Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINING RIVOJLANISHI
XUSUSIYATLARINING RIVOJLANISHI · Axmedova Moxira Muxamadovna
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarining rivojlanishi haqida ma’lumot beriladi,Jumladan maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning maktabga tayyorgarlik jarayonida sodir bo'ladigan psixologik o’zgarishlar, haqida ma’lumotlar yoritilgan. Kalit so’zlar: Kichik makatab yoshi ,Shaxsiy tayyorgarlik,intellektual tayyorgarlik,o’quv faoliyatiga tayyorgarlik,harakat tayyorgarligi.psixik faollik. Kichik maktab yoshidagi bolalar 7 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar bo’lib ular boshlang’ich sinf o’quvchilari hisoblanadi.Bu yillarda bolaning hayoti va faoliyatida muhim o’zgarishlar ro’y beradi.Binobarin ularning psixikasida ham o’zgarishlar sezilarli darajada bo’ladi.Bolaning maktabga kirishi uning hayotida burulish chog’idir. Bola maktabga kirib o’qiy boshlashi bilanoq uning hayotida asosiy faoliyat o’qish bo’lib qoladi. Maktabda bola tizimli ravishda yangiliklar oladi,bu o’quvchilarning kundan kunga orttirib borayotgan hilma-xil mavzudagi bilimlarning manbayidir.Bolaning bilimlarni sistemali tarzda o’zlashtirishi natijasida undagi bilimning doirasi kengayib boradi,aqliy jarayonlar rivojlanadi shu bilan bir qatorda bolaning emotsional-irodaviy xususiyatlari qayta tarkib topib rivojlana boshlaydi.Maktabdagi ta’lim jarayonining o’zi bolaning sezgi,idrok,tafakkur,nutq va diqqatlariga yangi talablar qo’yadi. Kichik yoshdagi o’quvchilarning yuqorida ko’rsatilgan hilma-xil qiziqishlari bilan bir qatorda individual qiziqishlari ham tug’ula boshlaydi.Ba’zi o’quvchilar rassomlikka ko’proq qiziqsalar,ba’zilari musiqa sheriyatga muhabbat qo’yadilar. Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususyatlaridan biri,unda o’ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir.Bu ehtiyojlar o’z mohiyatiga ko’ra faqat muayyan bilim ko’nikma va malakalarni egallashga qartilmay,balki o’quvchanlik istagi aks ettirishda ham iboratdir. Kichik maktab yoshdagi bolalar tez chalg’iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir narsaga qarata olmaydilar ta’sirchan hamda emotsional bo’ladilar.Kichik maktab yoshidagi o’quvchi faolligining asosan uch xil ko’rinishi mavjud bo’lib ular jismoniy,ijtimoiy va psixik, faollikdir.Jismoniy faollik-sog’lom organizmning harakat qilishga bo’lgan turli mavjud to’siqlarni yengishda tabbiy ehtiyojdir.Psixik faollik-bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni,insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. https://scientific-jl.com/new 22 99 66 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Bolaning makatabada muvaffaqiyatli o’qishi ko’p jihatdan ularnining maktabga tayyorgarlik darajalariga bog’liq.Bolaning maktabda o’qishga tayyorligi quyidagilarni o’z ichiga oladi. 5.Shaxsiy tayyorgarlik-motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi..bilish qiziqishning mavjudligi.ijtimoiy munosabatlar tizimida o’zining maxsus o’rni bo’lishiga intilish,muhim baholanadigan faoliyatni bajarish-o’quvchi bo’lish; 6. Intellektual tayyorgarlik tevarak-atrofda mo’ljal ola bilish ,bilimlar zahirasining mavjudligi; idrok va ko’rgazmali-obrazli tafakkurning ma’lum darajada rivojlanganligi.Umumlashtirish darajasi-narsa va hodisalarni farqlash va umumlashtira olish ko’nikmasi. 7. Harakat tayyorgarligi.-mayda motorika;katta harakatlarni amalga oshrish (qo’l,oyoq,tana); 8. O’quv faoliyatiga tayyorgarlik:kattalarni diqqat bilan eshta olish va uning ko’rsatmalarini aniq bajarish.topshiriqlarni mustaqil bajarish;chalg’ituvchi omillarga e’tibor bermasdan topshiriqni bajarishga kirishish. Bu davrda avvalo bilish sohalari,so’ngra esa emotsional motivatsion yo’nalish bo’yicha ichki shaxsiy hayot boshlanadi.U yoki bu yo’nalishdagi rivojlanish obrazlilikdan ramzilikkacha bo’lgan bosqichlarni o’taydi.Obrazlilik deyilganda bolalarning turli obrazlarni yaratishi,ularni o’zgartirishi va erkin harakatga keltirishi,ramzlilik deyilganda esa belgilar tizimi (matematik,lingvistik,mantiqiy va boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuniladi. O'quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o'qishda ma'lum yutuqlarga erishish ehtiyojini qondirishga, shuningdеk, tеngdoshlari orasida o'z o'rniga ega bo'lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o'rin yoki mavqеga erishish uchun ham bola yaxshi o'qishga harakat qiladi. Bu yoshdagi bolalar doimiy ravishda o'zlari erishgan muvaffaqiyatlarini boshqa tеngdoshlari muvaffaqiyatlari bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bo'lish nihoyatda muhim. Kichik maktab davrida bolalardagi musobaqaga kirishish motivi tabiiy psixologik ehtiyoj hisoblanib, bu motiv ularga kuchli emosional zo'riqishni bеradi. Bu xususiyatlar aslida bog'cha davridan boshlab yuzaga kеla boshlaydi va kichik maktab davrida, shuningdеk o'smirlik davrida ham yaqqol ko'zga tashlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bеrgan baholariga qarab, o'zlariga o'zlari baho bеradilar. Shuningdеk, o'quvchining o'ziga-o'zi bеradigan bahosi, turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga ham bog'liq bo'ladi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda o'z-o'ziga bеradigan baholari turlicha - yuqo
Доказательный фрагмент
«Maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarining rivojlanishi haqida ma’lumot beriladi,Jumladan maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning maktabga tayyorgarlik jarayonida sodir bo'ladigan p…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarining rivojlanishi haqida ma’lumot beriladi,Jumladan maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning maktabga tayyorgarlik jarayonida sodir bo'ladigan p… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o’quv faoliyatiga tayyorgarlik, Shaxsiy tayyorgarlik, intellektual tayyorgarlik, harakat tayyorgarligi.psixik faollik., Kalit so’zlar: Kichik makatab yoshi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024