Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA FUQAROLIK TUYG‘ULARINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fuqarolik tuyg‘ularini shakllantirishning ahamiyati, zamonaviy tarbiya yondashuvlari va ularga asoslangan pedagogik metodlar haqida so‘z yuritiladi. Bolalarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, jamiyatga foydali shaxs bo‘lib yetishish kabi fuqarolik fazilatlarini shakllantirish muhimligi yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Bu jarayonda fuqarolik tarbiyasi muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf davrida o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, qonunlarga itoatkorlik kabi fuqarolik fazilatlarini shakllantirish nihoyatda dolzarbdir. Mazkur ilmiy ishda zamonaviy tarbiya metodlari asosida fuqarolik tuyg‘ularini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Bugungi kunda ta'lim-tarbiya tizimining eng dolzarb vazifalaridan biri – yoshlarda fuqarolik ongini, Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat va ijtimoiy mas'uliyat tuyg‘usini shakllantirishdir. Ayniqsa, bu jarayon boshlang‘ich sinf yoshidan boshlanishi muhim, chunki bolalik davri shaxs kamolotining poydevori hisoblanadi. Fuqarolik tarbiyasi – bu shaxsda Vatanga sadoqat, ijtimoiy mas’uliyat, jamiyat manfaatlarini anglash va himoya qilish, qonunlarga hurmat ko‘rsatish kabi ijtimoiy fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tarbiya yo‘nalishidir. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda bolalik davrida ijtimoiy ong va fuqarolik qarashlarining ilk shakllanishini ta’kidlanadi. Boshlang‘ich sinfda bu jarayonni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish shaxs taraqqiyotining mustahkam asosini yaratadi. Boshlang‘ich ta'lim bosqichi – o‘quvchining shaxsiy fazilatlari, ijtimoiy qarashlari, axloqiy me'yorlari va fuqarolik pozitsiyasi shakllana boshlaydigan davrdir. Shu bois, bu bosqichda quyidagi zamonaviy tarbiya yondashuvlariga alohida e’tibor qaratish lozim: 1. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv: Har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olib, ularning ichki dunyosini ochish orqali fuqarolik tuyg‘ulari shakllantiriladi. 2. Faoliyatga asoslangan ta’lim: O‘quvchilarning amaliy faoliyati (mehnat, jamoat ishlarida ishtirok etish, tabiatni asrash tadbirlari) orqali ijtimoiy mas'uliyat tuyg‘usi rivojlanadi. 3. Axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish: Interfaol darslar, vatanparvarlikka oid videoroliklar, milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi taqdimotlar https://scientific-jl.com/new 22 00 22 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS orqali darslarni qiziqarli va ta'sirchan qilish mumkin. 4. Oila va maktab hamkorligi: Tarbiyaning samarali bo‘lishi uchun ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish muhim ahamiyatga ega. Fuqarolik tarbiyasining asosiy yo‘nalishlari: Vatan, xalq, bayroq, gerb, madhiyaga hurmatni shakllantirish; Milliy urf-odat va an’analarni anglash va ularga amal qilish; Jamoada o‘zini tutish, tengdoshlariga va kattalarga hurmat ko‘rsatish; O‘z fikrini erkin bildirish va boshqalarning fikriga hurmat bilan qarash. Boshlang‘ich sinfda fuqarolik tarbiyasi – shaxs kamolotining asosi bo‘lib, bu jarayonda o‘qituvchining roli nihoyatda katta. Tarbiyaning zamonaviy shakllari, interfaol metodlar va oilaviy hamkorlik orqali bolalarda fuqarolik ongini shakllantirishga erishish mumkin. Bunday yondashuvlar kelajakda mustaqil, mas’uliyatli, vatanparvar fuqaroni voyaga yetkazishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Dars jarayonlarida vatanparvarlik mavzulari muntazam yoritilgan maktablarda o‘quvchilarning fuqarolik ongida sezilarli o‘sish kuzatiladi; O‘qituvchi tomonidan zamonaviy interfaol metodlardan foydalanilgan sinflarda bolalarning ijtimoiy faolligi va ijobiy qarashlari kuchliroq shakllangan; Oila bilan maktab o‘rtasidagi hamkorlik kuchli bo‘lgan muhitda bolalarning milliy qadriyat va ijtimoiy mas’uliyatga munosabati ijobiy bo‘ladi. Xulosa va takliflar: Fuqarolik tarbiyasi jarayoni nafaqat maktab, balki jamiyat va oila bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirilishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda quyidagi takliflar amalga oshirilsa, ijobiy natijalarga erishiladi: 1. Darslarda milliy va vatanparvarlik ruhidagi materiallardan keng foydalanish; 2. O‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshiruvchi loyiha va tadbirlarni ko‘paytirish; 3. Ota-onalar bilan muntazam pedagogik uchrashuvlar o‘tkazish; 4. Har bir sinfda “Fuqarolik burchi” haftalik mashg‘ulotlarini joriy etish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1 Ziyayev, A. I. "NATIONAL AND CULTURAL PECULIARITIES OF ENGLISH, RUSSIAN AND UZBEK PHRASEOLOGICAL INTENSIFIERS." International scientific journal 40.34 (2016): 65-71. Ziyaev, A. I., and Z. J. Aliyeva. "INTEGRATION INTERNET TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES." Вестник магистратуры 5-4 (128) (2022): 140-142. Sh, Abduraximov. "ISSUES OF FORMATION OF THE CENTER FOR MASTERING FOREIGN EDUCATIONAL PROGRAMS THAT FORM CIVIL EDUCATION IN STUDENTS IN THE SYSTEM OF PRIMARY EDUCATION IN https://scientific-jl.com/new 22 00
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fuqarolik tuyg‘ularini shakllantirishning ahamiyati, zamonaviy tarbiya yondashuvlari va ularga asoslangan pedagogik metodlar haqida so‘z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fuqarolik tuyg‘ularini shakllantirishning ahamiyati, zamonaviy tarbiya yondashuvlari va ularga asoslangan pedagogik metodlar haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- boshlang ich, fuqarolik tarbiyasi, ijtimoiy mas, ich sinf, fuqarolik tuyg, zamonaviy tarbiya, mas uliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014