Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GEMORRAGIK SHOK: KELIB CHIQISHI, ETIOLOGIYASI, DAVOLASHI VA FAVQULODDA HOLATLARDA YONDASHUVLAR
Ergashev Otabek Murotjon oʻgʻli
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada gemorragik shokning kelib chiqish sabablari, patofiziologik jarayonlari, klinik belgilari va zamonaviy davolash yondashuvlari yoritilgan. Gemorragik shok – organizmda qon hajmining keskin kamayishi natijasida qon aylanishining yetishmovchiligi bilan kechadigan og‘ir patologik holat bo‘lib, tezkor tashxis va samarali davolash choralari ko‘rilmasa, o‘lim holatiga olib kelishi mumkin. Maqolada ushbu holatning profilaktikasi va tibbiy yordam ko‘rsatish algoritmlari haqida ham fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: gemorragik shok, gipovolemiya, qon ketish, reanimatsiya, qon quyish, plazma o‘rnini bosuvchi eritmalar, hayotiy belgilar. Gemorragik shok – bu organizmda katta miqdorda qon yo‘qotilishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir gipovolemik holat bo‘lib, qon bosimi tushishi, yurak chiqish hajmining kamayishi va to‘qimalar hipoksiyasi bilan kechadi. Bu holat ko‘pincha jarohatlar, operatsiyalar, ichki qon ketishlar, tug‘ruqdagi asoratlar yoki ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Favqulodda holatlarda gemorragik shokga duch kelgan bemorga o‘z vaqtida va to‘g‘ri yordam ko‘rsatish hayotni saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga ega. Tibbiy amaliyotda bu holat tez- tez uchraydi va, ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda, katta travmalar, operatsiyalar, tug‘ruqdagi asoratlar yoki ichki qon ketishlar fonida rivojlanadi. Gemorragik shokning etiologik omillari orasida jarrohlik amaliyotlaridan keyingi qon ketishlar, avtohalokatlar natijasida yuzaga keladigan ichki va tashqi qon yo‘qotishlar, me’da-ichak traktida qon ketishlar (masalan, me’da yarasi yoki varikoz tomirlarning yorilishi), shuningdek, tug‘ruq vaqtida bachadon atoniyasi yoki yo‘ldoshning noto‘g‘ri joylashuvi tufayli yuzaga keladigan qon ketishlar ajralib turadi. Shu bilan birga, antikoagulyantlar (masalan, varfarin yoki heparin) qabul qiluvchi bemorlarda qon ketish xavfi ortadi va shok holati yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Patofiziologik jihatdan gemorragik shokda qon hajmi kamaygani tufayli yurak chiqarish hajmi pasayadi, arterial bosim tushadi va organlarga kislorod yetkazib berilishi keskin kamayadi. Bu esa to‘qimalar gipoksiyasiga, hujayra darajasida energiya almashinuvining buzilishiga va metabolik asidozga olib keladi. Shokning keyingi bosqichlarida organizm kompensator mexanizmlarni ishga tushiradi – yurak https://scientific-jl.com/new 11 33 44 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS urish tezlashadi, periferik tomirlar torayadi, lekin bu mexanizmlar uzoq vaqt davomida samarali bo‘lmaydi. Davolash kechiksa, ko‘p organ yetishmovchiligi (MODS) rivojlanadi. Klinik jihatdan gemorragik shokning alomatlari bemorning qon yo‘qotish darajasi va umumiy holatiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bemor terisining oqarishi, sovuq va nam bo‘lishi, yurak urishining tezlashishi (taxikardiya), arterial bosimning tushishi, tez-tez nafas olish (taxipnoe), hushning pasayishi yoki yo‘qolishi, diurezning kamayishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Shuningdek, bemorning lablari ko‘karib, ong chalkash bo‘lishi yoki adinamiya (kuchsizlik) rivojlanadi. Davolashda birinchi navbatda qon ketish manbasini to‘xtatish muhimdir. Tashqi qon ketishlarda bosim bog‘lamlari, tamponada, qon tomirlarni bog‘lash qo‘llaniladi. Ichki qon ketishlar holatida esa jarrohlik usullari (laparotomiya, torakotomiya) orqali qon ketish manbasi bartaraf etiladi. Keyingi bosqichda qon hajmini tiklash uchun kristalloidlar (NaCl 0.9%, Ringer laktat), kolloidlar (gelofusin, dextran), va eng muhimi, qon mahsulotlari (eritrotsit massasi, plazma, trombotsitlar) yuboriladi. Qon ketish og‘ir bo‘lsa, bemorga zudlik bilan universal qon (O(I) Rh-) yoki shoshilinch mos keladigan qon quyilishi kerak. Shuningdek, bemorning nafas olish va yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlash zarur. Oksigenoterapiya, mexanik ventilyatsiya (sun’iy nafas oldirish) og‘ir hollarda o‘ta muhim bo‘ladi. Dori-darmonlardan norepinefrin, dopamin kabi vazopressorlar arterial bosimni ko‘tarish va yurak chiqishini tiklashda yordam beradi. Reanimatsiya davrida doimiy monitoring – arterial bosim, yurak urish tezligi, EKG, qon gazlari va diurez o‘lchovlari amalga oshiriladi. Gemorragik shok kechiktirilsa yoki noto‘g‘ri davolansa, asoratlar soni ortadi. Eng xavfli asoratlardan biri bu ko‘p organ yetishmovchiligi bo‘lib, buyrak, jigar, o‘pka va yurak faoliyatining izdan chiqishiga olib keladi. Bundan tashqari, gipoksiya fonida miya shikastlanishi, yurak yetishmovchiligi, metabolik asidoz, disseminatsiyalangan intravaskulyar koagulyatsiya (DIC-sindrom) kabi holatlar kuzatiladi. Ayrim hollarda bemor reabilitatsiyaga muhtoj bo‘ladi. Favqulodda holatlarda gemorragik shokka tezkor va to‘g‘ri yondashuv hayot- mamot masalasidir. Tibbiyot xodimlari shokni erta aniqlash, muolajalarni boshlash va transportatsiya vaqtida bemorning holatini nazorat qilishga tayyor bo‘lishi kerak. Har bir shifokor va hamshira shoshilinch yordam algoritmini mukammal bilishi, qon quyish qoidalari, suyuqlik terapiyasining zarur hajml
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada gemorragik shokning kelib chiqish sabablari, patofiziologik jarayonlari, klinik belgilari va zamonaviy davolash yondashuvlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada gemorragik shokning kelib chiqish sabablari, patofiziologik jarayonlari, klinik belgilari va zamonaviy davolash yondashuvlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- plazma o‘rnini bosuvchi eritmalar, gipovolemiya, qon quyish, Kalit so‘zlar: gemorragik shok, reanimatsiya, qon ketish, hayotiy belgilar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026