К содержанию
РецензированоUZ2026

SOVET DAVRINI OʻQITISHNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI.

Hojiakbar Komilov Umidjon o’g’li

Исследователь · 121-127 · 2026

Аннотация

This scientific article discusses the importance of teaching the Soviet era, which is a part of the history of our country, in the present day, the achievements and shortcomings of this period, as well as the teaching of the Soviet era in this period today. Keywords. Soviet era, Uzbekistan, independence, history, development, periodization, education. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan keyingi o‘tgan 34 yil davomida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bir qator yangilanishlar amalga oshirilib, barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. Hozirgi globallashuv jarayonida jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun- mohiyatini tahlil etish, turli xil yot g‘oyalardan yoshlarni himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur o‘rganish yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosatini, jahon hamjamiyatidagi o‘rnini, davr qahramonlarini, ayniqsa bugungi yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida o‘zining ham shu jarayondagi faol ishtirokchi ekanligini to‘g‘ri va to‘liq anglashi jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. https://scientific-jl.com 2 4 7 62-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Mustaqillik yillari mamlakatimiz ta’lim sohasida yuz bergan o‘zgarishlar tufayli mamlakatimizda kadrlar tayyorlash sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Ayniqsa «Yangilanayotgan O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash» g‘oyasi ostida bugungi kunda kechayotgan o‘zgarishlar ta’lim tizimini ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. O‘zbekistonda Oliy ta’limni rivojlantirishning 2030-yilgacha bo‘lgan konsepsiyasining qabul qilinishi, qo‘shma dasturlar orqali nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro hamkorliklarning yo‘lga qo‘yilishi, O‘zbekistonda dunyoning etakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallarining ochilishi, xalqaro reyting va indekslarda respublika oliy ta’lim tizimining nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar buning misolidir. Malakali kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, bugungi kunda ta’lim to‘g‘risidagi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Unda mamlakatimizda mustaqillik yillari ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohatlar va undagi ayrim kamchilik va nuqsonlarni tanqidiy tahlil etilgan holda bu tizimda o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Oily o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Fanlarni optimallashtirish yo‘lidan borilmoqda. O‘zbekiston tarixi ko‘hna bo‘lib, olamshumul voqeliklarga juda boy. Mamlakatimiz jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri hisoblanib, O‘zbekiston tarixi qadim va yaqin ajdodlarimizning hayotiy kechmishlari qanday bo‘lganligi, jahon tarixi taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini holisona va haqqoniy o‘rganadi. Umuman, O‘zbekiston tarixi fani ajdolarimiz hayotida sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni tahlil qilishni, ularning sabablari va mohiyatini, ichki va tashqi omillarini, umumiy va o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishni ko‘zda tutadi. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi o‘ta muhim masala bo‘lib, u fanning tub ilmiy-nazariy asoslarini tashkil etadi. Ma’lumki O‘zbekiston tarixi sovet davrida eng qadimgi davrdan boshlab 5 ta taraqqiyot bosqichiga: ibtidoiy, quldorlik, feodalizm, kapitalistik, sotsialistik (kommunistik) jamiyatlarga bo‘lingandi. Mustaqillik yillarida tarixchi olimlar «Yangi tarix» ta’limoti va tarix fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslariga suyangan holda shonli boy tariximizni ilmiy asosda davrlashtirish sohasida ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritdilar va tarixni sinflar kurashidan iborat, deb tushunish, uni 5 ta formatsiyaga bo‘lishdan batamom voz kechdilar. O‘zbekiston tarixiga oid dastur, darslik, va o‘quv qo‘llanmalari sovet tuzumi davrining soxta, to‘qima materiallaridan butunlay holi qilindi. 1917—1990-yillarda ijtimoiy-siyosiy, madaniy sohalarda kommunistik mafkura taʼlim-tarbiyaning asosi qilib qoʻyilishiga qaramay, xalqimizning tafakkuri, maʼnaviy darajasi, pedagogik ongi rivojlanib bordi. Shoʻro siyosatida asosiy eʼtibor xalqda oʻz tarixi, milliy madaniyati, milliy qadriyatlaridan, ayniqsa yoshlar qalbini milliy gʻurur, milliy iftixor, oʻz ajdodlari bilan faxrlanish tuygʻusidan mahrum qilishga qaratildi; https://scientific-jl.com 2 4 8 62-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali taʼlim-tarbiyada oʻquvchilarda kommunistik axloqni tarkib toptirish asosiy vazifa qilib qoʻyildi. Sovet davrida Oʻzbekistonda taʼlim holati boʻyicha yozilgan adabiyotlarda mahalliy aholi “savodsiz” hisoblanib, kamsitilgan, yurtimizda taʼlimning ming yillardan ziyod vaqt mobaynida mukammal shakllangani va oʻzining betakror anʼanalariga ega boʻlgan tizimi eʼtibordan chetda qolgan. Sovet mualliflarining asarlari

Доказательный фрагмент

«This scientific article discusses the importance of teaching the Soviet era, which is a part of the history of our country, in the present day, the achievements and shortcomings of this period, as well as the teaching…»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific article discusses the importance of teaching the Soviet era, which is a part of the history of our country, in the present day, the achievements and shortcomings of this period, as well as the teaching… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Soviet era, Uzbekistan, independence, history, development, davrlashtirish, Kalit so’zlar. Sovet davri, O’zbekiston, ta’lim., tarix, mustaqillik, taraqqiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники