Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“YOSHLIK – 1” KONI PORFIRLI MIS MA’DANLARINI FLOTATSIYA USULIDA BOYITISHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH.
Halimov Sherali Anvar o‘g‘li
Исследователь · 2 · 18-21 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada “Yoshlik-1” konining mis-porfir rudalarini flotatsion va gravitatsion-flotatsion usullar asosida boyitish samaradorligi o‘rganilgan. Rudadagi mis, oltin va molibden elementlari mayda dispers va birikkan holatda joylashgani sababli, ularni ajratib olishda kollektiv flotatsiya usuli tanlandi. Olib borilgan yopiq siklli tajribalar "Olmaliq KMK" AJning MOF-1 texnologik sxemasi asosida tashkil etildi. Tajribalar davomida mis-molibden kollektiv konsentratining unumdorligi 6–9 %, misni ajratib olish darajasi 83–89 %, oltin uchun 74–81 %, molibden uchun esa 80–88 % ni tashkil etdi. Gravitatsion ajratish sxemaga kiritilganda, oltinni umumiy ajratib olish darajasi 3,15 % ga oshdi va 135 g/t oltinli gravitatsion konsentrat olindi. Shuningdek, yig‘uvchi reagentlar sifatida YAN-1, butilkali ksid karbonat (BKK) hamda ularning aralashmalari qo‘llanildi. Tadqiqotlar natijasida “Yoshlik-1” rudasini flotatsion boyitishda kompleks reagent tanlovi, jarayon oldidan gravitatsion ajratish va texnologik ko‘rsatkichlar optimallashtirilishi boyitish samaradorligini sezilarli oshirishini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: Yoshlik-1 koni, mis-porfir rudasi, flotatsion boyitish, gravitatsion ajratish, mis-molibden konsentrat, oltinni ajratib olish, reagent yig‘uvchi, samaradorlik, texnologik ko‘rsatkichlar, kollektiv flotatsiya. “Yoshlik-1” konining mis-porfir rudalarini boyitish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar bir qator geologik, mineralogik va texnologik murakkabliklar bilan tavsiflanadi. Kon rudasining mineral tarkibi o‘ziga xos murakkab tuzilishga ega bo‘lib, mis, oltin va molibden elementlari asosan xalkopirit, bornit va molibdenit kabi sulfidli minerallarda noaniq shaklda, ko‘pincha mayda dispers yoki bir-biriga yopishgan holatda uchraydi. Bu esa ularni flotatsion ajratishda yuqori selektivlikka erishishni sezilarli darajada qiyinlashtiradi. Rudadagi foydali komponentlarning nisbatan past konsentratsiyada joylashganligi, ya’ni mis miqdorining 0,4–0,6 % atrofida, oltinning esa 0,2–0,6 g/t miqdorida bo‘lishi boyitish samaradorligini oshirishda texnologik jihatdan puxta yondashuvni talab qiladi. Ruda ko‘p komponentli bo‘lganligi sababli ularni selektiv emas, balki kollektiv tarzda boyitishga ehtiyoj tug‘iladi. Shu sababli optimal reagent-kompleksni tanlash, xususan yig‘uvchi va ko‘pirtiruvchi reagentlarning turi hamda sarf me’yorlarini aniqlash dolzarb ilmiy muammo sifatida https://scientific-jl.com 2 3 62-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali qaraladi. Bunda reagentlarning bir-biri bilan o‘zaro ta’siri va ruda tarkibiga mosligi sinchkovlik bilan o‘rganilishi talab etiladi. Shuningdek, jarayonning dastlabki bosqichida gravitatsion boyitishni qo‘llash orqali oltin kabi og‘ir komponentlarni ajratib olish va ularning flotatsion aylanishlarida yo‘qolishini kamaytirish imkoniyatlarini tahlil qilish ham alohida izlanish obyektidir. Tadqiqotlarning yana bir muhim yo‘nalishi – energiya va reagent sarfini optimallashtirish, ya’ni tejamkor, ekologik xavfsiz va sanoat sharoitida joriy etilishi mumkin bo‘lgan samarali texnologiyani ishlab chiqishga qaratilgan. Shuning uchun, “Yoshlik-1” konining mis- porfir rudalarini boyitish texnologiyasini ishlab chiqish nafaqat ilmiy, balki amaliy jihatdan ham murakkab va muhim masala hisoblanadi. O‘tkazilgan tajriba natijalari asosida aniqlanishicha, kollektiv flotatsiya konsentratining unumdorligi asosan 6 % dan 9 % gacha bo‘lgan oraliqda kuzatildi. Bu jarayonda misni ajratib olish darajasi 83–89 % ni, oltin uchun esa 74–81 % ni tashkil etdi. Molibden ajratib olish ko‘rsatkichi esa 80–88 % diapazonda bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar ishlatilgan yig‘uvchi reagentlar turi va ularning sarf miqdoriga bevosita bog‘liq ekani aniqlandi. Kollektiv flotatsiya mahsuloti unumining ortishi qimmatbaho komponentlarni ajratib olish darajasining ham yuqorilashiga olib keladi. Olingan ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘rganilgan barcha turdagi yig‘uvchi reagentlar qo‘llanilgan hollarda ruda flotatsion usullar bilan yetarli darajada samarali boyitiladi. Ma’danning kimyoviy tarkibi va undagi asosiy sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan minerallarning tarqoqlik (dispersiya) xususiyatlarini o‘rganish natijasida Yoshlik-1 koni ma’danini boyitish uchun eng maqbul texnologik yo‘nalish sifatida flotatsiya usuli tanlab olindi. Flotatsiya sxemasi mis-molibden konsentratini ajratib olish va keyinchalik kompleks sikl sanoat mahsulotlari flotatsiyasi chiqindilaridan piritni flotatsiya qilishni o‘z ichiga oladi. Yig‘uvchi sifatida ksantogenatning apolyar reagentlar bilan aralashmalari sinovdan o‘tkazildi, shuningdek, sikllararo flotatsiyadan oldin magnit fraksiyasini ajratish amalga oshirildi. “Yoshlik” koni rudasining texnologik xususiyatlarini baholash maqsadida, ruda namunalariga nisbatan yopiq rejimda flotatsion boyitish tajribalari o‘tkazildi. Ushbu tajribalar “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 1-sonli mis boyitish fabrikasi (MOF-1)da amalda qo‘llanilayotgan t
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada “Yoshlik-1” konining mis-porfir rudalarini flotatsion va gravitatsion-flotatsion usullar asosida boyitish samaradorligi o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada “Yoshlik-1” konining mis-porfir rudalarini flotatsion va gravitatsion-flotatsion usullar asosida boyitish samaradorligi o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kKalit so‘zlar: Yoshlik-1 koni, flotatsion boyitish, mis-porfir rudasi, mis-molibden konsentrat, texnologik ko‘rsatkichlar, Kalit so‘zlar: Yoshlik-1 koni, oltinni ajratib olish, samaradorlik, gravitatsion ajratish, kollektiv flotatsiya. ollektiv flotatsiya., reagent yig‘uvchi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024