Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KASBIY SO’NISH
KASBIY SO’NISH · Majidova Dilafruz Xayrullayevna · Samarqand viloyati Jomboy · strategiyasi to‘g‘risida”gi PF--son Farmoni · O‘zbekiston Respublikasi
Исследователь · 2017
Аннотация
Mazkur maqolada shaxsning kasbiga nisbatan faolligi va qiziqishini so'nishi mexanizmlariga e'tibor qaratilgan, shu bilan birga mazkur xolatdagi shaxslarga qanday yordam berish yo 'llariga to 'xtalib o 'tilgan. Kalit so'zlar: kasbiy so'nish, kasbiy zerikish, kasbidan bezish, kasbiy o'zlik, kasbiy "men "lik, kasbiy malaka, kasbiy hamkorlik, kasbiy layoqat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2017-yil 7- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarorining qabul qilinishi, yoshlarni har tomonlama bilim olishlari, ularda yaratuvchilik imkoniyatlarini kengaytirishga bo‘lgan imkoniyatlari yanada kengaydi. Shaxsda kasbiy faoliyatiga nisbatan yuzaga keladigan ishtiyoqni sustlashishi yoki "so'nishi" - jaxon psixologik adabiyotlarida "burnout" holati deb nomlanadi va bu o'zbek tilida esa "so'nish" degan ma'noni anglatadi. Hozirgi vaqtda shaxsni faoliyatini tahlil etuvchi fanlarda kasbiy so'nish va uning tuzilmasining mohiyati bo'yicha yagona nuqtai nazar mavjud emas. So'nggi ma'lumotlarga tayangan holda, "psixik kuyish" deganda emotsional xolatni kasblarda kuzatiladigan psixo-fiziologik, hissiy va yangi texnologiyalarni o'zlashtirishdagi qoloqlik holati tushuniladi. [1] Ijtimoiy psixologiya tadqiqotlari asosida quyidagi soha vakillari kasbiy so'nish jarayoni bo'yicha "xavf" guruhiga taaluqli hisoblanadilar: pedagoglar, psixologlar, tarbiyachilar, shifokorlar, tez-tez ish safarlariga chiqadigan, ijtimoiy va madaniy yo'nalishdagi xizmat ko'rsatish sohasi vakillari hamda bank xodimlari. [2] Mazkur xavf guruxida yetakchilik pedagog va psixologlarga tegishli bo'lib, ulardagi kasbiy so'nish ortiqcha aqliy faoliyat bilan bir qatorda o'z faoliyatlaridan qoniqmasliklari natijasida kasbiy faoliyatlariga nisbatan quyidagicha salbiy yondashuvlar yuzaga keladi: - o'z faoliyatiga nisbatan yuqori emotsional yondoshish; - jamoada o'z o'rnini topa olmaslik hissi; - muntazam faollik talab etilishi, yetarli dam olmaslik; - ish joyidagi salbiy ijtimoiy sharoit va psixologik holat; - kun davomidagi yuklamalarning ko‘pligi ; https://scientific-jl.com 1 4 7 62-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali - kechiktirilgan natija uchun cheklangan vaqt; - shaxsiy emotsional holatni boshqara olmaslik; - sarflangan mehnat uchun mos kelmaydigan natijaning bo'lishi; - hamkasblar, ma'muriyat, qiyin vaziyatlarda to'g'ri muloqot yo'lini tanlash ko'nikmalarining yo'qligi; - pedagogik faoliyatni tashkil qilishning to'g'ri boshqarilmasligi: yuklama, dars jadvali, ma'naviy va moddiy qo'llab quvvatlanmaslik; - ma'lumotlarning haddan ortiq ko'pligi; - qayta - qayta nazorat va tekshiruvlar. Yuqorida keltirilgan omillar ustunlik qilishi shaxsning o'z faoliyatidan bezish yoki zerikish, stress xolatiga tushib qolishiga ta'sir etishi tabiiy xol xisoblanadi. [3] Mazkur xolatda aksari mutaxassislar jizzaki bo'lib ziddiyatli vaziyaga moyilliklari ortib ketadi. Ana shunday holatlarni sababini tashxis qilib aniq va muvaffaqiyatli psixologik maslahat tashkil etish uchun kasbiy so'nish va kasbiy mutanosiblikdan uzoqlashishni o'rganishning asosiy omillariga e'tibor qaratish lozim. Bular: - Bilim berishni takomillashtirishda yangi g'oyalarni kiritavermaslik. - Pedagogik faoliyatga ko'r-ko'rona texnologiyalarni joriy etavermaslik. - Shaxsning o'z kasbiga nisbatan mutanosibligini baholash. - Jamoaning psixologik iqlimining ta'lim jarayoniga ta'sirini tahlil etish. - Pedagog shaxsining yashirin imkoniyatlarini ochish. - Har bir pedagog kompetensiyasining psixologik asoslarini o'rganish orqali o'quvchilar bilimining samaradorligini oshirish. - Ochiq darslarning kam tashkil etilishi va unda psixologik analizning mavjud emasligi. Quyida kasbiy so'nishning asosiy omillaridan hisoblanmish ikki olmil haqida to'xtalib o'tishni lozim topdik. Aynan quyidagi ikki sabab yosh mutaxassislarda ko'proq uchrashi so'ngi vaqtlarda qayd etib borilmoqda. Shu sababli tajribali mutaxassislar o'zlarining tajribalaridan kelib chiqqan xolda to'g'ri maslahatlar berishlari lozim bo'ladi. [4] Kasbiy so'nish va kasbiy mutanosiblikdan uzoqlashishning asosiy sabablari: 1. Individual sabablar: A) o'z ustida ishlashdan to'xtab qolish; B) fanga oid yangi bilimlami o'zlashtirmaslik; V) doimiy bir xil metodik uslubga yopishib olish; G) o'z faoliyatidan qoniqmaslik; D) o'ziga bino qo'yib, boshqalarni mensimaslik; Ye) moddiy manfaatdorlikdan qoniqmaslik; Yo) hamkasblarining darslariga qatnashmasligi. https://scientific-jl.com 1 4 8 62-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali 2. Ijtimoiy-psixologik omillar: A) atrofdagilarning diqqat e'tiboridan qolish; B) atrofdagilarning nazoratidan chetda qolish; V) faoliyatiga mos rag'batlantirilmaslik; G) o'z sohasi
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada shaxsning kasbiga nisbatan faolligi va qiziqishini so'nishi mexanizmlariga e'tibor qaratilgan, shu bilan birga mazkur xolatdagi shaxslarga qanday yordam berish yo 'llariga to 'xtalib o 'tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada shaxsning kasbiga nisbatan faolligi va qiziqishini so'nishi mexanizmlariga e'tibor qaratilgan, shu bilan birga mazkur xolatdagi shaxslarga qanday yordam berish yo 'llariga to 'xtalib o 'tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kasbiy so'nish, kasbiy zerikish, kasbidan bezish, kasbiy o'zlik, Kalit so'zlar: kasbiy so'nish, kasbiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026