К содержанию
РецензированоUZ2025

Ijtimoiy tarmoqlarning kitob o’qish odatiga ta’siri

G’afforova Dilnavoz Almatovna

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинами · 2025

Аннотация

Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy jamiyat, xususan rivojlanib kelayotgan yosh avlod orasida kitob o‘qish odatlariga ko‘rsatayotgan ta’sirini yoritishga qaratilgan. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar keng ommalashgan dunyoda o‘smirlar va talabalar ko‘proq vaqtlarini ushbu platformalarda o‘tkazmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ularning tafakkur darajasi, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi va mustaqil fikrlash qobiliyatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada bu muammo chuqur tahlil qilinadi, sabab va oqibatlar o‘rganiladi. Shuningdek, kitob o‘qish odatini oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy imkoniyatlari – kitobxonlikni rag‘batlantiruvchi sahifalar, onlayn kutubxonalar, audio va elektron kitoblar haqida ham so‘z yuritiladi. Bundan tashqari, maqolada ijtimoiy tarmoqlardan foydali maqsadlarda foydalanish yo‘llari taklif etiladi. Kalit so’zlar : ijtimoiy tarmoqlar, yoshlar, zamonaviy texnologiyalar, foydali platformalar, ta’sir, jamiyat, kitob o’qish odati, internetga qaramlik. Hozirgi kunda jamiyatda ijtimoiy tarmoqlarning roli kun sayin ortmoqda bu esa o’z navbatida yoshlar o’rtasida keng tarzda ommalashmoqda. Ijtimoiy tarmoq bu- internet orqali insonlar o`zaro muloqot qiladigan ,axborot ,fikr va tajribalar almashadigan platformadir. Dunyoning istalgan chekkasida tursangiz ham internetdan va ijtimoiy tarmoqlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy tomomlari bilan bir qatorda ularning salbiy jihatlar ham bor. Masalan,agar siz kun davomida o`z vaqtingizni ijtimoiy tarmoqdagi turli xil video yoki kino ko`rish bilan o`tkazsangiz bu sizga odat bo`lib qoladi.Insonning odatlari shakllanishi qiyin lekin shakllanib bo`lgan odatlardan voz kechish undan ham qiyinroq.Kun davomida siz internetdagi turli xil ijtimoiy tarmoqlardan kelgan videolar va boshqa yangiliklarni ko`rishda davom etsangiz, siz bularni tark eta olmaysiz. Insonlar haqiqiy hayotdan ko`ra virtual olamda yashashni afzal ko`rishadi ,ular o`z olamida yangi do`stlar bilan muntazam ravishda aloqa qiladi lekin ularni haqiqiy hayotda qanday ekanligini ham kim ekanligini ham bilishmaydi .Ular haqiqiy dunyodan ko`ra o`zlari yaratgan olamda yashashni istashadi,asta-sekin oilasidan va yaqinlaridan uzoqlasha boshlaydi. Uzoq vaqt davomida ijtimoiy tarmoqlarda bo`lish inson xotirasini pasayishiga va diqqatning susayishiga olib keladi .Hozirgi kunda olimlarning tadqiqotlariga ko`ra, ijtimoiy tarmoqlar inson salomatligiga jiddiy ta’sir etishi va bu keyinchalik yosh avlod uchun ham salbiy ta’sirlari bor ekanligini aytishmoqda .Ular o`zlarini depressiya va yolg`izlik holatidan chiqara olmayapti. Ko`plab tadqiqotlar (masalan,Pew Research Center hisobotlari) ko`rsatadiki, kuniga 3soatdan ortiq ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o`tkazgan o`smirlar orasida ruhiy tushkunlik va bezovtalik xavfi 2 baravar ko`proq bo`ladi. Uyqu rejimining buzilishining ham asosiy sabablaridan biri bu ijtimoiy tarmoqdir.Kechasi bilan ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirish odati uyqu yetishmovchiligiga olib keladi. Bu esa ertalabki energiya, e’tibor va kayfiyatga salbiy ta’sir qiladi. TikTok yoki Instagram platformalarini kechasi tomosha qilgan o‘smirlar ertasi kuni maktab yoki universitetda hushyor bo‘lmaydi, bu esa ularning o‘rganish samaradorligini pasaytiradi.Odamlar ijtimoiy tarmoqlarda faqat eng yaxshi lahzalarni ko‘rsatadi. Bu esa boshqalarda o‘z hayotidan norozi bo‘lish, o‘zini boshqalar bilan solishtirish, ruhiy siqilish keltirib chiqaradi.Instagramda doim baxtli ko‘ringan odamlarga qarab, ba'zi foydalvchilar o‘z hayotini past baholay boshlaydi. Kiberbulling (onlayn tahqir) va salbiy kommentlarIjtimoiy tarmoqlarda odamlar bir-birini haqorat qilishlari, salbiy 54 STUDENTLERDI BIRLESTIRIW: XALÍQARALÍQ IZERTLEWLER HÁM PÁNLER BOYINSHA BIRGE ISLESIW 1-XALÍQARALÍQ STUDENTLER KONFERENCIYASÍ. NÓKIS, 2025-JÍL 20-21-MAY fikrlar yozishlari ko‘paygan. Bu esa o‘spirinlarning ruhiyatiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yosh bloggerlar yoki oddiy foydalanuvchilar salbiy fikrlar va haqoratli kommentlar natijasida o‘ziga ishonchini yo‘qotadi, ba'zilari depressiyaga tushadi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar faqat zarar yetkazmay, aksincha, ko‘plab foydali imkoniyatlarni ham taqdim etmoqda. Ulardan to‘g‘ri va ongli tarzda foydalanilsa, ijtimoiy tarmoqlar shaxsiy rivojlanish, bilim olish va jamiyat bilan aloqani mustahkamlash uchun kuchli vositaga aylanishi mumkin. 1. Bilim va ma’lumot olish imkoniyati: Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab ilmiy sahifalar, ta'lim platformalari va kutubxonalar mavjud. Odamlar kerakli ma’lumotlarga tez va oson yetadi, bilimlarini kengaytiradi. Misol: YouTube’da bepul kurslar, onlayn kutubxonalarda (masalan, Google Books, Z- Library) minglab kitoblar mavjud bo‘lib, o‘quvchilar o‘z bilimini oshira oladi. 2. Dunyoqarashni kengaytirish: Ijtimoiy tarmoqlar orqali dunyoning turli burchaklaridan yangiliklar, madaniyatlar va yangicha fikrlar bilan tanishish mumkin. Bu esa insonni zamonaviy va ochiq fikrli qilib tarbiyalaydi. Misol: Instagram’da yoki Faceboo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy jamiyat, xususan rivojlanib kelayotgan yosh avlod orasida kitob o‘qish odatlariga ko‘rsatayotgan ta’sirini yoritishga qaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy jamiyat, xususan rivojlanib kelayotgan yosh avlod orasida kitob o‘qish odatlariga ko‘rsatayotgan ta’sirini yoritishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kitob o’qish odati, internetga qaramlik, влияние, общество, jamiyat, modern technologies, internet addiction, ijtimoiy tarmoqlar, современные технологии, youth, useful platforms, полезные платформы, привычки чтения, ta’sir, интернет-зависимость, yoshlar, социальные сети, foydali platformalar, social networks, influence, молодежь, reading habits, zamonaviy texnologiyalar, society
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники