К содержанию
РецензированоUZ2025

AMIR NASRULLO DAVRIDA BUXORO AMIRLIGI

Sadullayev Umidjon Shokirovich · Mizrobova Nigina Mirshod qizi

Современная наука и исследования · 1 · 551-556 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Nasrulloxon davrida Buxoro amirligi juda ham rivojlandi. Amir mamlakatni tiklash ishiga katta ahamiyat qaratdi. U mamlakatda harbiy islohot o’tkazdi. Ko’plab to’pchilar qo’shini va piyoda askarlar tuzildi. Askarlar har 3 yilda bir marta kiyim bosh bilan ta’minlab turildi. Nasrulloxon davrida ko’pdan buyon mustaqillikka da’vo qilib yurgan Shahrisabz va Kitob hududlarini egalladi. Amir qattiq qo’l siyosati uchun xalq orasida Xoni shahid ( Shahid xon) nomi bilan atalgan. Kalit so’zlar: Amir Nasrullo, harbiy islohot, “bahodir”, “botir”, Qo’qon , “Sarbozxona”, "savdoyi mijoz", Shahrisabz . Amir Haydar oʻgʻli Nasrulloxon 1806-yilda Buxoroda tavallud topadi. Otasi uni 15 yoshligidan davlat boshqaruviga jalb etadi. Nasrullo otasi hamda inilari amir Husayn va amir Umar hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qiladi. Amir Xaydardan so‘ng Buxoro amirligi taxtini mang‘itlar sulolasining keyingi vakili amir Nasrullo (1826-1860) egallaydi. U amir Xaydarning uchinchi o‘g‘li edi. O‘n besh yoshdan otasi uni davlat boshqaruviga jalb qiladi. Otasining hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qildi. Amir Xaydar vafotidan so‘ng hokimiyat uchun kurashlarda akalari amir Husayn (1797-1826) va amir Umar (vafoti 1826 y) ni oradan ko‘tarib, Buxoro taxtiga o‘tiradi. Amir Nasrullo o‘z hukmronligi davrida islom shariati ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilgan. Jasur va dovyurak bo‘lganligi bois, uning ismiga «bahodir», «botir» unvonlari qo‘shib ishlatilgan. Nasrullo nihoyatda qatʼiyatli shaxs boʻlgani bois, otasi uni barcha yurishlarga oʻzi bilan birga olib borgan. Nasrullo yoshligidanoq otasidan harbiy va davlat boshqaruviga oid bilimlarni oʻrgangan. Manbalarga koʻra, amir Haydar boshqa oʻgʻillariga nisbatan hamisha uni oʻziga yaqin tutgan. Otasidan soʻng qisqa kurashlarda ishtirok etgan Nasrullo nihoyatda mohirlik bilan taxtni egallaydi. U Buxoro amiriga aylangan vaqtda davlat qoʻshinlari ahvoli ogʻir, hatto mahalliy beklarning qarshiligini sindirish armiya uchun qiyin ishga aylangandi. . Amir Nasrullo davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urug‘ va qavm boshliqlari bo‘lgan ko‘plab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va g‘ayratli kishilar bilan almashtirdi. Tarixchi va sayohatchilarning ma’lumotlariga qaraganda, amir Nasrullo hukmdor sifatida davlatning ichki va tashqi dushmanlariga zarba berdi. Uning tomonidan olib borilgan harbiy-siyosiy islohotlar natijasida davlatning harbiy qudrati mustahkamlana bordi. XIX asrning 30-yillarida Buxoro amirligida 20 ming atrofida askar boʻlib, harbiy zaruratga tugʻilganda Buxoro bekligidan 12 ming, Samarqanddan 2500, Qarshidan 2500, Maymanadan va Qorakoʻldan 1000 nafar askar yetkazib berilgan. Qoʻshinning asosiy qismi nayza va qilich bilan qurollangan, bir necha qismidagina pilta miltiq boʻlgan. Amir Nasrulloxon taxtga kelishi bilan mamlakatda iqtisodiy, siyosiy, harbiy va maʻmuriy islohotlar amalga oshirishga kirishadi. Zamonaviy qurol- yarogʻlar tayyorlash va foydalanishni oʻrgatish uchun xorijdan harbiy mutaxassislar jalb etiladi. 1834-yil Erondan kelgan Abdusamad Tabriziy amirlik askarlariga yevropacha uslubdagi harbiy 904 May, 2025-Yil tartibni oʻrgatadi va 1837-yili maxsus toʻpchilar qoʻshinini tuzadi. Keyinchalik Buxoroda toʻp va zambaraklar quyish uchun alohida toʻpxona ham quriladi. Ikki yuz kishidan iborat ingliz harbiy andozasidagi maxsus askariy guruh tashkil etiladi. Amir Nasrulloning oʻziga xos maxsus gvardiyasi vazifasini oʻtagan ushbu qismga eroniy qullar ham kiritiladi va unga Abdusamad Tabriziy boshchilik qiladi. Tabriziy, hattoki, Amir Nasrulloxonning harbiy maslahatchisi va noibi lavozimlarida ham faoliyat koʻrsatadi. 1837-yilda har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar buluklari va 250 kishilik toʻpchilar guruhi tashkil qilinadi. Muntazam piyoda qoʻshin soni 40 ming kishiga yetkaziladi. Ikki mingga yaqin askar nayzali miltiq, qilich va toʻpponcha bilan qurollantiriladi. Qoʻshin tarkibidagi sarbozlar asosan dehqonlar, hunarmandlar va asirlar orasidan tanlab olinadi. Amirlik harbiy qoʻshinida qizil kurtka, oq shalvar va qalpoqdan iborat maxsus harbiy kiyim joriy etiladi. Mazkur islohotlardan soʻng, Buxoro amirligi qoʻshinining jangovar holati, qoʻshin tarkibi va sifati yaxshilanadi. Rossiya imperiyasining amirlikka bosqini davrida ham qoʻshin Amir Nasrulloxon tomonidan olib kelingan oʻsha eski qurollar bilan janga kirganini koʻrishimiz mumkin. Amir yangi tuzilgan toʻpchilar qismi uchun Oʻgʻlon va Talipoch darvozalari oldida kazarmalar barpo etadi. Shu tariqa, Buxoro atrofida “Sarbozxona” nomi bilan mashhur boʻlgan, 800 uydan iborat harbiylarning muntazam yashash manzillari paydo boʻladi. Amir Nasrullo tashkil etgan toʻpchilar otryadi tarkibida 14 nogʻarachi, 14 naychidan iborat musiqachilar guruhi mavjud boʻlib, har bir yuzlikda ikkita turk naʻmunasidagi barabanchi, 4 ta surnaychi, 6 ta trubachi faoliyat koʻrsatgan. Bundan tashqari, rus harbiy asirlaridan tuzilgan bolobomchilar ham boʻlgan. Amir Nasrulloxon uchun eng qiyin kechgan Shahrisabz yurishi 20-yil da

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Nasrulloxon davrida Buxoro amirligi juda ham rivojlandi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Nasrulloxon davrida Buxoro amirligi juda ham rivojlandi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Qo’qon, “botir”, “bahodir”, “Sarbozxona”, Amir Nasrullo, harbiy islohot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники