Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISLOM BANKLARINING GLOBAL ISLOM MOLIYA SANOATI TARKIBIDAGI ROLI: O‘SISH, BARQARORLIK VA MINTAQAVIY DINAMIKALAR
MINTAQAVIY DINAMIKALAR · Norova Iroda Rustambek qizi
Журнал инноваций нового века · 2023
Аннотация
This article is aimed at analyzing the strategic role of Islamic banks in the global Islamic finance industry, their financial stability, and regional development dynamics. The study examines key financial indicators of Islamic banks for the year 2023, including assets, financing and deposit portfolios, profitability, and capital adequacy. The article also explores the sector’s specific features in the GCC, MENA, EAP and other regions, while highlighting current challenges and future prospects. Based on the conducted analysis, it is substantiated that Islamic banks are emerging not only as Shariah-compliant institutions but also as economically efficient financial entities. Key words. Islamic banks, Islamic finance industry, financial stability, profitability, capital adequacy, regional analysis, liquidity management, macroeconomic indicators. Аннотация. В данной статье проанализированы стратегическая роль исламских банков в глобальной исламской финансовой индустрии, их финансовая устойчивость и динамика регионального развития. В исследовании рассмотрены ключевые финансовые показатели исламских банков за 2023 год, включая активы, портфели финансирования и депозитов, рентабельность и достаточность капитала. Также в статье освещены особенности деятельности https://scientific-jl.com/new 11 66 44 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS сектора в странах Персидского залива, Восточной Азии, Ближнего Востока и других регионах, а также выявлены существующие проблемы и перспективы развития. На основе проведённого анализа обосновано, что исламские банки формируются не только как соответствующие требованиям шариата, но и как экономически эффективные финансовые институты. Ключевые слова. Исламские банки, индустрия исламских финансов, финансовая устойчивость, рентабельность, достаточность капитала, региональный анализ, управление ликвидностью, макроэкономические показатели. So‘nggi yillarda islom moliya tizimi global moliyaviy muhitda tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Xususan, islom bank sektorining jahon miqyosida ko‘rsatgan barqaror o‘sish sur’atlari bu sohaning moliyaviy xizmatlar bozoridagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 2023-moliyaviy yil yakunlariga ko‘ra global islom moliyaviy xizmatlari sanoati umumiy aktivlari hajmi 3,38 trillion AQSh dollariga yetdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 foizlik yillik o‘sishni qayd etdi. Ta’kidlash joizki, ushbu ko‘rsatkich yuqori inflyatsion bosimlar, geosiyosiy tangliklar va an’anaviy bank sektoridagi beqarorlik kabi murakkab makroiqtisodiy sharoitlarga qaramasdan erishilgan natijadir. Islom bank sektori ushbu davrda jahon bo‘yicha umumiy islom moliya aktivlarining 70,21 foizini tashkil etib, sanoat tarkibidagi yetakchi segmentlik o‘rnini saqlab qolmoqda. Shu bilan birga, sukuk va islom investitsion fondlari birgalikda 29,08 foizni, Takaful sektori esa 0,71 foizni tashkil etdi. Shunga qaramay, islom bank sektorining global islom moliya tizimidagi o‘rni va ta’sir kuchi ilmiy nuqtai nazardan mahalliy tadqiqot ishlarida hali yetarlicha chuqur o‘rganilmagan. Aksariyat tadqiqotlar alohida mamlakatlar yoki yirik banklar misolida amalga oshirilgan bo‘lib, xalqaro darajadagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida islom bank sektorining holatini kompleks yorituvchi ilmiy ishlarga ehtiyoj mavjud. Ayniqsa, tebranishga moyil inflyatsiya darajasi, valyuta kurslaridagi tebranishlar, likvidlikka doir cheklovlar va geosiyosiy tangliklar fonida sektorning qanday qilib o‘sishda davom etayotganini tahlil qilish dolzarb masalalardan biridir. Mintaqaviy taqsimot nuqtayi nazaridan, Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi (GCC) davlatlari global islom moliya bozorining eng katta ulushiga egaligini saqlab qolgan — ular umumiy aktivlarning 52,50 foizdan ortig‘ini tashkil etmoqda. Keyingi o‘rinlarni Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi- 21,80%, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (GCCdan tashqari) - 12,70%, Yevropa va Markaziy Osiyo - 8,30%, Janubiy Osiyo -3,10%, Sahro osti Afrikasi - 0,70% va boshqa mintaqalar - 0,90% ko‘rsatkichlar bilan egallashmoqda. Xususan islom bank sektorida kuzatilgan o‘zgarishlarni statistik jihatdan taxlil qiladigan bo‘lsak, ushbu segmentning 2023-yil davomida asosiy moliyaviy barqarorlik https://scientific-jl.com/new 11 66 55 Volume–77_Issue-2_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS ko‘rsatkichlari bo‘yicha sezilarli darajada barqarorligini saqlab qolganligini xulosa qilish mumkin. 2023-moliyaviy yilning to‘rtinchi choragida islom bank aktivlari 7,21 foizga oshib, taxminan 2,37 trillion AQSh dollariga yetdi. Ushbu o‘sish, asosan, depozit portfelining 7,92 foizga va Shariatga muvofiq moliyalashtirish portfelining 5,97 foizga oshganligi bilan izohlanadi. Global miqyosda islom bank sektorining o‘sishi jumladan ko‘pchilik yurisdiksiyalarda mustahkam rentabellik ko‘rsatkichlari orqali ham aks etdi. Sof foydaning oshishi xarajatlar va daromadlar nisbatining pasayishi yoki mo‘tadillashuvi fonida kuzatildi, bu esa islom banklarining joriy moli
Доказательный фрагмент
«This article is aimed at analyzing the strategic role of Islamic banks in the global Islamic finance industry, their financial stability, and regional development dynamics.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is aimed at analyzing the strategic role of Islamic banks in the global Islamic finance industry, their financial stability, and regional development dynamics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Islamic banks, Islamic finance industry, financial stability, likvidlikni boshqarish, mintaqaviy tahlil, rentabellik, Kalit so’zlar: Islom banklari, kapital yetarliligi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar., moliyaviy barqarorlik, islom moliya sanoati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025