К содержанию
РецензированоUZ2025

SHAYBONIYLAR DAVRIDA HARBIY ISH TASNIFI

Xayrullayev Umidjon · Qazoqova Sabina

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Shayboniylar davlati o’z davrining buyuk davlatlaridan biri bo’lib; juda katta sarhadlarga ega bo’lgan. Shayboniylar davlati harbiy sohaga katta e’tibor bergan. Ularning qudratli va tartibli qo’shni tufayli qisqa vaqt ichida Movarounnahr; Xorazm; va boshqa hududkar zabt etildi. Harbiy islohotlar qat’iy intizom; markazlashgan boshqaruv va harbiy strategiyaning samarali qo’llanilishi Shayboniylar davlatining kuchli harbiy salohiyatini shakllantirdi. Ayniqsa, Muhammad Shayboniyxon davrida yuritilgan yurishlar harbiy san’atning yuksak darajada bo’lganini ko’rsatadi. Biroq; keying hukmdorlar davrida bu qudrat susayib bordi va bu hol davlat zaiflashuviga olib keldi. Kalit so’zlar: Fathnoma; Mehmonnomayi Buxoro; Shayboiyxon; Muhammad Solih; Zahriddin Muhammad Bobur; Jonibek Sulton; SHoxruxiya; Amir ul umaro; Temuriylar. Fors-tilidagi ‘’Fathnoma’’ asari Mulla Shodiy tomonidan yozilgan va davr nuqtai nazaridan Shayboniylar tarixiga oid dastlabki manbalari jumlasiga kiradi. Asarda sulola asoschisining Turkiston; Andijon; Buxoro va Qrshi viloyatlardagi harbiy harakatlari hamda qo’shinlari hamda qo’shinlarni safga tortish borasidagi mahorati tasvirlangan. ‘’Mehmonnomayi Buxoro’’ asari XVI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonda kechgan harbiy-siyosiy jarayonlar tarixini o’rganishdamuhim o’rin tutadi va unda Muhammad shayboniyxonning 1508-1509-yollarda qozoq sultonlari Joniy va Ahnad sultonlar ulusiga qilgan harbiy yurishini bayon qiladi. Fayzulloh Ro’zbehxon Shayboniyxon hayotining oxirgi 5-6-yilida doimo u bilan birga bo’lib; unga hamrohlik qilgan. Mashvaratlar va harbiy yurishlarning deyarli barchasida ishtirok etgan hamda ko’rgan bilganlarini mazkur asariga kiritgan. Muallifi noma’lum ‘’Tavorixi guzidayi Nusratnoma’’ nomli tarixiy asar 1502-1505- yillarda yozilgan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda mazkur asarning muallifi Muhammad Solih bo’lib u yilnomani Muhammad Shayboniyxon topshirig’I bilan yozgan. Boshqa bir tahminga ko’ra; asar muallifi Muhammad SHayboniyxonning o’zi sanaladi. Asar xon tavalludidan to Movarounnahrni istilo qilishgacha bo’lgan davrdagi Dashti Qipchoq hamda Movarounnahrning ijtimoiy siyosiy ahvoli bayon qilingan. Uning qimmatli tomoni shundaki unda sodir bo’lgan voqealarning vaqti aniq ko’rsatilgan. Boburning Samarqandga kelishi Shayboniyxon lashkarining shaharni qamal qilishi va ishg’ol etilishi ; Jonibek Sulton va Muhammad Sultonning Shoxruxiyaga yurishi hamda Xo’jandgacha yetib borgani va ayniqsa Farg’ona viloyatining Shayboniyxon tomonidan bosib olinishi faqat shu asarda to’g’ri va to’liq yaratilgan. Shayboniyxon davri tarixini tadqiq qilish jarayonida olomlar tomonidan o’rganilishi bir necha bosqich va davrlarga bo’linadi 1-guruh- Rossiya imperiyasi va sho’ro davrida amalga oshirilgan tadqiq 2-guruh- Mustaqillik davrida yaratilgan asarlar 3-guruh- Xorijda yaratigan asarla 857 May, 2025-Yil B.Ahmedov Hofiz Tanish Buxoriyning ma’lumotlariga tayangan holda Shayboniylar davrida ‘’Tavochi’’ ‘’Jarchi’’ lavozimdagi mansabdorning bevosita XVI-XVIII asrdagi vakolatlari va vazifalari haqida maqola yozgan. Bartold nazdida Shayboniy qabilalarning asosini harbiylar tashkil etgan va ular kuchli jangovor madaniyatga ega bo’lgan. XVI asr tarixida harbiy siyosiy jarayonlarning eng yuqori pog’onasiga chiqishi 1510-yilgi Marv jangi va uning oqibatlari natijasida yuzaga keldi. CHunki shu voqea sabab Shayboniylar va Safaviylar o’rtasidagi bir asrlik qarama-qarshilik; Xuroson uchun ayovsiz kurash sunniy-shia nizolari bilan yanada kuchayib bordi. Eron davlati hukmdori Shoh Ismoil va o’zbek davlati hukmdori Muhammad Shayboniyxon o’rtasidagi boshlangan nizo butun asr davomida ikki davlatning o’zaro ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarni namoyon qildi. Otasini qatl etgan o’ziga nisbatan esa ishonchsizlik bilan qaragan temuriylardan uning butunlay ko’ngli qolgan edi. Shuning uchun ham Muhammad Solih taxminan 1499-yillar atrofida Shayboniyxon xizmatiga kiradi. Shayboniyxon uni qo’li ochiqlik bilan kutib oladi. Temuriylarga nisbatan Muhammad Solih paydo bo’lgan norozilik Shayboniyxonga ayniqsa qo’l keladi. Ayni shu paylardan boshlan u Shayboniylar qarorgohiga turib; Temuriylarga qarshi qilich bilan ham qalam bilan ham kurash olib boradi. SHayboniyxon unga ‘’Amir ul-umaro’’ va ‘’Malik ush-shuaro’’ unvonlarini beradi. U shayboniyxonning bir qator yurishlarida hamrohlik qildi. ‘’otashqada’’ asarida xabar berilishicha; Muhammad Solih 941 xijriyda Buxoroda vafot etgan. Shayboniyxonning bosqinchilik harakatlarida ishtirok etgan Muhammad Solih ushbu asarida uning daxshatli yurishlarni tasirlagan. XVI asr tarida harbiy siyosiy jrayonlarning eng yuqori pog’onasiga chiqishi 1510-yilgi Marv jangi va uning oqibatlari natijasida yuzaga keldi. Chinki shu voqea sabab SHayboniylar va Safaviylar o’rtasidagi asrlik qarama-qarshilik Xuroson uchun ayovsiz kurash sunniy-shia nizolari bilan yanada kuchayib bordi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. A.Zamonov ‘’Buxoro xonligi tarixi’’ 2. Muhammad Solih ‘’Shayboniynoma’’ 3. Hofiz tanish al-Buxoriy ‘’Abdullan

Доказательный фрагмент

«Shayboniylar davlati o’z davrining buyuk davlatlaridan biri bo’lib; juda katta sarhadlarga ega bo’lgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Shayboniylar davlati o’z davrining buyuk davlatlaridan biri bo’lib; juda katta sarhadlarga ega bo’lgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jonibek Sulton, Amir ul umaro, Mehmonnomayi Buxoro, Temuriylar., Muhammad Solih, Shayboiyxon, Fathnoma, Zahriddin Muhammad Bobur, SHoxruxiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники