Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KEYINGI YILLARDA OʻZLASHGAN SOʻZLARNING MA'NOSI, IMLOSI VA LUGʻATLARDAGI IFODASI
LUGʻATLARDAGI IFODASI · Choriyeva Nafisa Sadriddin qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada oʻzbek tiliga soʻnggi yillarda kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarning ma'nosi, ularning oʻzbek tilida qay tarzda ishlatilishi hamda milliy imlo qoidalariga moslashtirish jarayoni tahlil qilinadi. Shuningdek, oʻzlashma soʻzlarning lugʻatlarga kiritilishi uchun zarur boʻlgan mezonlar va ular bilan bogʻliq muammolar yoritiladi, yangi oʻzlashmalarni tilimizga moslashtirishda taklif va tavsiyalar ham beriladi. Kalit soʻzlar: globalizatsiya, selfi, streaming, blog, bloger, gadget, blokcheyn, popkorn, you tube, internet, fliranser, online, follower, scanner, post, like, stapter, facebook, fast food. Til doimiy ravishda oʻzgaruvchan va rivojlanayotgan hodisadir. Har bir davr oʻziga xos leksik oʻzgarishlarni olib keladi, bu esa tilni zamonaviy jarayonlarga moslashtirishga yordam beradi. Jumladan, oʻzbek tili ham tarixan, boshqa tillardan koʻplab soʻzlarni oʻzlashtirgan til hisoblanadi. Oʻzlashgan soʻzlar xalqimizning madaniyatida, turmush tarzida muhim rol oʻynaydi. Keyingi yillarda esa globalizatsiya jarayoni, texnologik taraqqiyot, axborot almashinuvi, jamiyatdagi oʻzgarishlar, madaniy ta’sirlar va pop madaniyat tufayli ingliz, rus, arab va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar soni kundan kunga keskin oshib bormoqda. Globalizatsiya - dunyo boʻylab insonlar oʻrtasidagi aloqalar kuchaygani sari tilimizga xorijiy soʻzlar kirib kelmoqda. Savdo, sayohat, internet, ijtimoiy tarmoqlar, ilmiy va texnologik yangiliklar orqali boshqa tillardagi atamalar tilimizga kirib kelmoqda. Bu jarayon global madaniyatga va yangi tushunchalarga moslashishga yordam beradi. Texnologiya va fan taraqqiyoti - texnologik va ilmiy yutuqlar natijasida paydo boʻlgan yangi tushunchalarni ifodalash uchun koʻpincha yangi atamalar qoʻllaniladi. Masalan, kompyuter texnologiyalari, internet, va zamonaviy gadjetlar bilan bogʻliq soʻzlar tilimizda paydo boʻlmoqda Madaniy ta’sirlar va pop madaniyat - filmlar, musiqa, moda va sport kabi sohalar orqali boshqa tillardan olingan soʻzlar tezda madaniyatimizga kirib kelmoqda. Pop madaniyatning tarqalishi va global ommaviy axborot vositalari orqali xorijiy soʻzlar tez tanilishiga sabab boʻlmoqda. Jamiyatdagi oʻzgarishlar - jamiyatning oʻzgarishi, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar ham tilga ta’sir qiladi. Masalan, yangi ijtimoiy hodisalar, biznes va ish bilan bogʻliq tushunchalar tezda yangi soʻzlarni olib kiradi. Bundan tashqari yangi oʻzlashgan soʻzlar tilimizdagi leksik boylikning oshishi, qoidalardagi oʻzgarishlar, tilni standartlashtirish, me'yorlashtirish masalalari va mahalliylikni saqlashga ta'sir etadi. Ya'ni yangi soʻzlar tilimiz leksikasini boyitadi. Ular orqali yangi tushunchalar, texnologiyalar va madaniy fenomenlar ifodalanishi osonlashadi. Yangi soʻzlarning tilga kirishi bilan ularning talaffuzi va yozilishida ham oʻzgarishlar talab etiladi. Bu yangi qoidalarni qabul qilish yoki mavjud qoidalarni moslashtirish zaruratini tugʻdiradi. 1 37 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Koʻplab yangi soʻzlar tilga kirgan sari ularni standartlashtirish va lugʻatlarga kiritish masalalari dolzarblashadi. Bu tilshunoslarga yangi soʻzlarni tahlil qilish, ularning qabul qilinishi va rasmiylashish jarayonini boshqarish vazifasini yuklaydi. Yangi soʻzlarning kirib kelishi ba’zan milliy tilning oʻziga xosligini saqlash masalalarini ham keltirib chiqaradi. Bu mahalliy soʻzlarning ahamiyatini saqlash va milliylikni oʻylab ish tutishga chorlaydi. Bu jarayonlar orqali tilimiz boyib, rivojlanib bormoqda, lekin tilning birligiga e’tibor qaratish va uning milliy xususiyatlarini saqlash ham muhim sanaladi. Oʻzbek tilida oʻzlashgan soʻzlarning ma'nosi, imlosi va lugʻatlarga kiritilishi masalasi bugungi kunda juda muhimdir. Oʻzbek tilining boyligi va rang-barangligini ta'minlash uchun ushbu soʻzlarni toʻgʻri ifodalash va taleffuz qilish, shuningdek, ularni lugʻatlarga ehtiyotkorlik bilan kiritish zarur. Oʻzlashgan soʻzlar tilimizga yangilik va rivojlanish olib kelmoqda, shuning uchun ularga alohida e'tibor qaratishga toʻgʻri keladi. Oʻzlashgan soʻzlar, aslida boshqa bir tilning soʻzidan kelib chiqib, yangi ma'no kasb etgan yoki mavjud ma'noni yangilagan soʻzlardir. Masalan: "internet", "smartfon", "troll" kabi soʻzlar oʻzbek tilida keng tarqalgan va ular zamonaviy hayotda muhim ahamiyatga ega. Bu soʻzlar faqatgina leksik boylikni oshiribgina qolmay, balki davr talabi boʻyicha yangi tushunchalar va fenomenga ham yoʻl ochadi. Oʻz navbatida bu soʻzlarning imlosiga ham e'tibor qaratmoq joizdir. Oʻzlashtirilgan soʻzlarning imlosi koʻpincha bahsli mavzu hisoblanadi. Ularning koʻpchiligi dastlabgi tilning imlo qoidalariga koʻra yoziladi. Biroq, oʻzbek tilining imlo qoidalariga mos keladigan usullarni qoʻllash zarur. Masalan, "kompyuter" soʻzi, inglizcha "computer" soʻzidan olingan boʻlib, oʻzbek tilida yozilishi va talaffuz qilinishi muhimdir. Yoki boshqa shu kabi yangi leksemalar misolida ham koʻrishimiz mumkin: gadget – bu soʻz
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada oʻzbek tiliga soʻnggi yillarda kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarning ma'nosi, ularning oʻzbek tilida qay tarzda ishlatilishi hamda milliy imlo qoidalariga moslashtirish jarayoni tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada oʻzbek tiliga soʻnggi yillarda kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarning ma'nosi, ularning oʻzbek tilida qay tarzda ishlatilishi hamda milliy imlo qoidalariga moslashtirish jarayoni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- selfi, bloger, blokcheyn, globalizatsiya, stapter, follower, popkorn, internet, online, facebook, fast food., post, you tube, blog, fliranser, like, gadget, streaming, scanner
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026