Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KODNI RELYATSION MODELI: SINXRONLASHTIRISH VA RESURSLARNI TA'MINLASHNING NAZARIY ASOSLARI
Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich · Rahimova Zarifaxon Shuxratjon qizi
Журнал инноваций нового века · 17 · 2026
Аннотация
This article provides a detailed overview of the theoretical foundations and practical implementation of the relational model of data proposed by Edgar F. Codd. The relational model represents data in the form of tables (relations), where the fundamental components include attributes, tuples, keys, and domains. The article elaborates on Codd’s 12 rules, which define the essential criteria for a relational database system, such as data independence (logical and physical), guaranteed access to data, and support for data integrity. It further analyzes the model’s key advantages, including minimized data redundancy, structural flexibility, and the powerful query language (SQL) that allows for complex data manipulation. Additionally, certain limitations of the model—such as complexity in managing interrelated tables and increased resource demands—are also discussed. This article serves as a comprehensive guide for understanding the significance of the relational model in modern information systems and software development. Keywords: Relational model, database, Codd’s rules, attribute, tuple, table, key, SQL. Hozirgi zamon axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bir paytda ma’lumotlarni samarali boshqarish, saqlash va ulardan foydalanish har qanday axborot tizimining markaziy muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ma’lumotlar bazasi tizimlari (MBT) turli tashkilotlar, korxonalar, davlat idoralari, tibbiyot, ta’lim, moliya va boshqa sohalarda axborot bilan ishlashni tashkil etishning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Bunday tizimlarning asosida esa aniq matematik va mantiqiy asosga ega bo‘lgan model — relyatsion model turadi. Relyatsion modelning nazariy asoslari 1970-yilda ingliz olimi Edgar Frank Codd tomonidan taklif etilgan. U tomonidan yozilgan "A Relational Model of Data for Large Shared Data Banks" nomli maqola zamonaviy ma’lumotlar bazasi tizimlarining rivojlanishida tub burilish yasadi. Coddning modeli ma’lumotlarni oddiy, tushunarli va strukturalangan shaklda — jadval (relatsiya) ko‘rinishida ifodalashga asoslanadi. Bu yondashuv nafaqat ma’lumotlarni saqlash, balki ularga murojaat qilish, ularni tahlil qilish va ularni qayta ishlash jarayonlarini ham soddalashtirdi. Relyatsion modelning muhimligi shundaki, u har bir ma’lumot elementini aniq https://scientific-jl.com/new 22 77 55 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS strukturaga soladi: atributlar ustunlarga, kortejlar esa qatorlarga mos keladi. Har bir jadval birlamchi kalit orqali aniqlanadi va jadvaldagi har bir qator yagona bo‘lishi talab etiladi. Codd bu modelni yanada to‘liq ifodalash maqsadida 12 ta printsip yoki qoida ishlab chiqdi. Bu qoidalar ma’lumotlar bazasi tizimlarining to‘liq relyatsion modelga asoslanganligini aniqlash mezoni sifatida xizmat qiladi. Bugungi kunda relyatsion model asosida ishlaydigan ko‘plab mashhur MBTlar mavjud, jumladan: Oracle, Microsoft SQL Server, MySQL, PostgreSQL, SQLite va boshqalar. Ushbu tizimlar foydalanuvchilarga SQL (Structured Query Language) tilida so‘rovlar yuborish orqali ma’lumotlar ustida turli amallarni bajarish imkonini beradi. Bu esa relyatsion modelning amaliy jihatdan ham kuchli ekanligini tasdiqlaydi. Shunga qaramay, relyatsion modelning ham o‘ziga xos cheklovlari mavjud. Masalan, katta hajmdagi va murakkab tuzilmali ma’lumotlar bilan ishlashda samaradorlik pasayishi, vaqtinchalik ma’lumotlar bilan ishlashda noqulayliklar yuzaga kelishi mumkin. Ayniqsa, NoSQL tizimlarining paydo bo‘lishi va ularning keng tarqalishi relyatsion modelga muqobil yondashuvlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Maqolamning asosiy maqsadi shundan iboratki — Edgar F. Codd tomonidan ishlab chiqilgan relyatsion modelning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur tahlil qilish, modelning asosiy elementlari va qoidalarini o‘rganish, uning afzalliklari va cheklovlarini baholash, hamda zamonaviy MBTlar doirasida qo‘llanilishiga nazar tashlashdir. Shuningdek, maqolada relyatsion modelning boshqa ma’lumotlar modellaridan (ierarxik, tarmoqli, obyektga yo‘naltirilgan) farqli jihatlari va ustun tomonlari yoritiladi. Bu orqali o‘quvchi nafaqat relyatsion model mohiyatini anglaydi, balki uni real loyihalarda to‘g‘ri va samarali qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xulosa qilib shuni aytish joizki, Koddning relyatsion modeli — bu zamonaviy ma’lumotlar bazasi tizimlarining asosi bo‘lib, u foydalanuvchilarga ma’lumotlarni samarali, mantiqan tartiblangan va ishonchli tarzda saqlash imkonini beradi. Ushbu modelning tamoyillari hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va zamonaviy SQL asosidagi ma’lumotlar bazalarining asosiy printsiplari sifatida saqlanib qolmoqda. Relyatsion modelning afzalliklari va qat’iy qoidalari uni ma’lumotlar bazasi dizaynida mukammal yechimga aylantiradi. https://scientific-jl.com/new 22 77 66 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Nurmamatovich, T. I., & Azizjon o’g, N. A. Z. (2024). The SQL server language and its structure. American Journal of Op
Доказательный фрагмент
«This article provides a detailed overview of the theoretical foundations and practical implementation of the relational model of data proposed by Edgar F.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a detailed overview of the theoretical foundations and practical implementation of the relational model of data proposed by Edgar F. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Relational model, database, Codd’s rules, attribute, tuple, table, key, ma’lumotlar bazasi, Kalit so‘zlar: Relyatsion model, jadval, kortej, atribut, kalit, SQL., Codd qoidalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025