Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HOZIRGI O`ZBEK ADABIY TILIDA UNLILAR TASNIFI.
Davlatboyeva Ro`za Tozaboy qizi · Ilmiy rahbar: Muxtarova Shahnoza.
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada vokalizmlar haqida ma`lumot beriladi.Unli tovushlar tizimi va ularning fonetik-fonologik xususiyatlari tahlil qilinadi.Unli fonemalarning artikulyatsion va akustik xususiyatlari tahlil qilinadi.O`zbek tilida 6ta unli fonema mavjudligi, ularning keng-torligi,tilning goriznotal va vertikal holati, lablanish kabi belgilar asosida tasniflanishi ko`rsatiladi. Kalit so`zlar: Vokalizm haqida ma`lumot,lab ishtirokiga ko`ra, og`izning ochilish darajasiga ko`ra,tilning vertikal va gorizontal harakatiga ko`ra , unli fonemalarning paradigmatik va sintagmatik tavsiflari. Og`iz va bo’g`iz boʻshligʻida hech qanday toʻsiqqa uchramay hosil boʻladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovushlar. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lotincha: vocalis – unli tovush) deyiladi.Unli tovushlar faqat ovozdan iborat.1O`zbek tilida 6ta unli bor .Unlilarning tasnifi 3ta bular:Lab ishtirokiga ko`ra, vertikal va gorizontal turlarga bo`linadi. 1. Lablarning ishtirokiga ko`ra: lablangan unlilar - u, o`, o. Bu unlilarning talaffuzida lablar doira shakliga kirib, oldinga cho`ziladi; lablanmagan unlilar - i, e, a. Bu unlilarning talaffuzida lablar doira shakliga kirmaydi va cho`zilmaydi. Demak, bu belgilar asosida hozirgi o`zbek adabiy tili unlilari i-u (lablanmagan - lablangan), e-o` (lablanmagan - lablangan), a-o (lablanmagan-lablangan) oppozitsiyalarini hosil qiladi va qator minimal juftliklarda (kvaziomonimlarda) fonologik ahamiyatga ega bo`ladi: bir-bur, ber-bo`r, bar-bor, in- un, ana-ona kabi. Tilning vertikal harakatiga ko`ra: tor unlilar - i, u. Bu unlilarning talaffuzida og`iz tor ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham tor bo`ladi; o`rta keng unlilar - e, o. Bu unlilarning talaffuzida og`iz o`rta darajada ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham o`rtacha kenglikda (yuqori ko`tarilish bilan quyi ko`tarilish orasida) bo`ladi; keng unlilar - a, o. Bu unlilarning talaffuzida og‗iz yuqoridagi har ikki holatdan kengroq ochiladi. Tasnifning bu belgisiga ko„ra lablanmagan unlilar i-e (yuqori tor va o`rta keng), e-a (o`rta keng va quyi keng), i-a (yuqori tor va quyi keng) oppozitsiyalarini, 1 Q.Mo`ydinov.R.Ikramov.Tilshunoslik asoslari. – Toshkent, 2024, 40-bet. https://scientific-jl.com 4 0 4 63-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali lablangan unlilar esa u – o` (yuqori tor va o`rta keng), o` - o (o`rta keng va quyi keng), u-o (yuqori tor va quyi keng) oppozitsiyalarini hosil qiladi va qator minimal juftliklarda fonologik vazifa bajaradi: bir-ber, ber-bar, bir-bar; bur-bo`r, bo`r-bor, bur- bor kabi. Tilning gorizontal harakatiga ko`ra: old qator unlilar - i,e,a. Bu unlilarning talaffuzida tilning ichki qismi oldinga tomon cho`zilib, pastki tishlarga tiraladi; orqa qator unlilar - u,o`,o. Bu unlilarning talaffuzida tilning ichki qismi biroz orqaga tortiladi (demak, u pastki tishlarga tiralmaydi). Yuqorida tasniflarda keltirilgan uch belgidan ikkitasi (lablangan va lablanmagan hamda tilning vertikal harakatiga asoslangan belgilar) fonemalarning fonologik xususiyatini ifodalaydi (ular tegishli kvaziomonimlar misolida yuqorida izohlandi), uchinchi belgi (tilning gorizontal harakati) esa, prof. A. Abduazizov va prof. A. Nurmonovning ta'kidlashicha, fonologik jihatdan ahamiyatsiz bo`lib, fonemaning asosiy belgilari qatoriga kirmaydi, chunki unlilarning old qator va orqa qator bo`lishi lablarning ishtirokiga va turli kombinator-pozitsion omillarga bog`liqdir: lablanmaslik tilning tishlar tomon siljishini, lablanish esa tilning tishdan orqaga tortilishini taqozo qiladi. Demak, old qator (i,e,a) va orqa qator (u,o`,o) unlilarining fonologik xususiyatlari lablar ishtirokisiz namoyon bo`lmaydi. Bu fikrga prof. Sh.U. Rahmatullayev e'tiroz bildirib, shunday deydi: "Ayrim adabiyotlardagi bir fikrga - ovoz tovushlarni tavsiflashda tilning yotiq yo`nalishidagi harakati belgisi ahamiyatsiz degan fikrga qat'iy e'tiroz bildirish lozim. Ovoz tovushlarda (fonema nomi bilan atagan holda) bu belgi asosida zidlanish (oppozitsiya) hosil etish yo`q deyish haqiqatga to`g`ri kelmaydi". Bu fikrni prof. Sh. Rahmatullayev quyidagicha asoslashga harakat qiladi: "...Lablarning qatnashishi darajasiga va tilning yotiq yo`nalishdagi harakatiga ko`ra ovoz tovushlar ketma-ket bir xil o`rin oladi, chunki bu ikki nuqtayi nazarning negizi bir-biri bilan bog`liq: til oldga tomon harakatlansa, lablar cho`chchaymaydi, orqaga tomon harakatlansa, lablar cho`chchayadi, masalan, i, u tovushlarida bo`lgani kabi. Ko`rinadiki, yetakchi, hal qiluvchi deb tilning yotiq yo`nalishdagi harakatini ko`rsatish to`g`ri". Prof. Sh.U. Rahmatullayevning fikriga, o`z navbatida, prof. A. Abduazizov qo`shilmaydi. Uningcha, "lablanish tilning orqa tomon tortilishi natijasida hosil bo`ladi,- deyish to`g`ri emas, chunki ko`pgina tillarda tilning orqaga tortilishi yordamida hosil bo`luvchi til orqa unlilaridan ba‘zilari lablanmagandir". 2 Unli fonemalarning paradigmatik tavsifi fonemalarning vokalizm siste
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada vokalizmlar haqida ma`lumot beriladi.Unli tovushlar tizimi va ularning fonetik-fonologik xususiyatlari tahlil qilinadi.Unli fonemalarning artikulyatsion va akustik xususiyatlari tahlil qilinadi.O`zbek t…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada vokalizmlar haqida ma`lumot beriladi.Unli tovushlar tizimi va ularning fonetik-fonologik xususiyatlari tahlil qilinadi.Unli fonemalarning artikulyatsion va akustik xususiyatlari tahlil qilinadi.O`zbek t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tilning vertikal va gorizontal harakatiga ko`ra, Kalit so`zlar: Vokalizm haqida ma`lumot, unli fonemalarning paradigmatik va sintagmatik tavsiflari., lab ishtirokiga ko`ra, og`izning ochilish darajasiga ko`ra
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026