К содержанию
РецензированоRU2026

O’QUVCHILARNI SOG’LOM RUHIY MUHITDA TARBIYALASH

Axmedova Gavhar Panjiyevna · Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman MMTBga

Исследователь · 2026

Аннотация

Bugungi jаdаl rivоjlаnuvchi dаvr tаlаblаrigа muvоfiq, o’zgаruvchаn zаmоnаviy mаktаb tа’limi оldidа tа’lim mаzmuni vа tuzilmаsigа yangichа yondаshuv zаrurаti mаvjudligi sаbаbli ko’plаb dоlzаrb vаzifаlаr yuzаgа kеldi. Endilikdа zаmоnаviy o’quvchi – o’qitishdа аn’аnаviy tа’lim-tаrbiya usullаridаn fоydаlаnib emаs, bаlki ulаrgа mustаqil bilim оlish hаmdа egаllаgаn bilimlаrini tаkоmillаshtirishgа intilish mаlаkаlаrini shаkllаntirishi hаmdа o’rgаtishi zаrur. Ushbu maqolada pedagogikada bolalarning sog’lom ruhiy muhitda tarbiyash usullari tadqiq etilgan. Kalit so’zlar: pedagogika, nutq madaniyati, sog’lom muhit, innovatsiya, pedagogik mahorat, tarbiya, xarakter. Maktab ostonasiga oyoq qo‘yish har bir inson uchun nihoyatda katta hayotiy burilishdir. Mana shu davrdan boshlab bolalikning eng beg‘ubor onlariga bir qadar cheklanishlar kirib keladi. Endi bola oilada nafaqat oilaviy ba’zi burchlarni, vaholanki, uz shaxsi uchun zarur bo‘lgan xususiy vazifalarni bajarishi shart davrga o‘tadi. Bu bilan uning oiladagi roli bir qarashda kamayganday emas, aksincha ko‘paygan bo‘ladi. Ya’ni u o‘z obro‘sini endi nafaqat oila a’zolari o‘rtasida, aksincha, jamiyat o‘rtasida oila obro‘sini o‘z shaxsiy harakati bilan himoya qilish davri boshlanadi. Bizga maʼlumki, har qanday odam boshqa odamdan oʼzining individual psixologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bundan maʼlum bir odamga xos boʼlgan xislatlar nazarda tutiladi. Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon boʼladigan, tipik sharoitlarida koʼrinadigan va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual psixik xususiyat yigʼindisi tushuniladi. Ruhiy muhiti sog‘lom oila a’zosi bo‘lgan bolaning birinchi bor maktabga borishi qanchalik hayajonli bo‘lmasin bola uchun jiddiy qiynchiliklar tug‘dirmaydi. Chunki maktabda o‘qituvchi hamma bolalarga bir ko‘z bilan qaraydi. Oilada ham bolaga maktabga borganligi munosabati bilan alohida erkatoyga qarash qilmasdan, maktab uning o‘zi uchun kerak bo‘lgan burch, sifatida qaragan ma’qul. Chunki, mana shunday qaralgandagina bola uy vazifalariga, maktabda berilgan topshiriqlarga shaxsiy burch sifatida qarashga o‘rganib boradi. O‘z burchini sezgan shaxsda esa o‘z shaxsiga hurmat tuyg‘usi tobora ortib yaxshi shakllanadi. Hammamizga ma’lum tushuncha, ya’ni o‘zini hurmat qilmaydigan shaxs boshqalarni hurmat qilishni bilmaydi. Bu o‘rinda tarbiyaning, maktab va oila tarbiyasining bola https://scientific-jl.com 9 6 62-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali shaxsiyatiga bir yo‘nalishda mutanosib olib borilishi jiddiy e’tiborga molik. Maktab bolani kengroq jamiyatga kirishiga yordam beradi. Maktabda bola oʼzining individual qobilyati va qiziqishiga qarab kengroq bilimga ega boʼla boshlaydi. Maktabda bolaning olgan taʼlim tarbiyasiga qarab dunyoqarashi kengaya boshlaydi va shu bilan birga uning ochilmagan qirralari yaʼni xar xil soxaga boʼlgan qiziqish va qobilyatlari namoyon boʼla boshlaydi. Qiziqish qobilyat bolaning individual hususiyatlari qatoriga kiradi. Qiziqish va qobilyatdan tashqari, temperament va xarakter ham individual hususiyatlar qatoriga kiradi. Har bir bolaning oʼziga yarasha individual hususiyatlari mavjud boʼladi. Individual xususiyatlarga toʼxtalib oʼtamiz; Qobilyat—insonning individual salohiyati va imkoniyatlaridir. Qobilyat bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, qobilyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobilyat koʼnikma, malakadan farq qiladi. Аksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobilyat anglashtiriladi. Qobilyat inson tomonidan koʼnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobilyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʼlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʼz ichiga oladi. Shuning uchun qobilyat deganda birorta xususiyatning oʼzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʼrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha qobilyat uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obʼektdan u yoki bu alomatlarni koʼra bilish, ajrata olish koʼnikmasidir. Qobilyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʼlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʼpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʼpgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʼladi. Zehn nishonalari deganda qobilyat ichki imkonyatlarning mohiyatini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. Qobilyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobilyat deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi.

Доказательный фрагмент

«Bugungi jаdаl rivоjlаnuvchi dаvr tаlаblаrigа muvоfiq, o’zgаruvchаn zаmоnаviy mаktаb tа’limi оldidа tа’lim mаzmuni vа tuzilmаsigа yangichа yondаshuv zаrurаti mаvjudligi sаbаbli ko’plаb dоlzаrb vаzifаlаr yuzаgа kеldi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi jаdаl rivоjlаnuvchi dаvr tаlаblаrigа muvоfiq, o’zgаruvchаn zаmоnаviy mаktаb tа’limi оldidа tа’lim mаzmuni vа tuzilmаsigа yangichа yondаshuv zаrurаti mаvjudligi sаbаbli ko’plаb dоlzаrb vаzifаlаr yuzаgа kеldi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, innovatsiya, sog’lom muhit, pedagogik mahorat, nutq madaniyati, xarakter., Kalit so’zlar: pedagogika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники