Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TARIX O'QITISH METODIKASINING INSONIYAT TARAQQIYOTI BILAN MOS RAVISHDA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Valiyeva Gulchehra · Parpiyeva Komila
Исследователь · 1 · 2026
Аннотация
O'tmish va tarixiy xotira insoniyat tarixining barcha davrlarida e'tibor markazida bo'lib kelgan. Mazkur maqolada tarix o'qitish metodikasining insoniyat taraqqiyoti bilan mos ravishda rivojlanish xususiyatlari mahalliy va xorijiy manba'lar asosida tahlil qilinadi. Kalit so'zlar: tarix, tarixshunoslik, tarix o'qitish metodikasi, tarixiy tafakkur. O'tmish va tarixiy xotira insoniyat tarixining barcha davrlarida e'tibor markazida bo'lib kelgan. Bu e'tibor natijasida ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar orqali tarixiy hodisalar, shaxslar va jarayonlar bilan bog'liq ko'plab savollarga javob izlangan. Ushbu jarayon inson o'tmishda nima sodir bo'lganligini yozishni boshlashi bilan va tarixshunoslikni paydo bo'lishiga asos bo'lgan. Tarix o'qitish deganda, tarixiy material vositasida o'quvchilarga bilim berish, ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish zarur bo'lgan jarayon, o'qituvchi va o'quvchilarning aqliy (ichki) hamda o'quv harakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi. Tarix kursining mazmuni deganda, birinchi galda tarix dasturida belgilab berilgan tarixiy bilimlar ko'lami, o'quv materiali: uning asl mazmuni, o'quvchilarning tarixiy materiallarni o'zlashtirish olgan bilimlaridan foydalana bilish sohasidagi o'quv usullari, ko'nikma va malakalari sistemasi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarining eng oddiy shakllarini egallashlari ko'zda tutiladi. Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy- tarixiy vaziyat ularning ro'y berishidagi asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi. Ayniqsa, turli davrlarda yaratilgan tarixiy ilmiy asarlarda mualliflarning tadqiqot masalalariga turlicha yondashuvlari va fikrlari, xulosalarning turlichaligi, ularni ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish va tarixiylik, ilmiylik hamda xolislikka asoslanilgan eng to'g'ri xulosalarni chiqarish bugungi kun tarixchi mutaxassislari oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi. Bugungi kunda tarix fani sohasida ta'lim olayotgan talabalar tarixga oid asarlardan foydalanish, ularni tahlil etish kabi о'zlashtirish uslublari, ulardan foydalanish samaradorligini bilish haqidagi tarixiy tadqiqot uslublari va ilmiy-tarixiy haqiqatga erishish yo'llarini anglashi lozim. https://scientific-jl.com 8 6 62-son_5-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Majburiy ta'limning vujudga kelish sabablari o'rganilganda, tarix darsi o'sha davrda ta'limga yuklangan vazifalarni bajarishda muhim rol o'ynaganini ko'rish mumkin. Armiya, davlat va sanoat institutlariga kerak bo'ladigan itoatkor va uyg'un fikrlaydigan shaxslarni tarbiyalashda tarix saboqlari muhim rol o'ynagan. Shu nuqtai nazardan, tarixni o'qitishning boshlanishini tizimli dars sifatida XIX asr boshlarida zamonaviy o'quv muassasalarida keng jamoatchilikka ta'lim berishni maqsadini amalga oshirish uchun o'qitilgan. Bu davrda tarix fanidan juda uzoq vaqt davomida asosan milliy o'ziga xoslikni rivojlantirish va itoatkor inson tarbiyalash maqsadda o'qitilgan. Ikkinchi jahon urushigacha tarix saboqlari madaniyatni singdirish asosida, itoatkor va yaxshi fuqarolarni tarbiyalash maqsadida olib borilgan. Biroq, ushbu davrda ta'lim demokratlashtirish, inson huquqlari ahamiyatiga ega bo'lish va urushlarning oldini olishda rol o'ynashi mumkinligi haqidagi fikr tarixni o'qitish tushunchasini o'zgartirdi. Bundan tashqari, texnologik va iqtisodiy o'zgarishlar hayotni murakkablashtirdi va odamlar ega bo'lishi kerak bo'lgan ko'nikma va malakalar diversifikatsiya qilindi. Ushbu hodisalar an'anaviy tarix darsini qaytadan ko'rib chiqishni talab etdi. 1960 yillarning oxirida Angliyada tarix darsi nomlar, son va raqamlar, hamda elementlar asosida o'qitilishi tanqid qilindi. Debatlar shu qadar avj olib ketdiki, ba'zi odamlar tarix kursini o'quv dasturidan olib tashlash kerak, chunki u talabalarni o'sha kun sharoitida hayotga tayyorlay olmaydi degan mulohazalarni o'rtaga qo'ydi. 60-yillarning oxirida ayniqsa Angliyada tanqid natijasida tarixni o'qitishda ta'lim oluvchini tarixiy bilim va munosabatdan tashqari kundalik hayotga qanday tayyorlashi mumkinligi keng ko'lamda tadqiq qilindi. Ijtimoiy so'rovnomalar o'tkazildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida ta'lim oluvchilar tarix darslari orqali qanday ko'nikmalarni egallashlari mumkinligini aniqlandi. Boshqacha qilib aytganda, tadqiqot tarix darsini zamonaviy hayot bilan qanday bog'lash mumkinligini ko'rsatishda muhim rol o'ynadi. Angliyada tarix o'qitish sohasida olib borilgan tadqiqotlar 70-yillarda ham davom etdi. Angliyada "Maktablar assambleyasi tarixi" loyihasi amalga oshirildi va mazkur loyiha o'quvchilar orasida tarix darsida amaliy ko'nikma va malakalarni berish uchun ayniqsa muhim rol o'ynadi. Ushbu loyiha orqali tarixni o'qitish tadqiqotga, so'roqqa, dalillarni baholashga va baholangan dalillar orqali xulosa chiqarishga asoslangan bo'lishi kerakligi isbotlandi. Maktablarda o'quvchilar
Доказательный фрагмент
«O'tmish va tarixiy xotira insoniyat tarixining barcha davrlarida e'tibor markazida bo'lib kelgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюO'tmish va tarixiy xotira insoniyat tarixining barcha davrlarida e'tibor markazida bo'lib kelgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarix, tarixshunoslik, tarix o'qitish metodikasi, tarixiy tafakkur, tarixiy tafakkur., Kalit so'zlar: tarix
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026