Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXSNING KOMMUNIKATIV QOBILIYATLARI
SHAXSNING KOMMUNIKATIV QOBILIYATLARI · Nuriddinova Nigora Ruxiddin qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada shaxsning kommunikativ qobiliyatlari tushunchasining psixologik mazmuni, uning shakllanish omillari ko‘rib chiqiladi. Muloqotni turli xil yondashuvlar nuqtai – nazaridan to’liq tahlili esa olim V.V. Rijov tadqiqotlari orqali yoritib o’tiladi. Shaxsning kommunikativ xususiyatlari, kommunikativ potensial shaxs tuzlimasini tashkil etuvchi komponentlar, ichki tuzilmalar bilan aloqadorlikda bo’lishi bayon etiladi. Kalit so’zlar: kommunikatsiya,muloqot, analitik yondashuv, empatiya, kommnikativ qobiliyatlar Shaxsning kommunikativ xususiyatlari – bu insonning muloqot sohadagi uning ijtimoiy muhiti uchun ahamiyatli bo’lgan xulq – atvor xususiyatlarning barqaror tavsifidir. Muayyan shaxs boshqa insonlar bilan birgalikdagi faoliyatning ko’pqirrali tizimida ishtirok etadi va bu muloqotida mavjud bo’ladigan xilma – xil shaxsiy uslublarlarning jamlanishi va mustahkamlanishini belgilab beradi. Shuningdek muloqot subyektida uning kommunikativ imkoniyatlarini belgilab beruvchi muayyan kommunikativ potensial mavjud bo’ladi. Shaxsning kommunikativ xususiyatlari, kommunikativ potensial shaxs tuzlimasini tashkil etuvchi komponentlar, ichki tuzilmalar bilan aloqadorlikda bo‘ladi va muloqot sohasida inson xulq – atvoriga hamda umumiy tarzda shaxsning barcha komponentlariga o’z belgisini qo’yadi (ta’sir o’tkazadi). Psixologiyada shaxsning kommunikativ xususiyatlarini o’rganish uchun aynan shas va muloqot muammosi borasidagi tadqiqotlar boshlang’ich baza bo’lib xizmat qiladi. Ma’lumki, shaxs muammosini tadqiq etishga Rossiya olimlari ham, xorij olimlari ham (A.F. Lazurskiy, G. Olport, R. Kettel va h.k.) jiddiy hissa qo’shishgan. Muloqot muammosini konseptual tarzda qayta ishlash eng avvalo muloqotga insonning psixik rivojlanishi, uning ijtimoiylashuvi va individuallashishi, shaxsiyati shakllanishi uchun muhim shart sifatida qaragan B.G. Ananev, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, V.M. Myasishev, S.L. Rubinshteyn nomlari bilan bog’liq. Muloqotni turli xil yondashuvlar nuqtai – nazaridan to’liq tahlil V.V. Rijov ishlarida amalga oshirilgan. U psixologiyada muloqotni, faoliyatni, umuman psixik hodisalari tadqiq etishining yangi tamoyili – muloqot va faoliyat birligi tamoyili paydo bo’lganligini ta’kidlaydi. Yoki juda bo’lmaganda ular murakkab o’zaro aloqadorlikda. Uning fikricha, shu sababli https://scientific-jl.com 1 4 4 62-son_6-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali muloqotning o’zi hamkorlik qilayotgan insonlarning ularning birgalikdagi faoliyatida, hamkorligida yaxlit tizim yaratishga yo’naltirilgan maxsus faoliyati hisoblanadi. Umumiy tarzda shaxsning kommunikativ xususiyatlarini tadqiq etishga uch yondashuvni ajratib ko’rsatish mumkin: analitik, polikomponent va tizimli. Analitik yondashuv doirasida shaxsning alohida kommunikativ xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotchilar alohida kommunikativ xarakteristkalarni o’rganishda asosan kirishimlilik, empatiya va o’ziga ishonganlikka to’xtalishgan. Kirishimlilik shaxsning muloqot muvaffaqiyatini belgilovchi zaruriy sifati hisoblanadi. Empatik kechinmalar muloqot, shaxsning o’zaro ta’siri muammolariga aloqadorlikda o’rganiladi. Bizning davrimizda empatiyani aniq ta’riflash masalasi bo’yicha alohida kelishuv mavjud emas. Ammo, Rossiya va xorij psixologlari empatiya shaxslarning o’zaro ta’sirlashishlaridagi zaruriy xususiyat ekanligini ko’p marotaba ta’kidlashgan. Shuningdek shasning kommunikativ xususiyatlari orasida o’ziga ishonganlik ham muhim o’rin egallaydi. Hozirgi kunga kelib ishonganlikni o’rganish va tasvirlashda butunlay farqli pozitsiyalar qayd etilgan ko’plab nashrlar mavjud. Ammo shu paytgacha ushbu fenomen mohiyati bo’yicha yagona tushuncha mavjud emas. Kirishimlilik, empatiya, o’ziga ishonganlik bilan bir qatorda shaxsning kommunikativ qobilyatlari ham keng tarzda o’rganilgan. Kommunikativ qobilaytlarni o’rganish kommunikativ xususiyatlarni tadqiq etishda polikomponent yondashuvning muhim qadami bo’lgan. B.G. Ananev, A.G. Kovalev, A.N. Leontev, V.N. Myasishev, B.M. Teplov, SL. Rubinshteyn ishlari sharofati bilan qobilyat muammosiga ilmiy yondashuv konteksti: uni albatta faoliyat bilan aloqadorlikda ko’rib chiqish aniqlashtirilgan. Xorij va rus psixologiyadagi adabiyotlar tahlili ko’rsatadiki, “kommunikativ qobilyatlar” tushunchasi hamma tomonidan bir xil qabul qilinmagan. Rus psixologlari ham, g’arb psixologlari ham ko’p hollarda “kommunikativ kompetentlik” atamasini qo’llashadi. Kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish va mukammallashtirish muammosiga zamonaviy yondashuv shundan iboratki, bunda ta’limga shaxsiy harakatlar asosida o’zini rivojlantirish va o’zini mukammallashtirish sifatida qaraladi. Kommunikativ kompetentlik deganda esa boshqa insonlar bilan zaruriy aloqalarni o’rnatish va mustahkamlash qobilyati tushuniladi. Kompetentlik tarkibiga kommunikativ jarayon samarali kechishini ta’minlovchi bir qator bilim va ko’nikmalar jamlanmasi kiritiladi. Olimlar kommunikativ kompetentlikka shaxslararo o’zaro t
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada shaxsning kommunikativ qobiliyatlari tushunchasining psixologik mazmuni, uning shakllanish omillari ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada shaxsning kommunikativ qobiliyatlari tushunchasining psixologik mazmuni, uning shakllanish omillari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- analitik yondashuv, empatiya, muloqot, kommnikativ qobiliyatlar, Kalit so’zlar: kommunikatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025