К содержанию
РецензированоUZ2025

TO‘RTINCHI SANOAT INQILOBI SHAROITIDA RAQAMLI SUVERENITET VA KIBERHAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MASALASI

KIBERHAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MASALASI · Sheraliyev M.Z

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

To‘rtinchi sanoat inqilobi (4IR) ning 5G dan sun’iy intellektgacha (AI) bo‘lgan jadal texnologik taraqqiyoti ma’lumotlar oqimi va aloqa imkoniyatlarini misli ko‘rilmagan darajada kengaytirib, kiberxavflarni kuchaytirdi. Shu bois raqamli suverenitet — davlat yoki mintaqaning o‘z infratuzilmasi, ma’lumotlari va texnologiyalarini nazorat etish qobiliyati — siyosiy ustuvorlikka aylangan, ammo bu milliy nazorat bilan kibermakonning transmilliy tabiati o‘rtasida ziddiyat tug‘diradi. Ushbu tezis esa ana shunday kontekstda qabul qilingan xalqaro huquqiy hujjatlarni kiberxavfsizlik, ma’lumotlarni boshqarish va sun’iy intellektni (AI) tartibga solish nuqtai nazaridan tahlil qiladi. Shu bilan birga Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESD1), YUNESKO, WEF2, Yevropa Ittifoqi va boshqa tashkilotlarning so‘nggi ma’lumotlari va siyosat hisobotlariga asoslanib, To‘rtinchi sanoat inqilobi davridagi xavfsizlik masalalari qonun va siyosatda qanday hal qilinayotganini tahlil qiladi. Kalit so‘zlar: Raqamli suverenitet, sun’iy intellektni (AI), BMT, NIS2, Yevropa Ittifoqi, G7/G20 davlatlari va direktiva. Ushbu tadqiqotda 2020/2025-yillarda raqamli suverenitet, kiberxavfsizlik, ma’lumotlarni boshqarish hamda sun’iy intellektga (AI) doir asosiy xalqaro huquqiy va siyosiy vositalar (NIS2, Ma’lumotlarni boshqarish to‘g‘risidagi qonun, AI Act va boshqalar) dokumentlar va adabiyotlarni tahlil qilish orqali o‘rganildi. Manba sifatida YI direktivalari, BMT va YUNESKO hujjatlari, G7/G20 hamda IQHT hisobotlari, Atlantika Kengashi va Jahon iqtisodiy forumi tahlillari, shuningdek hukumatlararo nashrlar va press-relizlar ishlatildi. Sharhida har bir vositaning suverenitet yoki raqamli xavfsizlikka taalluqli asosiy qoidalari ixcham tarzda umumlashtirildi. Tadqiqot davomida raqamli suverenitet doirasida xavfsizlikka alohida e’tibor qaratuvchi bir nechta muhim konsepsiya va vositalar aniqlandi. Asosiy xulosalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - YUNESKOning sun’iy intellekt (AI) etikasi bo‘yicha tavsiyasi (2021) - 2021-yil noyabrda YUNESKO sun’iy intellekt (AI) etikasi bo‘yicha birinchi global standart hisoblangan tavsiyasini qabul qildi. Ushbu tavsiya majburiy kuchga ega bo‘lmasa-da, YUNESKOga a’zo bo‘lgan barcha 194 ta davlat uchun qo‘llaniladi3. Unda sun’iy intellektni (AI) boshqarishning poydevori sifatida asosiy tamoyillarni (inson huquqlari, kamsitmaslik, shaxsiy 1 OECD - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) demokratiya va bozor iqtisodiyotiga sodiq 38 mamlakatni birlashtirgan xalqaro tashkilotdir. 2 WEF - Jahon iqtisodiy forumi Shveytsariyaning Jeneva kantoni Kolonyi shahrida joylashgan xalqaro nodavlat tashkiloti va fikr markazi bo‘lib, u dunyo miqyosida manfaatlarni himoya qilish bilan shug‘ullanadi. 