К содержанию
РецензированоUZ2026

ONA VATAN, EL-YURTGA SADOQAT RUXIDA YASHASH BARCHAMIZNING BURCHIMIZDIR.

BARCHAMIZNING BURCHIMIZDIR. · Dadabayev Doniyor Axmadjonovich · Sharipov Asadbek Abdulhakim o’g’li · O’zbekiston Respublikasi IIV Namangan akademik

Исследователь · 2026

Аннотация

Maqolada harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy- axloqiy tarbiya masalalariga e’tibor qaratilgan. Yosh xodimlarning vatanparvarligi, ma’naviyati, ahloqi va saviyasini ko‘tarish, unga ijobiy ta’sir etuvchi harbiy vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy tarbiyani yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha fikirlar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: jamiyat, Vatan, vatanparvarlik, inson, ijtimoiy-ma’naviy xayot, milliy g‘urur, qadriyat, ong tafakkur. Sir emas,yangi O’zbekiston dunyoga yangi qiyofa bilan tanildi. Xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlarning respublikmizga bo‘lgan munosabati, ta’bir joiz bo‘lsa, bahosi o‘zgardi. Xalqaro reyting va indekslarda o‘rnimiz yuqoriladi. Qo‘shnilar bilan do‘stona aloqalarimiz yangi bosqichga ko‘tarildi. Qardosh xalqlar bemalol, hech bir qiyinchiliksiz chegaralardan o‘tib, mehmonga borib-kelmoqda. Ma’lumki, bugun dunyo ayvonida vaziyat o‘ta murakkab. Barchamiz turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar, kerak bo‘lsa, to‘qnashuvlar guvohi bo‘lib turibmiz. Mana shunday sharoitda O’zbekiston qanday yo‘l tutishi kerak, degan tabiiy savol tug‘iladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirzayoyev aniq va lo‘nda qilib aytganidek, bosh maqsadimiz — O’zbekistonning davlat mustaqilligi, uning sarhadi daxlsizligi va hududiy yaxlitligini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ladi. Chunki har qanday davlat uchun, har qaysi xalq uchun tinchlik va osoyishtalik eng aziz ne’mat hisoblanadi. Xo‘sh, ushbu ulkan maqsadga erishish uchun nima qilishimiz kerak? Avvalo, Qurolli Kuchlarimizning qudrati, mudofaa qobiliyatimiz va harbiy salohiyatimizni yanada oshirish maqsadida milliy armiyamizni 2030 yilga qadar eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlash vazifasi belgilandi. Ikkinchidan, qo‘shinlar jangovar ruhi va salohiyatini yuksaltirish, yetuk harbiy xizmatchilarni tayyorlash, shuningdek, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish bugun nihoyatda dolzarb. https://scientific-jl.com 2 0 1 62-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Uchinchidan, harbiy-jangovar qudrat va yuksak ma’naviy salohiyatni O’zbekiston Qurolli Kuchlarining ikki buyuk tayanchiga aylantirish vazifasi oldimizda turibdi. To‘rtinchidan, harbiy xizmatchilarni, maktab, texnikum va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan farzandlarimizni, umuman, barcha yoshlarimizni tariximiz va ma’rifatparvar ajdodlarimiz merosi asosida tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratishimiz kerak bo‘ladi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida kamolga yetkazish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat g‘oyasi atrofida birlashtirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildiki, ushbu masala bugungi tahlikali davrda qanchalik dolzarbligini tushunish qiyin emas. Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, yurtimizda yoshlarga bo‘layotgan e’tibor kelgusida yanada kuchayadi. Pirovardida ertamiz egalari bo‘lgan yoshlarimiz o‘zlarini har jabhada to‘liq namoyon etadi. Bunga ishonchimiz komil. Cho‘lda o‘rmalab yurgan jonivorlar ham tug‘ilshidanoq o‘z makonlarini biladilar, havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham o‘z oshyonlarini his qiladilar, hatto bollari va shunga o‘xshashlar ham o‘z uyalarini muhofaza qiladilar,— shuning kabi odamlar ham qayerda tug‘ilib parvarish topsalar,— o‘sha joyga cheksiz mehr qo‘ygan bo‘ladilar. Olimlarni vatan xaqida aytgan fikrlari: V. G. BYeLINSKIY - vatanparvarlik tantanavor xitoblar va umumiy gaplardan iborat emas, balki u vatanga qizgin muhabbat hissi bilan ortiqcha dabdabalarsiz o‘z fikrini bildirish, faqat ezgulikda hayratlanmay, balki muqarrar har qayerda, har qanday vatanda ham bo‘ladigan yovuzlikni jinidan battar yomon ko‘rish demakdir. A. N. TOLSTOY - vatanparvarlik — yolgiz o‘z vataniga mehr qo‘yishdan iboratgina emas. Bu juda katta his… Bu — vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir. M. Ye. SALTIKOV-ShChYeDRIN - vatan g‘oyasi hamma uchun bir xil manfaatlidir. U halol kishilarda jasorat haqida fikr uyg‘otadi, nopok kishilarni esa, agar vatan g‘oyasi bo‘lmaganda qilishlari aniq bo‘lgan ko‘pgina qabihliklardan saqlaydi. N. G. ChYeRNIShYeVSKIY - vatanparvar — vatanga xizmat qilayotgan kishidir, vatan esa bu avvalambor xalqdir. Tabiiyki, kindik qoni to‘kilgan joy inson uchun hamma narsadan ham qimmatli dargohdir. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam Madinai munavvaraga hijrat qilib ketayotganlarida tug‘ilib o‘sgan vatani Makkai mukarramaga yuzlanib turib: “Agar qavmim meni chiqib ketishga majbur qilmaganida, hech ham o‘z ixtiyorim bilan uni tashlab ketmagan bo‘lur edim”, deganlari siyrati nabaviya kitoblarida bayon etilgan. Demak, Vatanni sevish, vatanparvar bo‘lish, undagi bor narsalarni ardoqlab, sog‘inib yashash insoniyat tabiatida mavjud bo‘lgan nozik his-tuyg‘udir. https://scientific-jl.com 2 0 2 62-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Buyuk alloma Alisher Navoiy hazratlarining quyidagi so‘zida ona-Vata

Доказательный фрагмент

«Maqolada harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy- axloqiy tarbiya masalalariga e’tibor qaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy- axloqiy tarbiya masalalariga e’tibor qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ong tafakkur., milliy g‘urur, ijtimoiy-ma’naviy xayot, Kalit so‘zlar: jamiyat, vatanparvarlik, inson, Vatan, qadriyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники