К содержанию
РецензированоUZ2014

ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARGA KOXLEAR IMPLANTATSIYA OPERATSIYASINI O‘TKAZILISHINING ME’YORIY HUQUQIY ASOSI

IMPLANTATSIYA OPERATSIYASINI O‘TKAZILISHINING · ME’YORIY HUQUQIY ASOSI · Jo‘raxo‘jayev Muhammadaziz (Andijon davlat pedagogika instituti) · Mamatisayeva Surayyo (Andijon davlat pedagogika instituti) · Axmedova Vazira · (Andijon davlat pedagogika instituti) · Mirzayeva Umida · (Andijon davlat pedagogika instituti) · Qodirova Mahzuna (Andijon davlat pedagogika instituti)

Исследователь · 2014

Аннотация

Mazkur maqolada eshitishni tiklashning zamonaviy usuli bo‘lgan koxlear implantatsiya operatsiyasi va uning eshituv idrokiga samarali ta’siri, koxlear implantatsiyadan so‘ng eshituv reabilitatsiyasining pedagogik usullari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: eshituv idroki, o‘yin faoliyati, reabilitatsiya, koxlear implantatsiya Mamalakatimizda Tibbiyot muassasalarida koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazish uchun bemorlarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazish uchun bemorlarni tanlab olish tartibini belilangan. Qarorga muvofiq koxlear implant operatsiyalari quyidagi holatlar koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazishga ko‘rsatmalar hisoblanadi: bola ilk yoshidan eshitish apparatidan doimiy ravishda foydalangan va samarasi past bo‘lganligiga qaramasdan og‘zaki ko‘nikmalar shakllanganligi; eshitish apparati qo‘llanilganda ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni 40 foizdan, bir bo‘g‘inli so‘zlarni 20 foizdan kam bo‘lmagan darajada anglash; faqat past, o‘rta chastotali tovushlarni, 1-2 metr masofadan shartli reflektor reaksiyalari yordamida yuqori chastotali tovushlarni qabul qila olish; past, o‘rta va yuqori chastotali nonutqiy tovushlarga 3 metrdan kam bo‘lmagan masofadan beixtiyor va ixtiyoriy reaksiyalar mavjudligi; baland tovush va ovozlarni eshitish reaksiyalarining rivojlanishida ijobiy o‘zgarishlar mavjudligi; https://scientific-jl.com 2 3 6 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali imo-ishoradan foydalanmagan holda so‘zlovchining yuzidan uning so‘zlayotganligini tushunish; ovoz faolligining oshishi, undosh harflarga artikulatsiya tovushlarining mavjudligi; eshitish apparatidan uch oy mobaynida muntazam foydalanish ijobiy natija bermagan va nutqli audiometriya ma’lumotlariga ko‘ra, ochiq tanlangan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni anglash darajasi 30 foizdan kam bo‘lgan holda faqat so‘zsiz tovushlarga reaksiyaning ijobiy tomonga rivojlanganligi; akustik refleksometriyada akustik reflekslarning qayd etilmaganligi; ushlanilgan chaqiriluvchi otoakustik emissiyasida eshitish potensiallarining qayd etilmaganligi; eshitishning chaqiriluvchi qisqa chastotali potensiallari tekshiruvida V darajali cho‘qqi 30 — 80 detsibelda eshitish potensiallari yo‘qligining qayd etganligi; modullangan ohangda statsionar chaqiriluvchi eshitish potensiallari qayd etilganligi; promontorial test ma’lumotlariga ko‘ra, berilgan elektr ta’siri natijasida eshitish hissiyotining paydo bo‘lganligi; erkin tovushlar maydonida tovush qabul qilish darajasi 2000 va 4000 Gts chastotalarda 55 detsibeldan yuqoriligi; nur diagnostikasi ma’lumotlariga ko‘ra, koxleovestibulyar patologiyasi, chig‘anoq ichki yuzasining sezilarli obliteratsiyasi hamda retrokoxlear patologiyalarning yo‘qligi. Quyidagi holatlar koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazishga qarshi ko‘rsatmalar hisoblanadi: kompyuter tomografiyasi va magnit rezonans tomografiyasi natijalariga ko‘ra, chig‘anoqning elektrod zanjirini kiritishga imkon bermaydigan darajada qisman yoki to‘liq ossifikatsiyasi; rejali jarrohlik muolajalariga mutloq qarshi ko‘rsatma bo‘luvchi somatik kasalliklarning (yurak-qon tomirlari, buyrak va jigarning og‘ir kasalliklari, qon kasalliklari, qandli diabet, sil, zaxm, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi va boshqalar) mavjudligi; nutqning imo-ishora va daktil nutq asosida to‘liq shakllanganligi; bemorlar, bemor bolalarning ular bilan birgalikda yashovchi ota-onalarida koxlear implantatsiya opersiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish va koxlear implantatdan foydalanishni qiyinlashtiruvchi ruhiy va chuqur nevrologik buzilishlar (autizm, shizofreniya, psixopatiya, autoagressiya, epilepsiya, tutqanoq sindromi, elektroensefalogrammada aniqlangan tutqanoqqa moyillik) mavjudligi; retrokoxlear kasalliklar mavjudligi, auditor neyropatiyadan (chig‘anoq yoki eshituv nervi yo‘qligi, eshituv tizimining yuqori sathlaridagi shikastlanishlar) tashqari; https://scientific-jl.com 2 3 7 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali bemorlarda, bemor bolalarning ota-onalari, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki homiylarida, koxlear implantatsiya opersiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish imkoniyati va istagi yo‘qligi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar koxlear implantatsiya operatsiyasini o‘tkazganlaridan so‘ng surdopedagog, psixolog va ota-ona bilan hamkorlikda nutqiy muloqot jarayonini shakllantirish kompleks tarzda olib boriladi. Koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlari Koxlear implantatsiya operatsiyasi o‘tkazilgan uch yoshgacha bemor bolalarda uch yil, uc

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada eshitishni tiklashning zamonaviy usuli bo‘lgan koxlear implantatsiya operatsiyasi va uning eshituv idrokiga samarali ta’siri, koxlear implantatsiyadan so‘ng eshituv reabilitatsiyasining pedagogik usull…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada eshitishni tiklashning zamonaviy usuli bo‘lgan koxlear implantatsiya operatsiyasi va uning eshituv idrokiga samarali ta’siri, koxlear implantatsiyadan so‘ng eshituv reabilitatsiyasining pedagogik usull… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
koxlear implantatsiya, reabilitatsiya, o‘yin faoliyati, Kalit so‘zlar: eshituv idroki
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники