К содержанию
РецензированоUZ2023

O’ZBEKISTONDA “YO’L HARAKATI QOIDALARI VA HARAKAT XAVFSIZLIGI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR”

Tog‘ayeva Ro‘zigul Zafar qizi

Исследователь · 2023

Аннотация

This article analyzes the road traffic safety system in the Republic of Uzbekistan. It examines statistical data on traffic accidents, major causes of crashes, and government measures to improve road safety. In 2023, a total of 10,648 traffic accidents were recorded, showing an 8% increase compared to the previous year. The article also discusses the development of traffic culture, the effectiveness of video surveillance, and the interaction between drivers and pedestrians. Keywords: road traffic safety, traffic rules, accident statistics, crash causes, transport policy. Yo‘l harakati xavfsizligi har bir jamiyatning barqaror rivojlanishi va fuqarolar salomatligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda https://scientific-jl.com 2 8 7 62-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yo‘l harakati qoidalarini takomillashtirish, xavfsizlikni oshirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada mamlakatdagi yo‘l harakati qoidalari, xavfsizlik holati va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Yo‘l harakati qoidalari — bu transport vositalari haydovchilari, piyodalar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari uchun belgilangan majburiyatlar va cheklovlar majmuasidir. Ular harakatni muvofiqlashtirish, tartibni saqlash va avariyalarni oldini olishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari muntazam ravishda yangilanib, zamonaviy talablar asosida takomillashtirilmoqda. Yo‘l harakati xavfsizligi holati: statistik tahlil So‘nggi yillarda O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 2024 yilda respublikada avtomobillar soni 600 mingtaga, aholisi esa qariyb 1 million nafarga ko‘paygan bo‘lsa-da, yo‘l-transport hodisalari sonining kamayish dinamikasi saqlanib qolmoqda . Biroq, 2024 yilda haydovchilar tomonidan qariyb 20 millionga yaqin yo‘l harakati qoidabuzarliklari sodir etilgan. Shundan 10 va undan ortiq qoidabuzarlik qilgan haydovchilar soni 38 mingdan ziyodni tashkil etadi. Qayd etilgan 9 mingtadan ortiq YTHlarning 46 foizi aynan ushbu haydovchilar hissasiga to‘g‘ri keladi . Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar O‘zbekiston hukumati yo‘l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda: “Aqlli” svetoforlar joriy etilishi: Toshkent shahrida 1150 ta svetofordan 80 tasi “aqlli” svetoforlar bo‘lib, ular real vaqt rejimida harakatni optimallashtiradi . Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari: Respublikada 4628 ta svetofor, 2510 ta onlayn ishlovchi statsionar radar va kamera tizimlari faoliyat yuritmoqda. Toshkent shahrida esa bunday qurilmalarning soni 650 tani tashkil etadi . Jarima ballari tizimi: Qoidabuzarliklar uchun jarima ballari tizimi joriy etilib, haydovchilarning intizomini oshirishga xizmat qilmoqda . Ta’lim va targ‘ibot ishlari: Maktablarda “Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish sinfxonalari” tashkil etilib, o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalari nazariy va amaliy tarzda o‘rgatilmoqda . So‘nggi yillarda mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligi sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish, xalqaro standartlarga muvofiq yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, yo‘l harakati qulayligi va xavfsizligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlat rahbarining bir qator farmon va qarorlari bilan yo‘l infratuzilmasini kompleks takomillashtirish yo‘nalishi bo‘yicha yangi vazifalar va chora-tadbirlar belgilandi. Bu esa, sohani yanada rivojlantirishga turtki bo‘ldi. https://scientific-jl.com 2 8 8 62-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Shu bilan bir qatorda, yo‘llar holati va infratuzilmasini yaxshilash yo‘nalishida viloyat va tuman markazlarida yo‘l belgilari, svetofor va yoritkichlar o‘rnatish, chiziqlar chizish, piyodalar yo‘lagini belgilash, umuman, yo‘llarni tartibga solishga faqat Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi mas’ul bo‘lishi hamda bu ishlarni moliyalashtirish uchun tizimda “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika va viloyat jamg‘armalari tashkil etilishi belgilandi. Qolaversa, yo‘llarda tartib-qoidalar ilm bilan hamohang bo‘lishini ta’minlash masalasida sohaga ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markaz tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, yuk tashuvchi avtotransportlarining harakati me’yorlarini takomillashtirish mamlakatda yo‘llarning xizmat muddatini oshirishga va ularni ta’mirlashga ajratilgan xarajatlarning kamaytirishga olib keladi. O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va chora-tadbirlar ijobiy natijalar bermoqda. Biroq, yo‘l- transport hodisalari va qoidabuzarliklar sonini yanada kamaytirish uchun kompleks yondashuv zarur. Bu esa infratuzilmani rivojlantirish, qonunchilikni takomillashtirish, texnologik yechi

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the road traffic safety system in the Republic of Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the road traffic safety system in the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
road traffic safety, traffic rules, accident statistics, crash causes, Kalit so‘zlar: yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘l harakati qoidalari, YTH statistikasi, avariya sabablari, transport siyosati.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники