Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QORAXONIYLAR DAVLATIDA SUD-HUQUQ TIZIMI
Inoyatova Gavhar (Shahrisabz davlat pedagogika instituti) · Ilmiy raxbar S.Shukurov (Shahrisabz davlat pedagogika instituti) · Hasan Bug’raxon (Shahrisabz davlat pedagogika instituti) · Nasr Eloqxon. (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)
Исследователь · 2026
Аннотация
This article provides information about the history of the formation of the Karakhanids, their management process, and the rulers who ruled the country. Key words: Karakhanis, Qarluqs, Chigils, Yettisuv, Sayram, Samonis, Hasan Bugrakhan, Nasr Elaqkhan. Абстрактный. В данной статье представлена информация об истории формирования Караханидов, процессе их управления и правителях, управлявших страной. Ключевые слова: Караханис, Карлуки, Чигилс, Йеттисув, Сайрам, Самонис, Хасан Буграхан, Наср Элакхан. Kirish. Mamlakatimiz davlatchiligi tarixida o‘ziga xos o’ringa ega Qoraxoniylar davlati tarixshunosligi u qadar boy emas. Tarixchi olimlar qoraxoniylar davlati tarixi hali to’liq o’rganilmaganligini ta'kidlashgan. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘atit turk», Mahmud O'shiyning «Fatovoyi qozixon», Abu Said Gardiziyning «Zayn ul-axbor», Ibn al- Asirning «Al- komil fit-tarix» asarlarida qoraxoniylar tarixi xususida tegishli maTumotlar mayjud. Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug‘atit turk» asari turkiy qavmlar tarixi xususida qimmatli ma’lumotlar beradi. Muhokama va natijalar. X asrning ikkinchi yarmiga kelib ichki ziddiyatlaming kuchayishi va keskinlashuvi natijasida Somoniylar davlati kuchsizlana boshlaydi. Somoniylarga tobe bo’lgan viloyatlar, ayniqsa, Xurosonda ular hokimiyatiga qarshi ko'tarilgan isyonlar, toj-u taxt uchun uzluksiz olib borilgan kurashlar Somoniylar davlati inqirozini yaqinlashtirgan edi. Bunday vaziyatdan Yettisuv va Koshg'arda yashovchi turkiy qabilalar unumli foydalanishdi. Chunki, X asrning ikkinchi yarmiga https://scientific-jl.com 3 9 1 63-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali kelib bu hududlardagi turkiy qabilalar qarluqlar, chig’illar, yag‘molar va boshqalar o'zlarining kuchli davlatlarini tuzishga muvaffaq bo‘lgan edilar. Qoraxoniylar chig’illar yoki qarluqlar qavmiga mansubligi haqidagi nuqtayi- nazar o‘rta asrlar davri tarixining ko‘pchilik tadqiqotchilari tomonidan e'tirof etiladi. 840-yili qarluqlar sardori isfijob hokimi Bilgakul Qodirxon o'zini xoqon deb atab, oliy hukmronlikka da'vo bilan chiqqan edi. Lekin o‘sha yildayoq Somoniylar Isfijobni zabt etishdi. Turkiy qabilalar, ayniqsa 893-yili Ismoil Somoniy Tarozni egallaganidan so'ng g‘arbiy Koshg‘ar yerlari tomonga chekinishga majbur bo’lishgan edi. Sotuq Bug’roxon Somoniylar tomonidan qo’llab-quvvatlangan holda turkiy qabilalar orasida o‘z ta'sir doirasini kengaytirib bordi[1]. “Qoraxon” so‘zi turlicha ma'noda talqin qilinadi. Xususan, “qora” so'zi “kuchli”, “xalq”, “xon” so‘zi “hukmdor”, “rahbar” ma'nolarida kelishini ko'pchilik olimlar e’tirof etishadi. Qoraxoniylardan birinchi bo’lib islomni qabul qilgan va musulmoncha Abdulkarim degan nom olgan hukmdor Xorun Bug’raxon hisoblanadi. Ayrim yozma manbalarda u Bug'raxon at-Turkiy deb nomlanadi. Misol uchun, Ibn al-Asir o'zining “Kitob al-komil fit- tarix” asarida ma’lumot berishicha, Koshg'ar, Bolasog’udan to Chin (Xitoy) chegarasigacha bo’lgan yerlar Bug’raxon at-Turkiy hukmronligi ostida bo’lgan. Qoraxoniylar hukmronligi davri o‘zaro hokimiyat uchun kurashlar doimiy asnoda bo‘lib turganligi bilan izohlanadi. Mazkur kurashlar asosan Ali Arslonxon va Xorun Bug‘roxon avlodlari o‘rtasida bo’gan. Shu bois Alilar xonadoni va Xoruniylar xonadoni degan atama shu davrga nisbatan ishlatiladi[2]. Qoraxoniylar sulolasi o‘z hukmronligi davrida o‘z mulklarining sarhadlarini bir necha marta o‘zgartirganlar. Misol uchun, Movarounnaxrni egallaguniga qadar ularning mulklari Tyanshan va uning atroflarini egallagan bo‘lsa, XI asr boshlariga kelib esa, hokonlik chegaralari Amudaryogacha yetgan. Oradan ko‘p o‘tmay ular Sharkiy Turkistonda Qashg‘arni va Xo‘jandni qo‘lga kiritdilar. Bunday holat xoqonlikning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumiga ham katta ta'sir ko‘rsatdi. Har bir viloyat ma'lum siyosiy mavqega ega bo‘lgan holda xondan kichikroq unvonga ega elekxonlar tomonidan boshkariladigan bo‘ldi[3]. Qoraxoniylar Somoniylarga nisbatan davlat tuzilishi va boshqaruvining boshqacharoq shaklini joriy etishga harakat kildilar. Ularda hokimiyat Somoniylarda bo‘lgani kabi to‘g‘ridan to‘g‘ri otadan o‘g‘ilga emas, balki akadan ukaga, keyin sulolaning navbatdagi avlodiga o‘tgan. Ayrim olimlarning fikricha, Qoraxoniylarning butun urug‘i hokimiyatning jamoaviy sohibi bo‘lib, sulolaning har bir a'zosi o‘zining kelib chiqishiga ko‘ra, umumsulola mulkining bir qismiga da'vo qila olardi. Bu mulkning asosiy qismi sulolaning uch ulug‘ a'zosi ulug‘ xoqon, kichik xokon va elekxonga tegishli hisoblanardi. Ularning har kanday avlodiga o‘z hissasi ajratib berilar edi. Qoraxoniylar davrida oddiy xalq budun, soliq to‘lovchi fuqaro raiyyat, qabila boshliklari bek, savdogarlar sart deb atalgan[4]. https://scientific-jl.com 3 9 2 63-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Somoniylar davrida juda katta kuchga ega bo‘lgan dehqonlar, yirik yer egalari Qoraxoniylar darvida o‘z ta'sirini asta-se
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the history of the formation of the Karakhanids, their management process, and the rulers who ruled the country.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the history of the formation of the Karakhanids, their management process, and the rulers who ruled the country. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Karakhanis, Qarluqs, Chigils, Yettisuv, Sayram, Samonis, Hasan, Hasan Bug’raxon, Somoniylar, Kalit so’zlar: qoraxoniylar, chig’illar, Nasr Eloqxon., qarluqlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014