К содержанию
РецензированоUZ2026

ALISHER NAVOIY LIRIKASI

ALISHER NAVOIY LIRIKASI · Xudayarova Lazzat Xutlimurat qizi · Orazboyeva Hulkar Otabek qizi · Ilmiy rahbar: Sobitova Tojixon

Исследователь · 2026

Аннотация

Three articles reflect on the lyrics of Alisher Navoi, a public and public figure, thinker. The term lyric is defined, Alisher Navoi's ghazals are cited and explained. Key words: lyric, ghazal, scientific heritage, divans, rhyme, rhyme, radif, praise. Buyuk mutafakkir, sheʼriyat mulkining sultoni Navoiy ijodi bamisoli cheksiz bir ummon, ushbu ummonga qancha chuqurroq shoʻngʻisangiz shuncha koʻp inju terasiz. Shu sababdan ham Navoiy asarlari mana 6 asrdan buyon oʻz qiymatini, betakrorligini yoʻqotmagan. Navoiy asarlarini qanchalik koʻp oʻqigan sari, oʻrgangan sari, shuncha koʻp hayratga tushadi kishi.Alisher Navoiy o‘zbek badiiy tafakkurini jahon badiiy tafakkuri darajasiga olib chiqish bilan o‘zining beqiyos, favqulodda ijodiy salohiyat sohibi, ulug‘ mutafakkir, benazir shoir sifatida mashhurdir. Bu bilan u jahon adabiyotining yirik namoyandalari qatoridan o‘ziga munosib joy egalladi. Alisher Navoiy ikki tilda mukammal ijod qilgan. Turkiy tilda “Navoiy”, forsiy tilda esa “Foniy” taxalluslarini qo‘llagan. Lirika — (yunoncha „Cholgʻu asbobi“ degan maʼnoni anglatadi) adabiy tur sifatida qadimdan rivojlanib, oʻzining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning bosh obrazi lirik qahramon hisoblanadi. Liikada lirik qahramonning ichki dunyosi birinchi oʻrinda turadi. Barcha ifoda shoirning „men“i orqali oʻtadi. Lirikada, eposdan farqli oʻlaroq, muayyan epik syujet boʻlmaydi. Dramatik turdan ajralib turadigan jihati esa, Lirikada subʼyektivlik kuchli. Ayni paytda lirika emotsionalligi, oʻquvchi qalbini hayajonga solishi bilan farqlanadi. Lirik asarda subʼyekt va obyekt bir shaxsda mujassam topadi, undagi markaziy „personaj“ ijodkorning oʻzi, yanada aniqrogʻi, uning ichki maʼnaviy-ruhiy olami sanaladi. Lirika ijtimoiy, madaniy, maishiy, ishqiy https://scientific-jl.com 3 7 0 63-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali mavzularni qamrab olishi va juda katta ijtimoiy, estetik mohiyat kasb etishi ham mumkin. Biroq bunda ham, baribir, lirik asar oʻzagida individual shaxs kechinmalari, his-tuygʻulari yetakchilik qiladi. Oʻquvchini oʻzligiga, oʻz maʼnaviy-ruhiy dunyosiga nazar solishga undaydi. Lirika qadimda xalq ogʻzaki ijodi tarkibida mavjud boʻlib, maʼlum bir mavsum, fasl yoki urf-odatlarga bagʻishlab aytilgan. LirikaGʻarbda Qadimgi Yunoniston va Rim shoirlari ijodida, Sharqda xitoy, fors va oʻzbek shoirlari ijodida asosiy oʻrinni egalladi. Umar Xayyom, Saʼdiy Sheroziy, Atoiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar lirik shoir sifatida shuhrat topdilar. Alisher Navoiydan soʻng Bobur, Ogahiy, Furqatdek shoirlar oʻzbek mumtoz lirikasi xazinasiga munosib hissa qoʻshdilar. Alisher Navoiyning o‘zbek tilida yaratgan she’riy merosi asosan "Xazoyin ul- maoniy" devoniga jamlangan. Asar 4 qismdan iborat. Devonning birinchi qismiga "G‘aroyib us-sig‘ar" ("Bolalik g‘aroyibotlari"), ikkinchi qismiga "Navodir ush- shabob" ("Yigitlik nodirotlari"), uchinchi qismiga "Badoye’ ul-vasat" ("O‘rta yosh badialari") va nihoyat, to‘rtinchi qismiga "Favoyid ul-kibar" ("Keksalik foydalari") degan nomlar berildi. "Xazoyin ul-maoniy" inson bolasining murakkab va yuksak tafakkuri hamda behisob his-tuyg‘ulari bilan bog‘liq minglarcha she’r va o‘nlarcha she’r turlarini o‘z ichiga olgan majmua bo‘lib, Sharq adabiyoti tarixida noyob hodisadir. Bu xil majmua Alisher Navoiyga qadar Amir Xisrav Dehlaviy tomonidangina tuzilgan. Ushbu devonga kirgan minglarcha she’rlarni Alisher Navoiy butun umri davomida turli sharoitlarda, har xil sabablar bilan yozgan bo‘lib, ular shoir hayoti va u yashagan davr bilan sonsiz-sanoqsiz iplar orqali bog‘langan. Alisher Navoiy "Xazoyin ul-maoniy" ga qadar "Ilk devon", "Badoye’ ul-bidoya", "Navodir un- nihoya" devonlarini tuzgan. "Xazoyin ul-maoniy" ana shu 3 devonga kirgan hamda "Navodir ul-nihoya" tuzilgandan keyin yozilgan she’rlar asosida yuzaga kelgan. “Navodir un-nihoya” “Xazoyin ul-maoniy”da shunday deydi: “... ikkinchi devonimdakim, “Navodir un-nihoya”g‘a mashhurdur, rabt-u tartib berib, debochasinda sharh bila aizzayi as’hobuajillayi ahbob xidmatlarida arz qilib erdim”. “Navodir un-nihoya”dagi g‘azallarkeyinchalik “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga quyidagi miqdorda joylashtirilgan: 64g‘azal “G‘aroyib us-sig‘ar”ga, 331 g‘azal “Navodir ush-shabob”ga, 213 g‘azal“Badoye’ ul-vasat”ga va 196 g‘azal “Favoyid ul-kibar”ga kiritilgan. Hazrat Navoiy“Navodir un-nihoya”dagi g‘azallarni “Xazoyin ul-maoniy”ga kiritganda ko‘pinchaularni tahrir qilgan, ba'zi g‘azallarning faqat matla'sini saqlab qolib, qolgan baytlarinibutunlay o‘zgartirgan.Devon Navoiyning hamd mazmunidagi mashhur g‘azali bilan boshlanadi: Zihi zuhuri jamoling quyosh kibi paydo Yuzung quyoshig‘a zarroti kavn o‘lub shaydo. Alisher Navoiy devonlari https://scientific-jl.com 3 7 1 63-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali 1)“Ilk devon” – 1465-1466-yil (mashhur xattot Sulton Ali Mashhaddiytomonidan ko’chirilgan.Devonda 391 g’azal,41 ruboiy va bir mustazod b

Доказательный фрагмент

«Three articles reflect on the lyrics of Alisher Navoi, a public and public figure, thinker.»

Образец извлечения

Демо-превью

Three articles reflect on the lyrics of Alisher Navoi, a public and public figure, thinker. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lyric, ghazal, scientific heritage, divans, rhyme, rhyme, radif, qofia, g‘azal, ilmiy merosi, tuyuq, Kalit so’zlar:Lirika, devonlari, maqta.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники