Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MATNDAGI OMONIM VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR VA ULARNING BADIY-ESTETIK HAMDA USLUBIY XUSUSIYATLARI
Hokimjonova Dilobarxon Joʻrabek qizi · FarDU Lingvistika:o‘zbek tili
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada tilshunoslikdagi omonim va koʻp maʼnoli soʻzlarning oʻzaro maʼnolari haqida aytiladi, ularning farqli va birlashtiruvchi belgilari xususida siz yuritiladi hamda omonim va koʻp maʼnoli soʻzlarning badiiy estetik, uslubiy xususiyatlari tahlilga tortiladi. Kalit soʻzlar: semantik funksiya, omonim soʻzlar, polisemantik birliklar, metafora, koʻp maʼnoli soʻzlar. Omonimlar umumiy maʼno unsurlariga ega boʻlmagan, tasavvuriy bogʻlanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan soʻzlar; ular orasida semantik aloqa boʻlmaydi. Ana shunday soʻzlarning tilda mavjud boʻlishi va shunga bogʻliq hodisalar omonimiya deyiladi. Omonimlarning lugʻaviy va grammatik koʻrinishlari farqlanadi. Omonimlarni ikkinchi nomi shakldoshlardir. Masalan: soz cholg‘u asbobi, soz puxta ma’qul, soz inoq, o‘zaro yaqin. Omonimlar bilan bir qatorda tilda ularning alohida turlari sifatida omograflar (bir xil yoziladigan, lekin urgʻu va talaffuz bilan farqlanadigan so‘zlar: olma(meva nomi)—olma(„-ma“ qoʻshimchasini olgan ish-harakat), tom (uy tomi) – tom (kitob tomi) va boshqalar, hamda, omofonlar (bir xil talaffuz qilinadigan, lekin yozilishida farq qiladigan so‘zlar): yetti (son) – yetdi (fe’l); yot (begona) – yod (xotira) va hokazo. Omonimiyaning mazkur barcha ko‘rinishlariga mansub so‘zlar ma’nosi asosan matn orqali bilinadi. Omonimlar mumtoz adabiyotda tajnis sanʼati va tuyuq janrini yaratishda, askiya payrovlarida esa soʻz oʻyini va qochiriq sifatida ishlatiladi. Soʻz ustalari, ayniqsa, shoirlar poetik taʼsirchanlikni oshirishda omonimlar dan mahorat bilan foydalanadilar. Zahiriddin Muhammad Boburning quyidagi baytida mumtoz adabiyotda omonimlardan mohirona foydalanganligini koʻrishimiz mumkin. Misol uchun: Qadimni firoq mehnati yo qildi, Ko‘nglum g'am-u anduh o‘tig'a yoqildi. Holimni sabog'a aytib erdim, ey gul, Bilmon, sanga sharh qilmadi, yo qildi. https://scientific-jl.com 2 2 8 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Ushbu tuyuqda omonimlar tajnis san’atini yuzaga keltirgan. Bilamizki, arab alifbosida yo harfi koʻrinishi egik holda shuning uchun shoir 1-qatorda qaddimni firoq mehnati egdi demoqchi, 2 qatorda esa koʻnglim gʻam anduh oʻtiga yoqildi demoqchi, 4 qatorda aytmoqchiki bilmadi senga sharh qilinadimi yoki qilinmadimi tarzida foydalanilgan. Omonimlar askiya payrovlarida. Misol uchun: - Turing dadasi...... doʻkonga mol kepti - A? Nima deding? Ola molmi qora molmi? Bunda mol soʻzi omonimlikni hosil qilgan. Birinchi gapda mol bu tovar maʼnosida, ikkinchi gapda esa hayvon maʼnosida. Koʻp maʼnolilik, polisemiya — til birliklarining birdan ortiq maʼnoga ega boʻlishi. Koʻp maʼnolilik — koʻp qirrali va murakkab hodisa. Deyarli har bir soʻzning lugʻaviy maʼno taraqqiyoti aniq, individual yondashishni, izohlashni talab qiladi. Koʻp maʼnolilik maʼnosi faqat matnda bilinadi. Onamning koʻzi hali yaxshi koʻradi (aʼzo); buloqning koʻzi, ignaning koʻzi (teshik); uzukning koʻzi (uzukka qoʻyilgan tosh); taxtaning koʻzi (taxtadagi doira shakl). Shakldosh so‘zlar bir qarashda ko‘p ma’noli so‘zlarga o‘xshab ketadi. Ularni bir-biridan farqlash kerak. Ko‘p ma’noli so‘zlar bir so‘zning ko‘chma va o‘z ma’nolarida qo‘llashdan hosil bo‘ladi. Shakldosh so‘zlar esa shakli o‘xshash ikki va undan ortiq so‘zlardir. Omonimlarning quyidagi turlari mavjud. 1) Leksik (lug‘aviy) omonimlar so‘z o‘rtasidagi omonimlardir. Misol: Soch a’zo, soch-sochmoq(harakat.) 2) Frazeologik (ibora) omonimlari ya’ni ko‘chma ma’noli, ta’sirchanlikka ega bo‘lgan birikmalar o‘rtasidagi omonimlar. Misol: Boshga ko‘tarmoq-e’zozlamoq. boshga ko‘tarmoq-janjal qilmoq. 3) Grammatik omonimlar ikki xil bo‘ladi: a) Morfologik omonimlar qo‘shimchalar o‘rtasidagi omonimlardir. Masalan: to‘kin dasturxon (sifat yasovchi), ekin (ot yasovchi) qo‘shimcha. b) Sintaktik omonimlar so‘z birikmalari va gaplardagi omonimlardir. So‘z birikmalaridagi omonimlik: yolg‘ondan hayron bo'lmoq (yolg‘on gapdan hayron bo'lmoq), yolg‘ondan hayron bo'lmoq (yolg‘ondakamiga hayron bo'lmoq). Gaplardagi omonimlik: Karimjon akam keldimi? Karimjon, akam keldimi? (birinchi gapda Karimjon so‘zi ega vazifasida kelyapti, ikkinchi gapda Karimjon so‘zi undalma bo'lib kelyapti). Ko‘p ma’noli va shakldosh so‘zlarni farqlash bilan bog‘liq muammo bo‘ladi. https://scientific-jl.com 2 2 9 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Avvalo omonim (shakldosh) so‘zlar bir xil shaklda bo‘lishiga ko‘ra ko‘p ma’noli so‘zlarga o‘xshaydi. Lekin ular faqat bir xil shaklga teng so‘zlardir xolos. Masalan: yoz (fasl), yoz (qalamda yozmoq), yoz (dasturxonni yoz.) Omonim va ko‘p ma’noli so‘zlar orasidagi farq shundaki, ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nolari orasida aloqadorlik mavjud bo'ladi, Omonim so‘zlarning orasida esa aloqadorlik mavjud bo‘lmaydi. Ko‘p ma’noli so‘zlar qancha ko‘p ma’noga ega bo‘lmasin, bu ma’nolar o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Omonimlar esa boshqa boshqa so‘z bo‘lgani uchun ularning ma’nolari o‘rtasida bog‘lanish
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tilshunoslikdagi omonim va koʻp maʼnoli soʻzlarning oʻzaro maʼnolari haqida aytiladi, ularning farqli va birlashtiruvchi belgilari xususida siz yuritiladi hamda omonim va koʻp maʼnoli soʻzlarning badiiy…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tilshunoslikdagi omonim va koʻp maʼnoli soʻzlarning oʻzaro maʼnolari haqida aytiladi, ularning farqli va birlashtiruvchi belgilari xususida siz yuritiladi hamda omonim va koʻp maʼnoli soʻzlarning badiiy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit soʻzlar: semantik funksiya, metafora, koʻp maʼnoli soʻzlar., polisemantik birliklar, omonim soʻzlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025