К содержанию
РецензированоUZ2026

ALOHIDA TA’LIM EXTIYOHLARI BO’LGAN (AQLI ZAIF ) BOLALAR BILISH FAOLIYATINI TIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

Nabiyev Ravshanjon Shavkatjon o’g’li

Исследователь · 2026

Аннотация

Bu maqolada aqli rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarning bilish faoliyatinining o’ziga xos xususiyatlari, korreksiyalash usullari keltirib o’tilgan. Aqliy nuqsonga ega bo’lgan o’quvchilarda bilish faoliyatining psixologik ishlar keltirib o’tilgan. Kalit so’zlar: ehtiyoj, aqli zaiflik, korreksiya. nutq, nutq o’stirish, rivojlanish, ruhiy jarayonlar, meyor, patalogiya Aqli zaif o’quvchilar meyorda rivojlanayotgan o’z tengdoshlari orasida xarakterli farqlardan biri – bilim faoliyatining yetarli rivojlanmasligi hisoblanadi. Rivojlanishi orqada qolgan o’quvchilarning umumiy tavsifi uning verbal imkoniyatlari doimio past ekanligini ko’rstadi. Shuningdek, o’quvchi nutqining rivojlanishi darajalari va uning intellekti orasida o’zaro murakkab munosabatlar xukm suradi. Taniqli rus psixologi L.S.Vigotskiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarning psixik faoliyatining rivojlanish imkoniyatlariga tayanib, aqliy rivojlanishi bunday o’quvchilar o’ziga xos, meyordagi tengdoshlari kabi umumiy qonuniyatlar asosida rivojlanib borishini ta’kidlagan. Me’yorda rivojlanish barcha bosqichlarida dinamik tarzda amalga oshsa, aqli zaif o’quvchilar rivojida bir muncha chetga chiqish ko’zga tashlanadi. Aqli zaif o’quvchilar rivojlanishi bosh miya nuqsoni asosida kechadi. Demak, aqli zaif o’quvchilar markaziy asab tazimining turli tomonlari, ruhiy jarayonlar adinamik tarzda rivojlanadi. Bu borada L.S.Vigotskiyning birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar nazariyasi, “erishilgan va yaqin vaqtlarda rivojlanish mumkin bo’lgan daraja” haqidagi ilmiy ishlar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. J.I.Shifning e’tirof etishiga, “Aqli zaif o’quvchilar ruhiyati normal o’quvchi ruhiyati kabi rivojlanish davrlarini boshidan kechiradi” 1. Ruhiyatning rivojlanish qonuniyatlariga ta’lim – tarbiya ham ma’lum darajada ta’sir etadi. AS.Vigotskiy birlamchi nuqsolarni ajrata bilish zarurligini ko’rsatdi. Dastlabki va tez– tez uchraydigan nuqson psixologik funksiyalarning rivojlanmasligidir. Buning asosida xotira, tafakkur, xarakter buzilishlari yotadi. 1 J.I.Shifning “Mahsus maktab o’quvchilarida nutq rivojlanishi va boshqa aqliy faoliyatining jarayonlari”. https://scientific-jl.com 8 1 62-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Nuqsonli o’quvchi ruhiyati rivojlanishning asosiy belgisi biologik va madaniy rivojlanish orasida bog’liqlikning buzilishidir deb ta’kidlaydi L.S.Vigotskiy. O’quvchidagi biologik nuqson o’z navbatida madaniy bilimlarni egallashga to’sqinlik qiladi. L.S.Vigotskiy nazariyasiga ko’ra, oliy ruhiy funksiyalar xotira, tafakkur, xarakter madaniy rivojlanish maxsulidir. Aqli zaif o’quvchi bir-biridan uzoqlashishi natijasiada ulardagi intilish va talablar diogarmonik, uyg’un bo’lmagan tarzda shakllanadi. S.S.Korsakov “Chuqur darajadagi aqli zaif o’quvchilarda atrofni bilishga bo’lgan intilish shakllanmagan” deb ta’kidlagan edi. Bu fikrlarni T.YE.Suxareva o’z ishlarida rivojlantiradi. M.G.Blyumina esa “Bog’cha yoshidagi aqli zaif o’quvchilarga bo’shlik, zaiflik, tashabbussizlik, qiziqishlarning yetmasligi xosdir”deb ko’rsatadi. Psixik rivojlanishning orqada qolishini guruhlash intellektual nuqsonning mavjudligi darajasiga qarab belgilanadi. (V.G.Petrova, V.I.Lubovskiy, A.P.Gozova, I.G.Yermenko, V.V.Kavalyov, T.YE.Suxareva). S.YE.Mnuxin va D.N.Isayevlar neyrofizologik tonusning xolatiga qarab oligofreniyaning shakllarini a) astenik, b) stenik, v) atonik, disforik tarzda ajratdilar. T.YE.Suxareva bosh miyaga ta’sir etuvchi potologik faktorning vaqtiga asoslanib, oligofreniyaning 3 ta shaqlini qayd qiladi2: 1) Endogen tabiatli; 2) Embrio – fetopatik; 3) Perenatal kelib chiqish; Aqli zaiflikning klinik jihatdan darajalarga ajratish faqat tibbiy davolashga emas balki pedagogik korreksiya uchun ham muhum ahamiyatga ega. Aqli zaif o’quvchilarning bilish faoliyatidagi kamchiliklarini erta tashxis qilish, turg’un buzilishi va uni bartaraf etish, ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil qilish o’quvchining keyingi ijtimoiy hayotiga moslashuviga yordam beradi. Adabiyotlar tahlilining ko’rsatishicha turli mualliflar oligofreniyada yetakchi sindrom sifatida o’zlarining fikr – qarashlarini ilgari surmoqdalar kurt Levin oligofreniyada yetakchi belgi – affektiv iroda sohalarining buzilishini ta’kidlaydi. M.Pevzner esa aqli zaif o’quvchilarda umumlashtirish qobilyatlarining qiyinlashganini, yomonlashganini asosiy belgi sifatida ko’rsatadi. A.R.Luriya esa, aqli zaif o’quvchilarda nutqning boshqaruvchilik rolini zaif darajadaligini ta’kidlaydi. Tekshirish shuni ko’rsatadiki, aqli zaif o’quvchilarda bilish jarayoning barcha bosqichlarida kamchiliklar kuzatiladi. Buning natijasida ular atrof –muhit haqida to’liq bo’lmagan, xatto noto’g’ri taasurotlar oladilar. Aqli zaif o’quvchilarda bilishning birinchi bosqichi – idrok qilishda yetishmovchiliklar kuzatiladi. Aqli zaif o’quvchilar idrokning o’ziga xos xususiyati bilan ajralib turishi berilayotgan o’quv materiallarini 2 “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar dia

Доказательный фрагмент

«Bu maqolada aqli rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarning bilish faoliyatinining o’ziga xos xususiyatlari, korreksiyalash usullari keltirib o’tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqolada aqli rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarning bilish faoliyatinining o’ziga xos xususiyatlari, korreksiyalash usullari keltirib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
meyor, rivojlanish, aqli zaiflik, korreksiya. nutq, ruhiy jarayonlar, Kalit so’zlar: ehtiyoj, nutq o’stirish, patalogiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники