Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MOVOROUNNAHR MUSULMONLAR IDORASINING 1993-1996-YILLARDAGI FAOLIYATI: MUHIM VOQELIKLAR, OʻZGARISHLAR VA YANGI DAVR
Sotvoldiyev Farrux
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
In 1993, a significant change occurred within the Movarounnahr Muslim Board system with the resignation of the Mufti, Shaykh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, and the appointment of a new Mufti in his place. This event marked an important milestone in the history of the institution. The period until 1996 is considered the final phase in the formation of the current structure of the Muslim Board of Uzbekistan. This article discusses the key events, historical occurrences, and provides an analysis of the developments that took place during this era. Keywords: Perestroika, Mufti, Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, opposition, Rabita al-Alam al-Islami, Committee on Religious Affairs, Constitution, imam-khatib, specialized secondary educational institution 1989-1991-yillarda Sovet ittifoqida “Qayta qurish” siyosatining soʻngi davrlari, M.Garbachyov hukumatining qulashi, GKCHPning 3 kunlik hokimyati va Ittifoq parchalanishi kabi yirik voqealar boʻlib oʻtdi. Bu vaqtga kelib Sobiq Ittifoq hududida ancha ochiqlik, diniy erkinliklarga nisbatan avvalgidan ancha iliqroq munosabat koʻrsatilayotgan edi. Mamlakatda dini va mafkurasini eng koʻp tiklash harakatida boʻlganlar bu musulmonlar edi. Markaziy Osiyo respublikalarida ayniqsa Oʻzbekiston bu yaqqol koʻrindi. Yangi saylangan muftiy shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning faolligi ostida sovet musulmonlarining haj ziyoratiga borishiga yoʻl ochilishi, diniy boshqarmaning moddiy texnik bazasi ortishi, nashriyot- matbasining kuchayishi, xalqaro aloqalar kengayishi kabilar haqida avvalroq maʻlumotlar berib oʻtildi. Mustaqil Oʻzbekistonda Movarounnahr musulmonlari idorasi muftiysi sifatida umumiy 4 yildan buyon faoliyat olib borayotgan shayx 1993-yilga kelib isteʻfoga chiqdi. Bunga shaxsiy motivlar boʻlgan deyilsada, oʻsha davr taqozosi muftiyga nisbatan muxolifat kayfiyatidagilarning koʻpayganligi, uning diniy boshqarma va musulmon aholisi uchun qilgan ishlariga qarshi boʻlganlar borligi ham haqiqat edi. 1 41 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shayx Muhammad Sodiq muftiylikdan boʻshagach Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi. U yerda “Robitayi Olamil Islomiy” tashkilotida sobiq ittifoq davlatlarining vakili sifatida faoliyat yuritdi.1 1992-yilda respublikamizda diniy sohani tartibga solish ishlari davom etayotgan edi. Yuz bergan eng muhim voqealardan biri Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning tashkil etilishi boʻldi. Ushbu tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 7-mart kuni imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitani tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga2 muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan. Endilikda hukumat diniy tashkilotlar va davlat oʻrtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish tartibga solish masalalarini bir tashkilot vakolatiga bergan edi. Shuningdek ushbu qoʻmita oʻz faoliyatida Konstitustiya va qonunlar, yuqori tashkilotlar tashkilotlar farmoyishlari va oʻzi uchun ishlab chiqilgan Nizomiga amal qilishi belgilandi. Qoʻmita mahalliy hokimyat organlari va boshqa boshqaruv tashkilotlari, jamoat birlashmalariga oʻxshash boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda ishlashi zarurligi ham qonunda mustahkamlandi.3 1993-yilda boʻshab qolgan muftiylik oʻrniga Bahouddin Naqshband masjidi imom xatibi boʻlib ishlab kelayotgan Muxtorjon Abdullayev (1928-2002) tayinlandi. U kishi xalq orasida Muxtorjon Domlo nomi bilan tanilgan, ilmi juda kuchli inson hisoblangan. Chunonchi uning oʻzi taqvodor ilm peshvosi Turdiali qorining farzandi boʻlib, XX asr 50-yillarida Mir Arab va Baroqxon madrasalarini tugatgan. Muftiy Ziyovuddin Eshon Boboxonning tashabbusi talabalarning chet elga oʻqishga yuborish yoʻlga qoʻyilgan vaqtlarda, Suriyada Damashq universitetining shariat fakultetida tahsil olgan. Oʻqishni bitirgach vataniga qaytib 1991-yilgacha Mir Arab madrasasida mudarris va mudir boʻlib ishlaydi. U kishining arab, fors-tojik, rus tillarini bilishi chet eldan kelgan talabalar uchun qulaylik bergan.4 Shuningdek mashxur din va davlat arboblaridan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, marhum muftiy Usmonxon hoji Аlimov, shayx Аbdulaziz Mansur, rossiyalik muftiylar Talʼat Tojiddin, Ravil Gʼaynuddin, Ozarbayjon shayxul islomi Аllohshukur Poshshozoda, rossiyalik mashhur din va jamoat arbobi Umar Idrisov, marhum Checheniston muftiysi va birinchi prezidenti Аhmad Qodirov ham uning qoʻlida tahsil olishgan. 1992-yil 28-oktyabrda imzolangan Vazirlar Mahkamasining qarorida5: • Koʻplab ulamolarning iltimosiga koʻra tasavvuf ilmining buyuk vakili Bahouddin Naqshbandiy tavalluding 675 yilligini 1993-yilga kelib nishonlash; • Buxoro shahrida masʻul tashkilotlar bilan birga allomaning yubileyi uchun anjuman oʻtkazish; • Shu yilning sentabr oyida konferensiya tashkil etish; 1 Muhammad Amin Muhammad Yusuf. “Islomga bagʻishlangan umr”, “Hilol” nashriyoti. 2022. 74-B 2 Oʻzbekiston respublikasi prezidentining PF-354-son qarori / Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashini
Доказательный фрагмент
«In 1993, a significant change occurred within the Movarounnahr Muslim Board system with the resignation of the Mufti, Shaykh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, and the appointment of a new Mufti in his place.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn 1993, a significant change occurred within the Movarounnahr Muslim Board system with the resignation of the Mufti, Shaykh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, and the appointment of a new Mufti in his place. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Perestroika, Mufti, Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, opposition, Rabita, Qayta qurish, muftiy, muxolifat, Konstitutsiya, oʻrta maxsus bilim yurti, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, imom-xatib, Robitayi olamil islomiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026