Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA MATEMATIK NUTQNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI
RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI · Abduraxmonova Nazokat Tursunboyevna
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Boshlang’ich ta’limda matematika nafaqat bir fan sifatida, balki bolaning umumiy rivojlanishi uchun muhim vosita sifatida o’rganiladi. Matematika darslari bolalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, so’z boyligini oshirish, kundalik hayotda foydali bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirish va ularning intelektual salohiyatini oshirishda asosiy o’rin tutadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi sifatida shuni aytish mumkinki, bu fan bolalar uchun tushunarli va qiziqarli bo’lishi kerak. Kalit so’zlar: imkoniyat, metod, pedagogik jarayon, o’qitish metodologiyasi, didaktik vazifa, krossvordlar, boshqotirmalar, o’yin texnologiyalari. Matematika ta’limi- boshlang’ich bosqichda bolaning fikrlash va tushunish qobiliyatini rivojlantirishda eng muhim vosita hisoblanadi. Bu fan bolalarning mantiqiy fikrlashini, tahlil qilish qobiliyatini va masalalarni yechish ko’nikmalarini shakllantiradi. Boshlang’ich ta’limda matematik tushunchalarni o’zlashtirish orqali bolalar hayotning turli sohalarida o’rganishlari mumkin bo’lgan ko’plab asosiy qoidalarni tushunishga kirishadilar. Matematika ta’limi nafaqat aniq hisob-kitoblarni yoki formulalarni o’rganishdan iborat, balki har bir insonning kundalik hayotidagi muammolarini tushunish va ularni hal qilish uchun zarur bo’lgan mantiqiy yondashuvlarni o’rganishda asosiy o’rin tutadi. Masalan, bolalar soat bo’yicha vaqtni to’g’ri aniqlash, sotuvlarda hisob-kitob qilish yoki o’z uyiga kerakli narsalarni tanlash kabi ko’nikmalarni rivojlantiradilar. Boshlang’ich ta’lim jarayonida bolalarga matematika tushunchalarini o’rgatish jarayonida quyidagi maqsadlarga erishiladi: Mantiqiy fikrlashni shakllantirish: Masalalar va topshiriqlarni bajarish orqali bolalar mantiqiy munosabatlarni tushunish va ularni hayotda qo’llashga o’rganadilar. Tizimli fikrlashni rivojlantirish: Matematik tushunchalar bolalarda ma’lum bir tartibni tushunish va unga amal qilish qobiliyatini oshiradi. Intelektual rivojlanish: Matematika bolalarning aqliy salohiyatini oshiradi va ularning dunyoqarashini kengaytiradi. Mustahkam asos yaratish: Маtematika ta’limi boshqa fanlarni, jumladan, fizika, kimyo va tabiiy fanni o’rganish uchun zarur bo’lgan asosiy bilimlarni beradi. Matematika ta'limining boshlang'ich bosqichdagi ahamiyati. https://scientific-jl.com/new 33 11 00 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Boshlang'ich ta'lim matematikaning birinchi bosqichi sifatida bolalarning bilim olish jarayoniga katta ta'sir qiladi. Uning muhim jihatlaridan biri shundaki, bolalar o'quv jarayonini tushunish, masalalarni yechish va aniq ma'lumotlarga asoslanib xulosa chiqarishga o'rganadilar. Masalan, bolalar jismoniy dunyoda sodir bo'ladigan jarayonlarni tushunish uchun soatni o'qish yoki geometrik shakllarni farqlash kabi asosiy ko'nikmalarni o'zlashtiradilar. Matematika shuningdek bolalarda muloqot qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Masalan, matematik tushunchalarni tushuntirish va ularni so'z bilan ifoda etish jarayonida bolalar nutqini ham takomillashtiradilar. Bu esa boshqa fanlarni o'zlashtirishda ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun boshlang'ich ta'limda matematik bilimlar bolalarning nafaqat akademik muvaffaqiyati, balki hayotda turli vaziyatlarga moslashish qobiliyati uchun ham muhimdir. Boshlang‘ich ta'limda matematika nafaqat bir fan sifatida, balki bolaning umumiy rivojlanishi uchun muhim vosita sifatida o‘rganiladi. Matematika darslari bolalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, kundalik hayotda foydali bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish va ularning intellektual salohiyatini oshirishda asosiy o‘rin tutadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida shuni aytish mumkinki, bu fan bolalar uchun tushunarli va qiziqarli bo‘lishi kerak. Matematika faqat sonlar yoki hisob-kitob emas. U bolalarga o‘z fikrlarini to‘g‘ri va aniq ifoda qilish, bir-biri bilan muloqot qilish va masalalarni yechish jarayonida mantiqiy yondashuvlarni qo‘llash imkoniyatini beradi. Masalan, bolalar "ikkini ikkiga qo‘shib olgan son nimani anglatadi?" degan savolga javob izlayotganda, ular nafaqat javob topadi, balki o‘z fikrlash jarayonini ifoda etishga o‘rganadilar. Matematika nutqi bolalarga masalalarni tushuntirish, mulohaza qilish va bir- birlariga tushunchalarni yetkazish imkoniyatini beradi. Shu sababli, matematika nutqini shakllantirish har bir darsning ajralmas qismi bo‘lishi lozim. O‘qituvchi sifatida bolalarga matematik tushunchalarni joriy qilishda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish muhim. Masalan, birinchi sinfda bolalar sanashni, sodda qo‘shish va ayirishni o‘rganadilar. Bu jarayonda tushunchalarni qo‘llash faqat nazariy emas, balki amaliy vazifalar orqali o‘rgatiladi. Masalan: • Bolalarga o‘yin shaklida soatdagi vaqtni o‘qishni o‘rgatish. • Qo‘g‘irchoqlar yordamida sanash va qismlarga bo‘lishni tushuntirish. • Topshiriqlar orqali mantniy munosabatlarni tushuntirish. Matematika nafaqat aniq fanlar asosini yaratadi, balki bolaning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Masalan: • Mantiqiy fikrlash: Masa
Доказательный фрагмент
«Boshlang’ich ta’limda matematika nafaqat bir fan sifatida, balki bolaning umumiy rivojlanishi uchun muhim vosita sifatida o’rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBoshlang’ich ta’limda matematika nafaqat bir fan sifatida, balki bolaning umumiy rivojlanishi uchun muhim vosita sifatida o’rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so’zlar: imkoniyat, krossvordlar, o’yin texnologiyalari., didaktik vazifa, metod, boshqotirmalar, pedagogik jarayon, o’qitish metodologiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026