К содержанию
РецензированоUZ2026

GLOBALLASHUV SHAROITIDA O‘SMIRLARDA PSIXOLOGIK BARQARORLIKNI TAMINLASHNING DOLZARBLIGI VA OMILLARI.

Ollonova Mahfuza Musayevna · Buxoro viloyati Qorako‘

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqola globallashuv jarayonining o‘smirlarning psixologik barqarorligiga ta’sirini yoritib beradi. O‘smirlik davri inson rivojlanishida o‘ziga xos psixologik faza bo‘lib, globallashuvning ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy jihatlari o‘smirlarning shaxsiy rivojlanishiga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu maqolada globallashuvning psixologik barqarorlikka ta’siri, o‘smirlarning psixologik va hissiy holatlari, ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarga moslashishdagi muammolar nazariy asosda tahlil qilinadi. Psixologik barqarorlikni ta’minlashda o‘ziga bo‘lgan ishonch, hissiy muvozanat, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlari va globallashuvning o‘ziga xos jarayonlari o‘smirlar psixologiyasidagi muhim omillar sifatida yoritiladi. Maqola o‘smirlarning psixologik barqarorligini saqlash va ta’minlash uchun zarur bo‘lgan nazariy yondashuvlarni muhokama qiladi. Kalit so‘zlar: Globallashuv, psixologik barqarorlik, o‘smirlar, hissiy muvozanat, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, madaniy ta’sir, ijtimoiy o‘zgarishlar, identifikatsiya muammolari, stressni boshqarish, o‘ziga bo‘lgan ishonch. Globallashuv zamonaviy dunyoda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni jadallashtirib, jamiyatning barcha qatlamlariga, xususan, o‘smirlar hayotiga chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu jarayon o‘smirlar uchun yangi imkoniyatlar ochib bersa-da, ular uchun psixologik va hissiy barqarorlikni saqlash borasida qator muammolarni yuzaga keltiradi. Xususan, ommaviy madaniyatga taqlid qilish, global normalarga moslashish, boshqalarga ko‘r-ko‘rona ergashish kabi holatlar o‘smirlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini susaytirib, ularning mustaqil fikrlash va o‘zligini anglash jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Taniqli olim A. Erkayev bu borada shunday deydi: “Fikran kimgadir qaram bo‘lgan yoki dunyoqarashi cheklangan kishi o‘z ekzistensial holati va ehtiyojlarini ham, jamiyat hayotidagi ijtimoiy-tarixiy zaruriyatni ham to‘liq anglay ololmaydi, bir yoqlama tushunadi... O‘zgalarning fikrlarini tanqidiy baholay olmaslik oqibatida boshqalarning ortidan ko‘r-ko‘rona ergashish yoki intuitiv harakat qilishga odatlanib qoladi. Bu hol inson erkinligini cheklab, uni tasodiflarga yoki o‘zgalar irodasiga qaram qilib qo‘yadi.” https://scientific-jl.com 1 5 62-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Demak, globallashuv sharoitida o‘smirlarning psixologik barqarorligini ta’minlash — ularning shaxsiy rivojlanishi, mustaqil fikrlashi va o‘ziga xosligini yo‘qotmaslik uchun dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Bugungi globallashuv jarayoni inson hayotining barcha jabhalariga, ayniqsa yoshlar va o‘smirlarning ruhiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu ta’sirlarni chuqur tahlil qilish uchun avvalo “globallashuv” va “psixik barqarorlik” tushunchalarining mazmun-mohiyatini aniqlab olish lozim. Globallashuv — bu butun dunyo miqyosida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarning o‘zaro chambarchas bog‘lanishidir. Bu jarayon axborot texnologiyalari, ommaviy kommunikatsiya vositalari, transport tizimlari va xalqaro iqtisodiy aloqalar orqali amalga oshadi. Globallashuv shaxsning fikrlash doirasini kengaytirsa-da, ayni paytda milliy identitet, madaniy qadriyatlar va psixologik muvozanatga bosim o‘tkazuvchi omilga ham aylanishi mumkin. A.Giddens, Z.Bauman, U.Bek kabi sotsiologlar globallashuvni insonning o‘zini anglash va jamiyatdagi o‘rnini aniqlash jarayoniga kuchli ta’sir qiluvchi omil sifatida baholashadi. Globallashuv va psixik barqarorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik shundaki, globallashuvning kuchli axborot oqimi, ommaviy madaniyat, jahon trendlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘smir ruhiyatiga bosim qilishi mumkin. Shuning uchun ushbu tushunchalarni birgalikda tahlil qilish o‘smirlarning ruhiy holatini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘smirlik davri inson hayotidagi eng murakkab bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu davrda inson o‘zini anglash, shaxsiy identitetni shakllantirish, jamiyatdagi o‘rnini belgilash, mustaqil fikr yuritish va hayotiy qarorlar qabul qilishga o‘rganadi. Shu bois, o‘smirlar psixik barqarorligini ta’minlash bugungi globallashuv sharoitida nihoyatda dolzarb masalaga aylanmoqda. Globallashuv tufayli o‘smirlar ko‘plab madaniy, axloqiy va ijtimoiy qadriyatlar bilan to‘qnash kelmoqda. Bu esa ularning ongida turli ziddiyatli holatlarni keltirib chiqaradi. Ijtimoiy tarmoqlarda doimiy ravishda boshqalar bilan taqqoslash, ommaviy madaniyatda targ‘ib qilinayotgan “ideal” obrazlarga intilish, modaga moslashish, mashhurlikka erishishga bo‘lgan ishtiyoq o‘smirning o‘zini yo‘qotishiga, o‘ziga bo‘lgan ishonchni pasayishiga olib keladi. Buning oqibatida psixologik xavotir, tushkunlik, yolg‘izlik va ichki qarama-qarshiliklar kuchayadi. Psixik barqarorlik - o‘smirning ruhiy holati, emotsional muvozanat, tashqi omillarga nisbatan bardoshlilik va stressga qarshi turish qobiliyatidir. L.S.Vygotskiy, A.N.Leontyev, E.Erikson singari psixologlar tomonidan ishlab chiqilgan nazariyal

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola globallashuv jarayonining o‘smirlarning psixologik barqarorligiga ta’sirini yoritib beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola globallashuv jarayonining o‘smirlarning psixologik barqarorligiga ta’sirini yoritib beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Globallashuv, identifikatsiya muammolari, ijtimoiy o‘zgarishlar, madaniy ta’sir, o‘ziga bo‘lgan ishonch., stressni boshqarish, o‘smirlar, hissiy muvozanat, psixologik barqarorlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники