнодорожного транспорта)

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинами · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada XIX asrda Qo‘qon adabiy muhitida hajviyot yo‘nalishining rivojlanishi, uning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni tahlil etilgan. Jumladan, Amir Umarxon va uning atrofida to‘plangan adiblarning faoliyati, adabiyot orqali ijtimoiy illatlarni tanqid qilish an’analari yoritilgan. Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Zavqiy kabi hajviy asarlar yaratgan shoirlar misolida hajviyotning jamiyatdagi o‘rniga baho beriladi. Qo‘qon adabiy muhiti o‘zbek adabiyotining taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan adabiy maktab sifatida tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: Qo‘qon adabiy muhiti, hajviyot, satira, Umarxon, Amiriy, Muqimiy, Gulxaniy, Maxmur, Zavqiy, ijtimoiy tanqid, o‘zbek adabiyoti, XIX asr. XIX asr Sharq adabiyoti o‘zining boy mazmuni, murakkab badiiy shakllari va ijtimoiy yo‘nalganligi bilan ajralib turadi. Bu davrda Sharqning turli hududlarida – xususan, Markaziy Osiyo, Eron, Hindiston va Usmoniylar imperiyasida adabiyot jamiyat hayotidagi o‘zgarishlarga faol munosabat bildirgan, ma’naviy uyg‘onish jarayonlarining ajralmas qismi sifatida namoyon bo‘lgan. 87 STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY XIX asr – bu Sharq xalqlari uchun siyosiy beqarorlik, tashqi bosimlar, ichki ziddiyatlar va ma’naviy izlanishlar davri bo‘ldi. Markaziy Osiyoda Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarida feodal tuzum hukm surar, amaldorlarning adolatsizligi, savodsizlik va xurofot keng tarqalgan edi. Ana shunday sharoitda adabiyot ijtimoiy adolatni tiklash, xalqni ma’rifatga yetaklash vositasi sifatida faol ishlatildi. XIX asrning ikkinchi yarmida o‘zbek adabiyotining rivojlanishi o‘lkada yuz bergan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi katta o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq edi. 1880-yillar o‘rtalariga kelib, Markaziy Osiyoning Rossiyaga qo‘shib olinishi yakunlandi. Garchi Buxoro amirligi va Xiva xonligi siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lib turgan ko‘rinsa-da, amalda ular Rossiya imperiyasiga tobe holatga tushib qolgan edi. Qo‘qon xonligi esa allaqachon — 1876 yilda tugatilgan edi. Sharq adabiyoti o‘zining asrlar davomida shakllangan klassik an’analariga tayanar ekan, XIX asrga kelib mazmun va g‘oya jihatidan sezilarli darajada yangilanish yo‘liga o‘tdi. Bu davrda adabiyot nafaqat estetik zavq bag‘ishlovchi vosita, balki xalqni ogohlikka chorlovchi, ijtimoiy hayotdagi muammolarni ochib beruvchi kuchli targ‘ibot quroliga aylandi. Bu davr adabiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri – ma’rifatparvarlik bo‘ldi. Shoir va adiblar o‘z asarlarida ilm, tafakkur, adolat va axloqiy yetuklikka da’vat etdilar. Ayniqsa, hajviy adabiyot bu davrda yuksak taraqqiy etib, jamiyatdagi ijtimoiy illatlarni tanqid qilishning asosiy shakliga aylandi. Adreslik tanqid kuchaydi. Realistik tasvir keng o‘rin ola boshladi. Hajviylik orqali amaldorlarning riyokorligi, poraxo‘rligi, nodonlik va jaholat ochiq fosh etildi. Kulgi vositasida o‘quvchini o‘ylantirish, uni muammoga befarq bo‘lmaslikka undash adabiy uslubning bosh maqsadiga aylandi. Sharq adabiyoti haqida so‘z ketganda, Qo‘qon adabiy muhitini ta’kidlab o‘tish joiz, chunki aynan Qo‘qon adabiyoti hajviyot yo‘nalishida ijod qilgan adiblarga boy va betakror asarlarni o‘z ichiga olgan. O‘zbek adabiyoti tarixida “Qo‘qon adabiy muhiti” nomi bilan atalgan adabiy madaniy hodisaning asoschisi, rahnamo va peshvosi ham amir Umarxon sanaladi. “Amiriy” taxallusi bilan qalam tebratgan Umarxon turkiy va forsiyda birdek mahorat ijod qilgan iste’dodli shoir edi. “Bu jannatmakon asrinda ulamoyu talaba va ahli ilmlar rivojda bo‘lib, she’riyat mo‘tabar ekan, – deb yozadi muarrix Ibrat. – O‘zi she’rda benazir o‘lub, “Majmuat ush-shuaro”sinda fasohati bayon va balog‘ati ayondur”[1] Umarxon farmoyishiga ko‘ra, adabiy hayotda qator islohotlar qilindi. U Olimxon zulmidan qochib, qo‘shni mamlakatlarga ketib qolgan bir qancha ulamo va fuzalo hamda taniqli ziyolilarni Qo‘qonga qaytaradi. Amiriy boshchiligidagi Qo‘qon adabiy muhitining taraqqiy etishida uning umr yo‘ldoshi, zabardast lirik shoira Mohlar oyim Nodiraning ham xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Qo‘qon adabiy muhitiga xos adabiyot tarixini uch bosqichga ajratish mumkin: 1.Amiriy va Qo‘qon xonligi davri (1810-1822 yillar va XIX asrning 3-choragi) 2.Chor Rusiyasi istilosi davri (XIX asrning oxirgi choragi va XX asr boshlari) 3.Sho‘rolar davri (1917 yildan XX asrning ikkinchi choragicha) Birinchi bosqichda “Qo‘qon adabiy muhiti” nomini olgan adabiy maktabga asos solindi. Aynan Amiriy davri Qo‘qon adabiy muhitining ilk va avj taraqqiyot bosqichi sifatida tarixda qoldi. Vadud Mahmud Amiriy davri adabiyotini chig‘atoy adabiyotining ikkinchi oltin asri deb baholagan bo‘lsa, Fitrat “Umarxon zamonida adabiyot yangidan bosh ko‘tardi” deydi.[2] Bu davrdagi ijod ahli orasida Fazliy, Ado, G‘oziy, Hoziq, Mushrif, Fayziy, Akmal, Maxmur, Gulxaniy, Oshiq, Vazir, Nola, Ma’yus, Mujrim, Ramziy, Afsus, Miriy, Nodir-Uzlat, Ravnaq, Hotif, Xijlat, Xon, Nodira, Uvaysiy, Dilshodi Barno ka

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada XIX asrda Qo‘qon adabiy muhitida hajviyot yo‘nalishining rivojlanishi, uning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada XIX asrda Qo‘qon adabiy muhitida hajviyot yo‘nalishining rivojlanishi, uning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Кокандская литературная среда, XIX век, Muqimiy, Gulkhani, Muqimi, Амири, Махмур, o‘zbek adabiyoti, Makhmur, Gulxaniy, юмор, XIX asr, Умархан, social criticism, hajviyot, Завкийи, Uzbek literature, социальная критика, Umarkhan, Мукими, Kokand literary environment, Maxmur, Zavqiy, Qo‘qon adabiy muhiti, satire, Umarxon, Haziy, Amiriy, satira, узбекская литература, сатира, hajviyat, Гюльхани, XIX century, ijtimoiy tanqid
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники