Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN MASOFAVIY BANK XIZMATLARINI KOʻRSATISHNING AMALIY HOLATI
KOʻRSATISHNING AMALIY HOLATI · Abduxomidov Ikromjon Maxamdin o’g’li · O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya
Исследователь · 2026
Аннотация
Maqolada tijorat banklari tomonidan masofaviy bank xizmatlarini koʻrsatishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari bilan bogʻliq boʻlgan dolzarb muammolar aniqlangan va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so’zlar: Masofaviy bank xizmatlari, Inflyatsiya, moliyaviy butik, SMS- banking, Internet- banking, Tap-to-phone tizimi, Mobil- banking, Supermarket- banking, moliyaviy savodxonligi. Annotation The article identifies the urgent issues related to the organizational and economic foundations of remote banking services provided by commercial banks and develops scientific proposals aimed at addressing them. Keywords: Remote banking services, Inflation, Financial boutique, SMS banking, Internet banking, Tap-to-phone system, Mobile banking, Supermarket banking, Financial literacy. Kirish. Jahonda aholiga sifatli masofaviy bank xizmatlari koʻrsatishda raqobat kurashining yanada ortib borishiga, tijorat banklari faoliyati samaradorligining xalqaro darajadagi reytingini baholashga e’tibor qaratilmoqda. Jahon banki hisobotlariga koʻra «pandemiya raqamli bank xizmatlaridan ilk foydalanuvchilar sonining 40 foizi onlayn- banking xizmatidan foydalangan boʻlib, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasida – 54 foiz, Lotin Amerikasi va Karib havzasi mintaqasida – 15 foiz, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida – 10 foizni tashkil etdi» 1 . Tijorat banklari tomonidan masofaviy bank xizmatlarini koʻrsatish jarayonidagi nomuvofiqliklarning mavjudligi va masofaviy bank xizmatlari koʻrsatish sifatining turli darajada ekanligi ushbu sohaga alohida e’tibor qaratilishini taqozo etmoqda. Jahonda tijorat banklari tomonidan masofaviy xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish hamda yangi zamonaviy bank xizmatlarini joriy qilish va ularning sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlarga e’tibor qaratilmoqda. Tijorat banklari masofaviy bank xizmatlarini kengaytirish, banklar tomonidan masofaviy xizmatlarni mijozlarga yetkazish madaniyatini oshirish aholi keng qatlamining bankka boʻlgan ishonchini oshirish, banklar tomonidan yirik mijozlarni jalb qilish va ularning talab va takliflarini e’tiborga olgan holda yangi masofaviy xizmat turlarini taklif etish, https://scientific-jl.com 3 62-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali mijozlarning fikrini doimiy e’tiborga olgan holda xizmat koʻrsatish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Adabiyotlar tahlili. Ma’lumki, banklar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlari nazariyasi tarixi qator bosqichlarni bosib oʻtgan. Bank xizmatlar nazariyasi rivojlanishini boshlangʻich bosqichida X.Duglas2 va G.Brayanning ilmiy ishlari banklar xizmati bozori hamda uning bank xizmatlari segmentini oʻrganishga bagʻishlangan. Ikkinchi bosqichda, mamlakatlarning iqtisodiyot tizimlari faoliyatini xususiyatlarini hamda boshqa omillarning bank xizmatlari bozoriga ta’sirini tadqiq etishga bagʻishlangan F.Derek 3 O.Donnel, E.Ballarin ilmiy ishlarida aks etadi. Keyingi 3-bosqichda «Moliyaviy supermarket» va «moliyaviy butik» gʻoyalari boʻyicha fikrlar ilgari surilgan. Bank xizmatlari bozorida mavjud koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar keng tarqalgan boʻlib, banklarning birlashish va singib ketish holatlari koʻpaydi. Bu borada D.Jentle, J.Sinki4, P.Rouz ilmiy ishlarini alohida ta’kidlab oʻtish mumkin. Tijorat banklarining masofaviy xizmatlari boʻyicha biz qator MDH davlatlari olimlarining ham qarashlarini oʻrganib chiqishga harakat qildik. Albatta, bu sohada rossiyalik olimlarning asarlarida turlicha yondashuvlarni koʻrishimiz mumkin. Rossiyalik iqtisodchi olimlar tijorat banklarining masofaviy xizmatlari toʻgʻrisida koʻpchilik bildiradigan fikr atrofida fikrlar bildirishini koʻrishimiz mumkin. Iqtisodchi olim I.I.Bichkova «tijorat banklarining masofaviy xizmatlarini aksariyat hollarda mijozning bankga bormasdan kompyuter texnologiyalari va telefon tarmogʻi orqali topshirigʻiga asosan amalaga oshirilishi» 5 deb qaraydi. O.I.Lavrushin «banklarning masofaviy xizmatlari bu bankning oʻz mijozlari (jismoniy va yuridik shaxslar)ga turli bank operatsiyalariga masofadan turib ruxsat berish boʻyicha kompleks xizmatlaridir» 6 degan ta’rif beradi. Shuningdek, O.I.Lavrushinning fikricha, «bank operatsiyalari bank funksiyalarining amaliyotda amalga oshirilishi boʻlsa, bank xizmatlari esa bir yoki bir necha operatsiyalarning bank mijozi topshirigʻiga asosan va ma’lum toʻlov evaziga amalga oshirilishini koʻzda tutadi degan qarashni oʻrtaga suradi» 7 . Albatta, tijorat banklarining masofaviy xizmatlari oʻzining qoʻllanilishi va bajarilishi jihatdan masofadan amalga oshiriladigan xizmatdir. Ammo, prof. O.I.Lavrushinning yuqorida keltirib oʻtgan fikrlari bizni bank operatsiyalari, bank xizmatlari va mahsulotlari toʻgʻrisida qisqacha boʻlsada fikrimizni bayon qilishga undaydi. Rossiyalik olimlar A.M.Tavasiyev, T.Y.Mazurina, V.B.Bichkovlarning fikricha, «bank xizmatlari bank operatsiyalariga qoʻshimcha hisoblanib ularga bank operatsiyalarining qoʻshimcha
Доказательный фрагмент
«Maqolada tijorat banklari tomonidan masofaviy bank xizmatlarini koʻrsatishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari bilan bogʻliq boʻlgan dolzarb muammolar aniqlangan va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab c…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada tijorat banklari tomonidan masofaviy bank xizmatlarini koʻrsatishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari bilan bogʻliq boʻlgan dolzarb muammolar aniqlangan va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab c… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Remote banking services, Inflation, Financial boutique, SMS, moliyaviy savodxonligi., Internet- banking, Kalit so’zlar: Masofaviy bank xizmatlari, Inflyatsiya, Tap-to-phone tizimi, Mobil- banking, moliyaviy butik, SMS- banking, Supermarket- banking
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024