3 UNESCO. (2023, May 16). Recommendation on the Ethics of Artificial Intelligence | UNESCO. Www.unesco.org. https://www.unesco.org/en/articles/recommendation-ethics-artificial-intelligence 836 May, 2025-Yil ma’lumotlarni himoya qilish) o‘z ichiga oladi va sun’iy intellektning (AI) axloqiy chegaralari bo‘yicha umumjahon kelishuvini aks ettiradi. - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti “sun’iy intellekt (AI) tamoyillari” (2019-yilda qabul qilingan hamda 2024-yilda tahrirlangan) - IHTTning Sun’iy Intellekt Tamoyillari hukumatlararo birinchi sun’iy intellekt (AI) standartlaridan biri bo‘lib, “inson huquqlari va demokratik qadriyatlarni hurmat qiladigan innovatsion, ishonchli sun’iy intellekt (AI)” texnologiyalari rivojlantirishini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan4. Bu ko‘rinishdagi tamoyillar qadriyatlarga asoslangan prinsiplar ko‘rinishidagi tavsiyalardan iborat. IHTT ushbu tamoyillar orqali raqamli suverenitet masalalari bilan bevosita bog‘lashga va chegaralararo sun’iy intellektni (AI) rivojlantirish uchun hamfikr davlatlar o‘rtasida ishonch va muvofiqlashtirilgan boshqaruv tartibi uchun zarur tizimlardan biri hisoblanadi. - Yevropa Ittifoqining Ma’lumotlarni Boshqarish to‘g‘risidagi Qonuni (2022) - 2022-yil iyun oyida Yevropa Ittifoqi davlat va xususiy sektorlar o‘rtasidagi ma’lumot almashuvini yengillashtirish maqsadida 2022/868-sonli (Ma’lumotlarni Boshqarish to‘g‘risidagi Qonun) nizomni qabul qildi. Ushbu qonun ma’lumotlar vositachilarini va umumyevropa ma’lumotlar maydonlarini joriy etadi. Bunda Yevropa Ittifoqining raqobatbardoshligini oshirish va shu bilan birga ma’lumotlar oqimi ustidan Yevropa Ittifoqi darajasidagi nazoratni ta’minlash ko‘zda tutilgan. Qonun o‘z fuqarolariga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarga nisbatan Yevropa Ittifoqi yurisdiksiyasi va standartlarini belgilash orqali “Yevropa Ittifoqining ma’lumotlar suverenitetini” mustahkamlashga qaratilgan5. - Yevropa Ittifoqining NIS2 direktivi (2022-yil) - Tarmoq va axborot xavfsizligi bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan NIS2 direktivasi6 (Direktiva (EU) 2022/2555) 2023-yil 16- yanvardan kuchga kirgan. NIS2 muhim sohalar (energetika, transport, sog‘liqni saqlash, raqamli xizmatlar va boshqalar) uchun majburiy kiberxavfsizlik talablarini sezilarli darajada

Доказательный фрагмент

«To‘rtinchi sanoat inqilobi (4IR) ning 5G dan sun’iy intellektgacha (AI) bo‘lgan jadal texnologik taraqqiyoti ma’lumotlar oqimi va aloqa imkoniyatlarini misli ko‘rilmagan darajada kengaytirib, kiberxavflarni kuchaytirdi.»

Образец извлечения

Демо-превью

To‘rtinchi sanoat inqilobi (4IR) ning 5G dan sun’iy intellektgacha (AI) bo‘lgan jadal texnologik taraqqiyoti ma’lumotlar oqimi va aloqa imkoniyatlarini misli ko‘rilmagan darajada kengaytirib, kiberxavflarni kuchaytirdi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Yevropa Ittifoqi, Raqamli suverenitet, G7, BMT, NIS2, G20 davlatlari va direktiva., sun’iy intellektni (AI)
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники