К содержанию
РецензированоUZ2000

YURAK QON TOMIR KASALLIKLARINI KELIB CHIQISHI VA DAVOLASH USULLARI

O‘sarov Xamidillo Saydullo o‘g‘li · Numonova Marjona Saloxiddin qizi

Журнал инноваций нового века · 2000

Аннотация

Ushbu ishda stress, depressiya, tashvish va boshqa psixologik holatlarning yurak salomatligiga ta’siri, uning normal faoliyati yurakning asosiy fizik xossalariga bog‘liqligi tahlil qilinib, ruhiy barqarorlikning yurak qon tomir tizimiga, shuningdek, psixologik salomatlikni yaxshilash orqali yurak qon tomir kasalliklari profilaktikasini amalga oshirish usullari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: depressiya, ruhiy salomatlik, psixologik barqarorlik, yurak qon tomir kasalliklari, stress, profilaktika, sog‘lom turmush tarzi. Bugungi kunda yurak va qon-tomir tizimi kasalliklari butun dunyoda o‘lim sabablarining eng yuqori o‘rinda turadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yilda dunyo bo‘ylab yurak-qon tomir kasalliklaridan 14 millionga yaqin odam vafot etgan bo‘lsa, 2019 yilda 18 millionga yaqin odam vafot etgan [1]. Yurtimizda ham yurak faoliyatidagi muammolar yoshga bog‘liq bo‘lmay, hattoki yoshlar orasida ham ko‘p uchramoqda.Bunga bir necha omillar sabab bo‘lmoqda. Noto‘g‘ri ovqatlanish, kamxarakatlik, stress, chekish, ortiqcha vazn, genetik moyillik va boshqalar. Shu sababli yurakning fiziologik asoslarini, uning asosiy fizik xossalarini chuqur o‘rganish va ularni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish dolzarb muammoga aylanmoqda. Agar yurak faoliyati buzilsa, bu nafaqat yurakning o‘zi, balki butun organizmning hayotiy faoliyati uchun xavf tug‘diradi. Chunki yurak – organizmdagi barcha hujayralarni kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlovchi asosiy a’zodir. Yurak faoliyatidagi buzilishlar miya, buyraklar, jigar va boshqa hayotiy muhim organlarga yetarli qon yetkazib berilmasligiga olib keladi. Shuningdek, yurak kasalliklarining ko‘p hollarda kech aniqlanishi, bemorlarning kech shifokorga murojaat qilishi muammoni yanada chuqurlashtirmoqda. Shu sababli yurak faoliyatini tushunish, yurakning asosiy fizik xossalarini o‘rganish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha profilaktik tadbirlar ahamiyat kasb etadi [2]. Asosiy qism: “Yurak faoliyatining asosiy fizik xossalari” Yurak mushak to‘qimasidan tashkil topgan bo‘lib, u boshqa mushaklardan o‘zining bir qator maxsus xususiyatlari bilan ajralib turadi. Yurakning asosiy fizik xossalari quyidagilardan https://scientific-jl.com/new 99 33 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS iborat: 1. Avtomatiya – yurak tashqi qo‘zg‘atuvchilarsiz, o‘z-o‘zidan impuls hosil qilib qisqara oladi. Yurakning bu xossasi yurak tugunlari (sinus tuguni, atrioventrikulyar tugun) tomonidan ta’minlanadi. Masalan, yurak organizmdan ajratib olingandan keyin ham ma’lum vaqt o‘z-o‘zidan qisqarishda davom etadi. 2. Qo‘zg‘aluvchanlik – yurak mushaklarining tashqi qo‘zg‘atuvchiga (elektrik, kimyoviy, mexanik) javob qaytarish qobiliyati. Bu xossa yurakning tashqi yoki ichki ta’sirlarga moslasha olishini ta’minlaydi. Yurakning qo‘zg‘aluvchanligi organizm holatiga qarab o‘zgarishi mumkin. 3. O‘zkazuvchanlik – yurak mushaklarida hosil bo‘lgan impulslarning yurakning bir qismidan boshqasiga o‘tkazilish xususiyati. Impulslarning yurak bo‘ylab aniq va muvofiqlashgan tarzda tarqalishi yurakning tartibli qisqarishiga sabab bo‘ladi. Agar o‘tkazuvchanlik buzilsa, yurak ritmi buziladi va aritmiya kelib chiqadi. 4. Qisqaruvchanlik – yurak mushaklarining qisqarib, qonni chiqarish qobiliyati. Yurak mushaklarining bu xossasi yurakning har bir urishida qancha miqdorda qon chiqarishini belgilaydi. Yurak mushaklarining kuchsizlanishi yurak yetishmovchiligiga olib keladi. 5. Tonus (tonik holat) – yurak mushaklarining doimiy ravishda kuchsiz qisqarib turish holati. Tonus yurakning shaklini va tizimli qisqarish qobiliyatini saqlashga yordam beradi. Yurak faoliyati buzilishining sabablari: Yuqoridagi xossalar yurakning normal faoliyatini ta’minlaydi. Ammo turli omillar ta’sirida ushbu xossalarning buzilishi kuzatiladi: 1. Noto‘g‘ri ovqatlanish (xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlar). 2. Stress va psixologik bosim. 3. Kamxarakatlik. 4. Yomon odatlar (chekish, spirtli ichimliklar). 5. Genetik moyilli. 6. Yuqori qon bosimi. 7. Qandli diabet. Ushbu omillar yurak mushaklarida o‘tkazuvchanlik, qisqaruvchanlik va avtomatiya kabi xossalarning zaiflashishiga sabab bo‘ladi. Natijada yurak ritmi buziladi, yurakning qisqarish kuchi pasayadi va qon aylanish yetishmovchiligi yuzaga keladi [3]. Yechim (ilmiy asoslar bilan): Yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yurak kasalliklarining oldini olish uchun quyidagi choralar ilmiy asoslangan va samarali hisoblanadi: 1. Sog‘lom ovqatlanish. Ilmiy tadqiqotlar ko‘rsatishicha, omega-3 yog‘ kislotalariga boy mahsulotlar https://scientific-jl.com/new 99 44 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS yurak mushaklarining ozuqalanishini yaxshilaydi, qonning ivish xususiyatini kamaytiradi va yurak xastaliklari xavfini pasaytiradi. Shu bilan birga, tuz miqdorini cheklash, meva va sabzavotlarni ko‘p iste’mol qilish, yog‘li va xolesterin miqdori yuqori ovqatlarni kamaytirish tavsiya qilinadi. 2. Jismoniy f

Доказательный фрагмент

«Ushbu ishda stress, depressiya, tashvish va boshqa psixologik holatlarning yurak salomatligiga ta’siri, uning normal faoliyati yurakning asosiy fizik xossalariga bog‘liqligi tahlil qilinib, ruhiy barqarorlikning yurak…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ishda stress, depressiya, tashvish va boshqa psixologik holatlarning yurak salomatligiga ta’siri, uning normal faoliyati yurakning asosiy fizik xossalariga bog‘liqligi tahlil qilinib, ruhiy barqarorlikning yurak… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
profilaktika, yurak qon tomir kasalliklari, Kalit so‘zlar: depressiya, stress, ruhiy salomatlik, sog‘lom turmush tarzi., psixologik barqarorlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти