К содержанию
РецензированоRU2025

Необходимость преподавания джадидизма в учебных заведениях

Begimqulov Zarif Axmadovich · Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi (qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti) · TA’LIM MUASSASALARIDA JADIDCHILIKNI O‘QITILISHINING ZARURATI (milliy instituti mustaqil tadqiqotchisi) · НЕОБХОДИМОСТЬ ПРЕПОДАВАНИЯ ДЖАДИДИЗМА В УЧЕБНЫХ (milliy instituti mustaqil tadqiqotchisi)

in Library · 2025

Аннотация

This article will consider the main ideas and goals of the Jadidist movement, the importance of the spiritual heritage of Turkestan Jadidist figures in the upbringing of a harmonious generation, the relevance and importance of teaching Jadidism in educational institutions for the upliftment of the spiritual world of youth. Keywords: Jadidism, heritage, renaissance, innovation, enlightenment, education, upbringing, school. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyev jadidlar merosini o‘rganishga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigida shunday ta’kidlagan edilar: O‘z zamonining ilg‘or namoyandalari bo‘lgan jadidlar g‘oyat murakkab va qiyin sharoitda bilim va ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya sohasini tubdan isloh etish orqali milliy taraqqiyotga erishish g‘oyasi bilan maydonga chiqdilar. Shu maqsadda o‘z mablag‘lari hisobidan maktab va teatrlar, nashriyot va kutubxonalar, gazeta va jurnallar tashkil qildilar, qobiliyatli yoshlarni chet ellarga o‘qishga yubordilar. Ularning bu olijanob tashabbus va harakatlari jamiyat hayotida kuchli aks sado berib, qudratli to‘lqinga aylandi. O‘ylaymanki, tarixda ikki buyuk Renessansga zamin bo‘lgan mintaqamizda uchinchi Renessansni aynan jadid ajdodlarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Afsuski, mustabid tuzum ularning ezgu g‘oya va amaliy harakatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga imkon bermadi. Biz bugun mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati, huquqiy demokratik davlat barpo etar ekanmiz, jadid bobolarimizning gumanistik qarashlariga tayanamiz, ularning merosidan ma’naviy kuch- quvvat olamiz [1]. Ma’lumki, “Jadid” so‘zi “yangi”, “yangilik” ma’nolarini anglatadi. Shuning o‘zidanoq XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida shakllangan yangi, ya’ni jadidchilik harakatining ilmiy- ma’rifiy asosli, kuchli ijtimoiy, siyosiy va amaliy mohiyatga ega boʻlgan harakat deyish mumkin. Turkiston jadidlari o‘z faoliyatlarida o‘lkada umuman yangi dunyoqarashni shakllantirish, xalqning ijtimoiy-siyosiy "Pedagogik akmeologiya" xalqaro ilmiy-metodik jurnali 4(21)2025 108 ongini yanada yuksaltirish, mahalliy xalqlarini ma’rifatli qilish, savodxonlik darajasini oshirish, maktablar ochib, boshqa usuldagi ta’limni joriy qilish, qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga yuborish, yosh avlodni оʻqimishli qilish orqali yurt mustaqilligiga erishish, taʼlim, ijtimoiy tuzilma va diniy urf-odatlarni modernizatsiya qilish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish hamda jamiyatni taraqqiy ettirishga qaratilgan g‘oyalarni ilgari surgan. Ular bu yo‘lda o‘zlaridan keyingi avlod taqdiri uchun jon-jahdlari bilan kurashdilar. Jadidlar XIX asr oxiri – XX asr boshida musulmon modernist islohotchilari bo‘lgan. Ular o‘zini “taraqqiyparvar”, “ziyoli” yoki faqat “Yoshlar” deb atagan kishilar edi. Jadidlar ta’lim sohasini isloh qilish hamda maktablarda “usul ul-jadid” yoki “yangi usul”ni tatbiq qilish va rivojlantirishga urinishgan. Bu yo‘lda ular imkoniyatida mavjud jamiki resurslar (iste’dodlari, shaxsiy mablag‘lari, uy-joylari, siyosiy va madaniy institutlar, matbuot hamda teatr, ma’rifat uylari va hokazo)dan to‘liq foydalandilar, hatto aziz umrlarini ham fido qilishdi. Avval chor hukumati, keyin sho‘rolar davlati, ichki qora kuchlar – qadimchi va johil ulamolar tomonidan ko‘rsatilgan zulm-zo‘ravonliklar, tazyiqlar, quvg‘inlar, suiqasdlarga qaramay, jadid bobolarimiz o‘zlari tanlagan yo‘ldan qaytmadilar [8]. Taraqqiyparvar bobolarimiz bizni demokratik mustaqil mamlakatda erkin va farovon yashashimiz uchun qo‘llaridan kelgancha, o‘zlaridan keyingi avlod taqdiri uchun jon-jahdlari bilan kurashdilar, bunday ma’rifatparvar, xalqparvarlarimizga qancha shukronalar aytsak kam, faqat bizning oldimizdagi birdan bir vazifa ulardan qolgan ma’naviy meroslarni o‘qib-o‘rganish, avaylab-asrash va kelgusi avlodga yetkazish va eng asosiysi, yoshlarga to‘g‘ri talim-tarbiya berish uchun jadidlarimizning meroslarini qay darajada kerakli ekanligini tushunishdir [7]. Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari quyidagilarda o‘z aksini topdi: Turkistonni o‘rta asrga xos qoloqlik, feodal tarqoqlik, diniy xurofotlardan ozod qilish, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy pul birligi va milliy qo‘shin tuzish. Bu g‘oya va maqsadlar 1917—1924-yillarda “Turkiston muxtoriyati” (1917-yil noyabr–1918-yil fevral), Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalari davrida (1920–1924-yillar), qisqa muddatda va qisman bo‘lsada amalga oshirigan edi [4]. Ma’rifatparvarlar yoshlar va Vatan taqdiri masalasiga alohida e’tibor qaratgan holda, o‘zlari tashkil etgan yangi usuldagi maktablardagi ta’lim va tarbiya orqali yosh avlodni milliy, ma’naviy hamda g‘oyaviy jipslashtirish, ularda o‘lka taqdiriga dahldorlik tuyg‘usi bilan yashashni singdirishga harakat qilganlar. O‘z zamonasining ilg‘or namoyondalari bo‘lgan Turkiston jadidchilik haraka

Доказательный фрагмент

«This article will consider the main ideas and goals of the Jadidist movement, the importance of the spiritual heritage of Turkestan Jadidist figures in the upbringing of a harmonious generation, the relevance and impo…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article will consider the main ideas and goals of the Jadidist movement, the importance of the spiritual heritage of Turkestan Jadidist figures in the upbringing of a harmonious generation, the relevance and impo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadidism, heritage, renaissance, innovation, enlightenment, education, upbringing, наследие, инновации, возрождение, school., ma’rifatparvarlik, воспитание, jadidchilik, джадидизм, образование, школа., maktab., просвещение, tarbiya, renessans, ta’lim, me’ros, yangilik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники