К содержанию
РецензированоUZ2026

TAYANCH HARAKATI A’ZOLARI FALAJLANGAN BOLALAR TA’LIM- TARBIYASIDA NUTQ KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

ORCID ID --- (Andijon davlat pedagogika instituti,)

Исследователь · 2026

Аннотация

This article explores methods for addressing speech disorders in children with motor impairments (cerebral palsy). It emphasizes the importance of a comprehensive approach to overcoming speech development issues, integrating speech therapy, defectology, psychoneurology, and pedagogical strategies. The author presents a step- by-step system of activities aimed at speech development and highlights the practical value of games and exercises. Methodological recommendations are provided to help expand children's vocabulary, with a focus on enhancing activity through play and developing sensory and perceptual skills. The article serves as a valuable methodological resource for professionals in special education and practicing speech therapists. Keywords: Cerebral palsy, speech disorder, speech therapy, special pedagogy, corrective exercises, vocabulary, sensory development, defectology, didactic games. Maktabgacha yoshdagi bolalarni nuqson turlari va uning darajalariga mos ravishda belgilangan davlat ta’lim talablari asosida ta’lim berish, nuqsonlarni o‘z vaqtida korreksiyalash, ikkilamchi nuqsonlarni oldini olish imkonini beradi. Bolalarning dunyoqarashini kengaytirib, mustaqil fikrlaydigan, o‘z fikrini erkin ifoda eta oladigan etib tarbiyalashga yordam beradi. Bolalarga ta’lim tarbiya berish orqali Ona Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini shakllantirib, ma’naviy dunyosi kengayib boradi. Ammo, shuni unutmaslik kerakki, maqsadga erishish uchun muayyan tarbiyaviy ma’rifiy ishlarga kompleks yondashib, ya’ni davolash tadbirlarini pedagogik ish jarayoni bilan chambarchas bog‘lab olib borish kerak. Miya falaji bilan kasallangan bolalar bilan olib boriladigan korrektsion pedagogik va davolash ishlari kompleks olib borishni, bunda psixonevrolog, nevropatolog, defektolog va tarbiyachi hamkorlikda ruhiy, jismoniy – harakat, nutqiy kamchiliklarni yumshatish yoki bartaraf etishda sistemali ish olib borishni talab etadi. [1] Serbral falaj bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlarning dastlabki davrlarida atrofimizdagi narsa va hodisalarni, hamda ular bilan bo‘ladigan harakatlarni tushunishga, talaffuz qilishga, ularning farqli va o‘xshash xususiyatlarini anglab olishga, predmetlarda qism va butunlik munosabatlarini (inson yuzi va tanasining qismlari, boshqa predmetlarning ma’lum qismi kabi) o‘rganishga o‘rgatib boriladi. Bu mashg‘ulotlarda bolalarning lug‘at boyligi rivojlantirib boriladi. Ularga kundalik hayotimizda ko‘proq duch keladigan, xususan, idishlar, mebel, kiyim-kechaklar, https://scientific-jl.com 2 4 1 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali o‘yinchoqlar kabi predmetlarni tushunishga va yaxshi eslab qolishga o‘rgatiladi. Bir vaqtning o‘zida bolaning idrok qilish, fahmlash saviyasi va tasavvurlari konkretlashtiriladi. Bolani lug‘atini rivojlantirish uchun bolaning amaliy va hissiy tajribasini kengaytirishga qaratilgan dastlabki korrektsion tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi. Bola hayotining dastlabki davrlardanoq faol ravishdagi predmet-amaliyot harakatlarini shakllantirishga intilish zarur. Logoped bolaning onasini bola bilan birgalikda bo‘ladigan o‘yinlarga jalb qilish lozim. Bu jarayonda esa uning nutqi bir muncha rivojlanib boradi. Lug‘atni shakllantirish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich olib boriladi. Birinchi bosqichda bolalar predmetlar bilan ularning tasviri va ular bilan bajariladigan ishlar bilan birlamchi tanishtiriladi. Bu o‘rinda bolaning e’tiborini jalb qilishga va uning javob reaktsiyasini qo‘zg‘atishga yordam beradigan bir qator usullar qo‘llaniladi: ya’ni predmetni kutilmaganda, to‘satdan paydo bo‘lib qolishi, yo‘qolishi, uning harakati. Eng asosiysi esa bolaning o‘zi predmet bilan amalga oshiradigan harakatdir. Ikkinchi bosqichda bolalar predmetlar bilan, ularning sifati va o‘ziga xos bo‘lgan jihatlari bilan bir muncha chuqurroq, kengroq tanishtirib boriladi. Bolada predmet haqidagi, uning qismlari orasidagi munosabat haqidagi, shuningdek, uning qurilishi va tarkibiy qismlari, nimaga mo‘ljallanganligi haqidagi tushunchalar shakllanib mustahkamlanib boradi. Ishning uchinchi bosqichida predmetlarning belgilar va xususiyatlarining ko‘paytirilishi munosabati bilan mashg‘ulotlar bir muncha murakkablashadi. Lug‘at ishning asosiy vazifasi predmetlarning ajratib ko‘rsatadigan belgilari va xususiyatlarini ifodalovchi aniq so‘zlarni topishga, o‘z o‘rnida qo‘llash qobiliyatlarini mustahkamlash hisoblanadi. Ishning to‘rtinchi bosqichida umumlashtirishlar va tushunchalar shakllanib boradi. Bolalarda predmetlarning asosiy belgilarini va xususiyatlarini ajratib ko‘rsatuvchi so‘zlar asosida turdosh va o‘xshash jihatdan umumlashtiruvchi fikrlar rivojlantiriladi. Bolalar hajm, vaqt, masofa, son ma’nolarini ifodalovchi tushunchalarni o‘zlashtirishda, ayniqsa qiyinchiliklarga duch kelishadi. Lug‘at boyligini mustahkamlash uchun va boyitish uchun kundalik muloqotlar, didaktik o‘yinlar va o‘yin tarzidagi mashqlarni bajarish amalga oshiriladi. [2]

Доказательный фрагмент

«This article explores methods for addressing speech disorders in children with motor impairments (cerebral palsy).»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores methods for addressing speech disorders in children with motor impairments (cerebral palsy). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Cerebral palsy, speech disorder, speech therapy, special pedagogy, nutq kamchiligi, logopediya, korrektsion mashg‘ulotlar, lug‘at boyligi, defektologiya, didaktik o‘yinlar., sensor rivojlanish, Kalit so‘zlar: Serbral falaj, maxsus pedagogika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники