К содержанию
РецензированоUZ2026

BUYUK BRITANIYA VA MALAYZIYADA ISLOM MOLIYA MUASSASALARINI SOLIQQA TORTISH YO‘NALISHLARI

Yoqubjonov Javohir Farhodjon o‘g‘li

Исследователь · 18 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada, moliyaviy tizimi rivojlangan mamlakatlar, xususan, Angliya va Malayziyaning soliq tizimini takomillashtirish yo‘llari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: soliq qonuchiligi, bojlar, korporativ solig‘i, bank ustama solig‘i, shtamp boji. Annotation. This article discusses ways to improve the tax systems of financially developed countries, particularly those of England and Malaysia. Keywords: tax legislation, duties, corporate tax, bank surcharge, stamp duty. Islom moliya muassasalari, xususan Islom banklarining soliqqa tortishda bir qator ilg‘or mamlakatlarda qonun-qoidalar mavjud. Xususan, Malayiza, Indoneziya hamda Angliya Islom moliyasida yetakchilik qilib, allaqachon mamlakat hududida soliq tizimini joyir qilishgan. Buyuk Britaniya esa, Islomiy Fintech markazi sifatida shariatga muvofiq moliyaviy muhitni qo‘llab-quvvatlash borasida yetakchiligini isbotlagan.1 Angliya, Buyuk Britaniyaning bir qismi sifatida, rivojlangan va murakkab soliq tizimiga ega. Bu tizim Qirollik Soliq va Bojxona idorasi (HM Revenue and Customs) tomonidan boshqariladi. Ushbu tizim korporatsiyalar, tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda boshqa yuridik shaxslarga tatbiq etiladigan turli xil soliqlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tizim raqobatbardoshlik va soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash bilan birga, davlat xizmatlari va infratuzilmani moliyalashtirishga xizmat qiladi. Quyidagi soliq turlari hamda to‘lovlar ustidan nazorat qilish ushbu davlat idorasining asosiy vazifalari hisoblanadi:2 - Daromad solig‘i – Jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromad (ish haqi, ijara daromadi va boshqalar)dan olinadigan asosiy soliq turi. 1 Rahayu, Komala & Yusuf: Enhancing Islamic Banking through Accounting and Taxation Harmonization: A Comparative Study of Indonesia and Malaysia AABFJ Volume 18, Issue 5, 2024. P 12. 2 https://www.gov.uk/government/organisations/hm-revenue-customs/about#responsibilities https://scientific-jl.com 1 9 5 62-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali - Korporatsiya solig‘i – Angliyada ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar (kompaniyalar) tomonidan yillik foyda asosida to‘lanadigan soliq. - Kapital daromad solig‘i – Mulk, aksiyalar yoki boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda uchun olinadigan soliq. - Meros solig‘i – Shaxs vafotidan so‘ng qolgan mulkdan olinadigan soliq turi. - Sug‘urta mukofotlari solig‘i – Sug‘urta xizmatlaridan foydalanganlik uchun mijozlar to‘laydigan mukofotlar asosida olinadigan soliq. - Marka, yer va neftdan olinadigan daromad soliqlari – Muayyan mulklar va tabiiy resurslar bilan bog‘liq bo‘lgan tranzaksiyalarga nisbatan olinadigan soliq toifalari. - Atrof-muhitga oid soliqlar – Tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan faoliyatlar uchun joriy etilgan soliqlar. - Iqlim o‘zgarishi yig‘imlari va chiqindi poligonlari solig‘i – Uglerod chiqindilari, chiqindilarning utilizatsiyasi va atrof-muhitga zarar yetkazuvchi omillarga qarshi moliyaviy choralar. - Qo‘shilgan qiymat solig‘I – Tovarlar va xizmatlar iste’moliga nisbatan qo‘llaniladigan umumxalq solig‘i; import QQS ham shu doirada hisoblanadi. - Bojxona bojlari – Chetdan olib kirilgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan bojxona to‘lovlari. - Aktsiz yig‘imlari – Spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari va yoqilg‘i kabi maxsus toifalarga nisbatan belgilangan yig‘imlar. - Savdo statistikasi – Import-eksport hajmlari va savdo faoliyati bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish. - Milliy sug‘urta badallari – Ish beruvchilar va ishchilar tomonidan to‘lanadigan majburiy sug‘urta badallari, pensiya va ijtimoiy ta’minot tizimi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. - Soliq kreditlari – Past daromadli yoki farzandli oilalar uchun davlat tomonidan beriladigan qo‘shimcha moliyaviy yordamlar. - Bolalar nafaqasi – 16 yoshgacha bo‘lgan yoki o‘qiyotgan bolalar uchun oilalarga beriladigan muntazam nafaqa to‘lovlari. - Eng kam ish haqi talabini nazorat qilish – Ishchilarga qonun bilan belgilangan minimal ish haqi to‘lanishini ta’minlash. - Talaba kreditlarini undirish – Davlat tomonidan berilgan talaba kreditlarining qaytarilishini nazorat qilish va amalga oshirish. - Pul yuvishga qarshi nazorat – Moliya tizimida noqonuniy yo‘l bilan olingan mablag‘lar aylanmasining oldini olish va shaffoflikni ta’minlash. Ma’lumot uchun HMRC (Soliqlar va yig‘imlarga mas’ul hukumat idorasi) 2023–2024 moliyaviy yilida jami 843,4 milliard funt sterling miqdorida daromad https://scientific-jl.com 1 9 6 62-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yig‘ganini hisobot qilgan.3 Bu raqam ketma-ket uchinchi yil davomida eng yuqori darajadagi ko‘rsatkich bo‘lib, 2022–2023 yilga nisbatan 3,6 foizlik o‘sishni anglatadi. Buyuk Britaniyada joylashgan eng yirik islomiy banklardan biri bo‘lgan Al Rayan bank o‘zining yillik hisobotlarida to‘langan soliqlarga oid bir qator ma’lumotlar bergan. Al Rayan, bank o‘zining moliyaviy faoliyatida shaffoflik tamoyillariga ama

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada, moliyaviy tizimi rivojlangan mamlakatlar, xususan, Angliya va Malayziyaning soliq tizimini takomillashtirish yo‘llari haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada, moliyaviy tizimi rivojlangan mamlakatlar, xususan, Angliya va Malayziyaning soliq tizimini takomillashtirish yo‘llari haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tax legislation, duties, corporate tax, bank surcharge, stamp duty, korporativ solig‘i, shtamp boji., bojlar, bank ustama solig‘i, Kalit so‘zlar: soliq qonuchiligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники