К содержанию
РецензированоUZ2026

KASB TANLASHDA O‘QUVCHINING QIZIQISHLARINI QO‘LLAB QUVVATLASHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR

QUVVATLASHDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR · Xasanova Shahodat Aral qizi · Jizzax viloyati G‘allaorol tuman MMTBga

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada o‘quvchilarning kasb tanlash jarayonida ularning individual qiziqishlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va yo‘naltirishda samarali pedagogik- psixologik yondashuvlar yoritilgan. O‘quvchining shaxsiyati, qobiliyati, ehtiyojlari va mehnat bozoridagi talablar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash zarurati asoslanadi. Shuningdek, kasbga yo‘naltirish jarayonida o‘qituvchi va psixologlarning hamkorligi, zamonaviy metodikalar va texnologiyalardan foydalanish masalalari ochib beriladi. Tadqiqotda G. Selye, D. Super, X. Gardner kabi olimlarning nazariy qarashlariga tayanilgan holda o‘quvchilarda ongli kasb tanlash kompetensiyasini shakllantirishning uslubiy asoslari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: kasb tanlash, o‘quvchi qiziqishi, pedagogik yondashuv, psixologik yondashuv, shaxsiy rivojlanish, kasbga yo‘naltirish, kompetensiya, o‘quvchi shaxsiyati, individual yondashuv, ta’lim va mehnat bozori. Kasb tanlash har bir inson hayotidagi eng muhim qararlardan biridir. Bu jarayon nafaqat shaxsning kelajakdagi moddiy ahvolini, balki uning ruhiy qoniqishi va ijtimoiy mavqeini ham belgilaydi. O‘quvchilar uchun kasb tanlash jarayoni yoshligida boshlanadi va ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, shaxsiy xususiyatlari va atrof-muhit omillari bilan chambarchas bog‘liqdir. Pedagogika va psixologiya fanlari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash orqali ularga o‘zlariga mos kasbni tanlashda yordam berish mumkin. Ushbu maqolada kasb tanlash jarayonida o‘quvchilarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashning pedagogik-psixologik jihatlari, usullari va samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Qiziqishlarning kasb tanlashdagi muhim o‘rin tutadi.Qiziqishlar shaxsning biror faoliyatga nisbatan ijobiy munosabatini ifodalaydi. Ular insonni ma’lum bir sohaga qaratadi va uning shu sohada rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qiziqishlar shaxsning motivatsiyasi, faoliyat samaradorligi va ruhiy qoniqishi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham, kasb tanlashda o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olish ularga o‘zlariga mos va qoniqarli kasbni tanlash imkoniyatini beradi. Qiziqishlar shaxsning ichki dunyosini aks ettirganligi sababli, ularni aniqlash va rivojlantirish orqali o‘quvchilarga ularning shaxsiy xususiyatlariga mos keladigan kasblarni tanlashda yordam berish mumkin. Masalan, https://scientific-jl.com 1 1 1 62-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ijodiy qiziqishlari yuqori bo‘lgan o‘quvchilar uchun dizayn, san’at yoki adabiyot sohalarini tavsiya qilish mumkin, ilmiy qiziqishlari yuqori bo‘lganlar uchun esa fan va texnologiya sohalarini tanlash maqsadga muvofiqdir.Bu borada pedagogik yondashuvlar: o’quvchilar qiziqishlarni shakllantirish va rivojlantirish hisoblanadi. Pedagogik jihatdan o‘quvchilarning qiziqishlarini shakllantirish va rivojlantirish maktab va ota-onalarning hamkorligida amalga oshirilishi kerak. Maktabda o‘qituvchilar o‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash va ularni rivojlantirish uchun quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin: • Individual yondashuv: Har bir o‘quvchining qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda individual dasturlar tuzish. Bu orqali o‘quvchilar o‘zlariga mos darslik materiallari va mashqlar bilan shug‘ullanishlari mumkin. Faoliyatga yo‘naltirilgan o‘qitish: O‘quvchilarni turli sohalarda amaliy faoliyat bilan shug‘ullantirish orqali ularning qiziqishlarini aniqlash. Masalan, laboratoriya ishlari, loyihalar, ijodiy mashg‘ulotlar va boshqalar. • Kasbiy yo‘naltirish darslari: Maktablarda kasb tanlashga yo‘naltirilgan maxsus darslar o‘tkazish orqali o‘quvchilarga turli kasblar haqida ma’lumot berish va ularning qiziqishlarini aniqlash. Psixologik yondashuvlar esa qiziqishlarni tahlil qilish va motivatsiya berishdir.Psixologik jihatdan o‘quvchilarning qiziqishlarini tahlil qilish va ularni kasb tanlash jarayonida qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi usullar qo‘llanilishi mumkin: • Psixodiagnostika usullari: O‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va shaxsiy xususiyatlarini aniqlash uchun turli psixologik testlar va so‘rovnomalardan foydalanish. Bu orqali ularning qaysi sohalarga qiziqishlari yuqori ekanligini aniqlash mumkin. • Motivatsiyani oshirish: O‘quvchilarni ularning qiziqishlari bo‘yicha rag‘batlantirish va ularga shu sohalarda muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini berish. Bu orqali ularning kasb tanlash jarayonida o‘zlariga ishonchlari oshadi. • Maslahat va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish: Psixologlar va pedagoglar tomonidan o‘quvchilarga kasb tanlash bo‘yicha maslahatlar berish va ularni to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirish. Bu borada ota-onalarning roli qanday?Ota-onalar o‘quvchilarning qiziqishlarini shakllantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Ota onalar quyidagi usullar orqali farzandlarining kasb tanlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishlari mumkin: • Qiziqishlarni qo‘llab-quvvatlash: Farzandlarining qiziqishlarini qo‘l

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘quvchilarning kasb tanlash jarayonida ularning individual qiziqishlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va yo‘naltirishda samarali pedagogik- psixologik yondashuvlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘quvchilarning kasb tanlash jarayonida ularning individual qiziqishlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va yo‘naltirishda samarali pedagogik- psixologik yondashuvlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: kasb tanlash, pedagogik yondashuv, o‘quvchi qiziqishi, o‘quvchi shaxsiyati, kasbga yo‘naltirish, individual yondashuv, shaxsiy rivojlanish, kompetensiya, ta’lim va mehnat bozori., psixologik yondashuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники