Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KOMPYUTER VIRUSLARI. ANTIVIRUSLAR TURLARI VA ANTIVIRUSLARNI TO‘G‘RI TANLASH
ANTIVIRUSLARNI TO‘G‘RI TANLASH · Andijon viloyati Izboskan tumani Izboskan · Mirzayulbarsov Muhammadjon Ilhomiddin o‘g‘li
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy axborot tizimlariga tahdid solayotgan kompyuter viruslari haqida umumiy tushuncha, ularning tasnifi va asosiy xususiyatlari tahlil etilgan. Viruslarning foydalanuvchi ma’lumotlariga va kompyuter tizimlariga yetkazadigan xavfi, tarqalish usullari hamda ularga qarshi samarali kurashish vositalari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, antivirus dasturlarining turlari, ularning ishlash prinsipi va foydalanuvchi ehtiyojlariga qarab to‘g‘ri tanlash mezonlari yoritilgan. Maqola so‘ngida axborot xavfsizligini ta’minlashda antivirus vositalarining roli va foydalanuvchining ongli harakatlari muhim omil sifatida ta’kidlangan. Ushbu material informatika fani o‘qituvchilari, o‘quvchilar hamda axborot xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar Kompyuter, zamonaviy, dastur, taklif, axborot, texnalogiya, xavfsizligi; ANNOTATION This article analyzes the general understanding of computer viruses that threaten modern Information Systems, their classification and main characteristics. The risks that viruses bring to user data and computer systems are reflected on the methods of spread and the means to effectively combat them. Also covered are the types of antivirus programs, the principle of their operation and the criteria for choosing the right one depending on the user's needs. At the end of the article, the role of antivirus tools and conscious actions of the user in ensuring information security are highlighted as an important factor. This material can be useful for teachers of Informatics, students and professionals involved in information security. Key words Computer, modern, software, offer, information, technology, security; KIRISH Bugungi raqamli texnologiyalar asrida kompyuterlar va mobil qurilmalar inson faoliyatining deyarli barcha jabhalariga chuqur kirib borgan. Ta’lim, tibbiyot, bank ishi, sanoat, davlat boshqaruvi kabi sohalarda axborot texnologiyalari asosiy vosita sifatida foydalaniladi. Shu bilan birga, raqamli infratuzilmalar kengaygan sari, ularning xavfsizligi ham dolzarb masalaga aylanmoqda. Ayniqsa, kompyuter https://scientific-jl.com 3 6 3 63-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali viruslari va zararli dasturlar (malware) soni yil sayin oshib borayotgani axborot xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Kompyuter virusi — bu o‘zini boshqa dasturlarga yoki fayllarga "yopishtirib", foydalanuvchi ruxsatisiz ishlovchi, zarar yetkazishga qaratilgan dasturiy koddir. Dastlabki viruslar faqatgina foydalanuvchi fayllarini buzish yoki o‘chirish kabi sodda funksiyalarni bajaruvchi bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi zamonaviy viruslar ko‘pincha maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, tarmoqlar orqali o‘zini tarqatish, hatto kompyuter tizimlarini masofadan boshqarishga xizmat qiluvchi murakkab modullarga ega. Bu esa nafaqat alohida foydalanuvchilar, balki korxona va tashkilotlar, hattoki davlat darajasidagi infratuzilmalarga ham tahdid tug‘diradi. Shunday sharoitda antivirus dasturlarining roli beqiyosdir. Ular foydalanuvchi qurilmalarini zararli dasturlardan himoya qilish, ularni aniqlash, bloklash va zararsizlantirishda asosiy himoya vositasi sifatida xizmat qiladi. Turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etilayotgan antiviruslar soni ko‘p bo‘lib, ularni to‘g‘ri tanlash foydalanuvchining texnik ehtiyojlari va xavfsizlik darajasiga bog‘liq. Mazkur maqolada kompyuter viruslarining asosiy turlari, ularning tarqalish usullari, foydalanuvchi qurilmalariga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararlar va shu viruslarga https://scientific-jl.com 3 6 4 63-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali qarshi samarali kurash vositalari — antivirus dasturlarining turlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, zamonaviy sharoitda antivirusni tanlashda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar ham tahlil qilinadi. TADQIQOT METODOLOGIYASI. Kompyuter viruslari haqida batafsil tushuncha. Kompyuter virusi — bu dastlab foydalanuvchi bilmagan holda tizimga kirib, o‘zining nusxalarini yaratish orqali boshqa fayllarga, tizim bo‘limlariga yoki dasturlarga zarar yetkazadigan dasturiy koddir. Viruslar odatda zararli niyat bilan yaratiladi: ma’lumotlarni o‘chirish, o‘zgartirish, kompyuter tizimini ishdan chiqarish yoki foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash kabi faoliyatlarni bajaradi. Viruslar odatda quyidagi usullar orqali kompyuterga kiradi: - Elektron pochta orqali yuborilgan ilovalar yoki havolalar; - Internetdan yuklab olingan noma’lum dasturlar yoki fayllar; - Infeksiyalangan USB fleshkalar yoki tashqi disklardan; - Tarmoqqa ulanish orqali (xususan lokal va Wi-Fi tarmoqlari orqali). Makroviruslar: Word, Excel kabi ofis dasturlaridagi makro tillar orqali yoziladi. Ular hujjat ochilganida faollashadi va boshqa fayllarga o‘zini nusxalaydi. https://scientific-jl.com 3 6 5 63-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnal
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada zamonaviy axborot tizimlariga tahdid solayotgan kompyuter viruslari haqida umumiy tushuncha, ularning tasnifi va asosiy xususiyatlari tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada zamonaviy axborot tizimlariga tahdid solayotgan kompyuter viruslari haqida umumiy tushuncha, ularning tasnifi va asosiy xususiyatlari tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Computer, modern, software, offer, information, technology, i, xavfsizligKalit so‘zlar Kompyuter, xavfsizligi, axborot, taklif, dastur, Kalit so‘zlar Kompyuter, texnalogiya, zamonaviy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025