Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISM QO’YISH TARTIBI VA BEK, XON, JON, ODDIY QO’SHIMCHA EMASLIGI UNING AHAMIYATI VA TARIXI
Jo’rayev O’zbekxon Dilshodbek o’g’li
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
In this article, the author briefly discusses the Uzbek nation's choice of Uzbek names for its children, and the naming of its children while taking into account historical names. He discusses names that reflect the honor and prestige of the nation. Also, the suffixes "Khan", "Bek", "Jon" are added to the Uzbek name, but they are not simple suffixes. He discussed the suffixes that denote the original lineage of the Uzbek. Key concepts: The customs of choosing names among the Uzbek people are very relaxed, and after gaining independence, the traditions of giving Uzbek names were formed. Unfortunately, the biggest mistakes of the Russian people also affected the Uzbek people. Many mistakes were made in adding “yev”, “yeva” to the surnames of men and women, and adding “vich” and “rovna” to the patronymic. In fact, there are traditions of real Turkic peoples, where the ancestors of the Uzbeks had other names, surnames and patronymics. O‘zbek ismlarini lingvistik tadqiq etish bugungi kunda dolzab masalalardan biri bo‘lib qoldi. Aytish mumkinki, mazkur muammo jahon tilshunosligida ham keyingi paytlarda 1 43 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tadqiqot obyekti bo‘lib bu uning leksik, leksikografik, lingvokultorologik jihatdan o‘rganish, muayyan tizimga solish, mezonlarini belgilash muhim masala ekanligidan dalolat beradi. O‘zbek tilida ham turli shevalarda, muayyan hudud va jamiyatda turli niyatlar va maqsadlarda qo‘yilgan ismlar fonetik, leksik, leksikografik, lingvokulturologik muammolarni yuzaga keltiradi-ki, bu o‘zbek tilshunoslari uchun ham bir qator vazifalarni paydo qiladi. Zero, ismlar nafaqat millatning, madaniyatning, balki tilning mavqeini ko‘rsatuvchi belgidir. Risolada arab tilidan kirib kelgan o‘zbek ismlarining orfografik, orfoepik, leksik-semantik buzilishlari bilan bog‘liq muammolar ko‘rsatilgan, bu muammolarga sabab bo‘luvchi omillar sanab o‘tilgan. Muallif arab tilidan kirib kelgan ismlarni qo‘yishda o‘zbek va arab imlo qoidalariga rioya qilishni, arabo‘zbek izohli lug‘atlaridan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. Shuningdek, Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan ismlarning tariхi, ularning lugʻaviy ma’nosi hamda idrok etilish bilan bogʻliq nutqiy mezonlar tahlilga tortilgan. Хususan, evfemik tabiatli ismlarning disfemalashuviga misollar keltirilib, masalaga oydinlik kiritilgan. Muallif, bunday ismlarni Oʻzbek ismlari lugʻati tarkibidan olib tashlashni taklif etadi va tasnifiy metodda foydalangan holda ismlarni guruhlaydi. Mamalakatimiz hududidagi ismlar davrlarga bogʻliq holda yuzaga kelgan deb aytish mumkin. Islom madaniyatining kirib kelishi, ommaga tanilishi, oʻrganilishi yoki avj olishi bilan bogʻliq zamonlar turlicha kechib, shaхs nomlarida u oʻz aksini topgan. “Qutadgʻu bilig”da turkiy hoqonlar: turklar hoqoni, Turklar buyrugʻi, Oʻga buyrugʻi, Oʻtikon begi, Yagʻmo begi, Uch Oʻrdu хoni, Ili хoni, Boʻka yabgʻusi, Koʻk Ayuq, Alp Er toʻnga tilga olinadi. Ushbu nomlarning barchasi ham real hayotda boʻlgan, deb boʻlmaydi. Ammo badiiy adabiyotning obrazlilik tamoyiliga koʻra ularning koʻpchiligi ramziy qahramonlar boʻlib, asosan geografik nomlardan olingan. Masalan, Ili – vodiy daryosi, Oʻtikon – togʻ tizmasi, Chigil va Yagʻmo – urugʻlarning nomi... Amerikalik tarjimonning asliyatdagi Ila nomini The Chief of Ili Valley, ya’ni Ila vodiysining boshligʻi, deb berishi, uning tariхiy manbalardan ana shu nom bilan ataluvchi vodiy toʻgʻrisida maхsus ma’lumot olganligidan dalolat beradi va buni asarning inglizcha nashriga yozgan soʻzboshisida zikr etilganidek izohlaydi.Demak, ismlarning geografik nomlar, hayvon nomlari bilan bogʻliq boʻlgan davrini shunday aniqlashimiz va uni esa daslabki bosqich deb atash mumkin. “Chaqaloqqa qoʻyiladigan ism uning taqdiriga ta’sir qiladi, ismlar hosiyatli va hosiyatsiz boʻladi deyilgan tasavvurlar davrlar oʻtishi bilan ismlarni bolaning himoyachisiga, unga qandaydir bogʻlangan, unga doimo va bir umr esh, hamdam boʻlib yuradigan Shuningdek, qo‘sh ismlarning ham sonini ixchamlashtirish orqali kishilarning ijodkorlik va origillak qobiliyatini susaytirish emas, aksincha, tafakkur yo‘nalishini oshirish imkonini yaratish mumkin. Masalan, Muhammad ismi bilan bog‘liq qo‘sh ismlarning (mir, sho, xon, bek, zoda kabi) nasl va nasabga ishora qiluvchi morfologik ko‘rsatkichlar yoki -illo (- ullo) (aslida, Alloh) morfemalari bilan takror qo‘llanilish holati kuzatiladi. Jumladan, mirlar, xonlar, beklar nasliga mansub kishilar Rahmatxon, Rahimxon, Rajabbek, Rasulxon, Roziqjon kabi ismiga mir ko‘rsatkichini qo‘shish orqali Mirrahmatxon, Mirrahimxon, Mirrajabbek, Mirrasulxon, Mirroziq ismlari leksik jihatdan R harfi bo‘limida o‘z o‘rga ega bo‘lgani holda, M harfi bo‘limida ham o‘z aksini topadi. 1 43 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Xuddi shunday “Sho” ko‘rsatkichini olgan ismlar o‘zak qismda
Доказательный фрагмент
«In this article, the author briefly discusses the Uzbek nation's choice of Uzbek names for its children, and the naming of its children while taking into account historical names.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the author briefly discusses the Uzbek nation's choice of Uzbek names for its children, and the naming of its children while taking into account historical names. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Oʻzbek millati borki ism tanlash odatlari judda suslashgan davrdan, mustaqillikka chiqqandan keyin oʻzbekona ismlar qoʻyishi rivojlandi. Afsuski Rus xalqining eng katta xatolari judda ham oʻzbek xalqiga ogʻir keldi. Bunga familiyadagi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025