Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JISMONIY TARBIYА MASНG’ULOTINI TASНKIL ETISНDA TA’LIM VA TARBIАNING O’RNI HAMDA YАNGI INNOVASION TЕXNOLOGIYАLARDAN FOYDALANISН
TЕXNOLOGIYАLARDAN FOYDALANISН · Siddiqov Botirjon Valixanovich · O’zbekiston Respublikasi IIV Namangan akademik · Sharipov Asadbek Abdulhakim o’g’li · O’zbekiston Respublikasi IIV Namangan akademik
Исследователь · 2026
Аннотация
Maqolada bolalarda jismoniy qobiliyat, harakat malakalari va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan, bola shaxsini tarbiyalashda kompleks yondashish masalalari hamda yangi innvatson texnologiyalardan foydalanish tartibi yoritilgan. Tayanch suz va tushunchalar: Emotsional, innovatsiya, texnologiya, ta’lim metodlari, usul, harakat malakasi, harakat ko‘nikmasi. Bugungi kunda yurt kelajagi bo‘lgan yoshlarni vatanparvar, mamlakat taraqqiyotiga dahldor, ijtimoiy mas’uliyatli qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sport asosiy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu jihatdan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, bu sohadagi muammolarni falsafiy, huquqiy, sotsiologik yondashuvlar orqali hal qilish, ularning tafakkur tarzini takomillashtirish asosiy vazifalarimizdan biridir. Mazkur muammolarni bartaraf etishda jismoniy tarbiya va sportga tarbiya vositalaridan biri sifatida yondoshish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni shu omil, milliy g‘urur, Vatan uchun faxrlanmoq, or-nomus, yurt sha’ni kabi tuyg‘ular shakllanishining asosi sanaladi. Sport mashg‘ulotlari jarayonida g‘oyaviy tarbiyalash, o‘qish, mashq qilish, musobaqalarda ishtirok etish axloqiy me’yorlarga rioya qilish orqali amalga oshiriladi. O’quv-sport mashqlarida, sport musobaqalarida sportchilar katta ruhiy va jismoniy zo‘riqishlarni boshidan kechiradilar. Bu zo‘riqishlar ularning irodasini mustahkamlaydi, dadillik, o‘zini qo‘lga olish, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, chidamlilik va intizomga o‘rgatadi. Ta’lim shaxsni har tomonlama (aqlan, axloqan, jismonan) shakllantirishga qaratilgan yaxlit pedagogik jarayonning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ta’lim mazmunini jismoniy mashqlar, jumladan, dasturga muvofiq tanlangan harakatli o‘yinlar tashkil etadi. Bolalar bilan ishlashda ularning yosh xususiyatlarini xisobga olish juda zarur, bolaning ongli harakat faoliyatida asqotadigan ayrim bilimlar, bolani harakatlarga https://scientific-jl.com 1 9 2 62-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali o‘rgatuvchi faoliyati usullari, faoliyat va ularni amalga oshirishning malaka va ko‘nikmalari haqidagi bilimlar birligi tashkil etadi. Yangi narsani o‘zlashtirish boladan muayyan jismoniy va psixik kuchni, qyinchiliklarni yengib o‘tishni talab etadi. Bolaning mashqlar jarayonida yangi harakat vazifalarini tobora hal etib, borishi va shu bilan bog‘lik ravishda vujudga keladigan katta imkoniyatlar harakatlar harakteri va sifatini o‘zgartiradi. Qiyinchiliklarni yengish va yangi vazifalarni hal etish bolada ijobiy xissiy kayfiyat xosil qiladi. Bu murakkab jarayon doimo tarbiyachi nazorati ostida bo‘lishi kerak. Bir tomondan, bolaning yangi harakat vazifasini tushunib olishini ta’minlash lozim, ikkinchi tomondan, bolada mustaqillik, qiziqish va g‘ayratni uyg‘otish zarur. Ta’lim boladan diqqatni bir joyga to‘plashni, tasavvur, faol fikrlashni, xotirani rivojlantirishni talab qiladi. Ta’lim jarayoni emotsional, harakat namunasi tarbiyachi tomonidan ko‘rsatilsa va bolalar tomonidan bajarilsa obrazli, shuningdek, og‘zaki- mantiqiy, mashqlar bolalarning o‘zlari tomonidan amalda bajarish bilan bog‘lik bo‘lsa harakatli xotira rivojlanadi. Ta’lim jarayonini tashkil etish bolalarni ular kuchi yetadigan mehnat harakatlarida mashq qildirish imkonini beradi. Jismoniy tarbiya tizimida x,ar tomonlama ta’lim va tarbiya berish tamoyillari ishlab chikilgan. Ta’limning maqsadi bolalarda kelajakda jismoniy tarbiyadan me’yoriy ko‘rsatkichlar majmuasi talablarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun jismoniy tayyorgarlik hosil qilishdan iboratdir. Shu asosda bolalarda O’zbekistonning mashxur sportchilari, ularning vatanparvarligi, ishchanligi, jasurligi, bardoshliligi, mahorati, do‘st-birodarligi va o‘zaro yordam kabi xislatlariga hurmat hissi tarbiyalanadi. Bolalarga jismoniy ta’lim va tarbiya berish jarayonida quyidagi didaktik- ta’limiy tamoyillar qo‘llaniladi: - tizimlilik va izchillik, onglilik, mustaqillik va ijodiy faollik, ta’limning ko‘rgazmali og‘zaki va amaliy usullarini birga qo‘shib olib bo-rish; -tushunarlilik va individuallashtirish, ta’limning frontal, gurux va yakka tarzdagi shakllarining birligi, talablarni tobora oshirib borish; Tizimlilik va izchillik tamoyili jismoniy tarbiya maqsadlarida foydalaniladigan tadbirlarning (kun tartibi, chiniqish, harakat ko‘nikmalarining shakllanishi) tizimliligi, butun tarbiya davri davomidagi jismoniy tarbiya jarayonining uzluksizligi, muntazamligi, rejalashtirilganligidan, yuklama va dam olishning majburiy almashinib turishi asosidagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining aniq izchilligidan, mashg‘ulotlarning ketma-ketligi, mazmunan o‘zaro aloqadorligidan iboratdir. Har kuni muayyan bir vaqtda o‘z xarakteriga ko‘ra turli jismoniy mashqlar (ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, sayr paytidagi harakat faoliyati https://scientific-jl.com 1 9 3 62-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali va shu kabilar)ni tizim tarzida muntazam baja
Доказательный фрагмент
«Maqolada bolalarda jismoniy qobiliyat, harakat malakalari va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan, bola shaxsini tarbiyalashda kompleks yondashish masalalari hamda yangi innvatson texnologiyalardan foydala…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada bolalarda jismoniy qobiliyat, harakat malakalari va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan, bola shaxsini tarbiyalashda kompleks yondashish masalalari hamda yangi innvatson texnologiyalardan foydala… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovatsiya, texnologiya, Tayanch suz va tushunchalar: Emotsional, ta’lim metodlari, harakat malakasi, usul, harakat ko‘nikmasi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026