Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILI FANIDA ARTIKL
Yahyoyeva Odinaxon Nu'monjon qizi · Kalit so‘zlar Artikllar · Grammatikani o‘rgatish · Noaniq artikllar
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu ilmiy maqola ingliz tilidagi artikllarning o‘rganilishi va o‘qitilishi bilan bog‘liq nazariy va amaliy masalalarni tahlil qiladi. Maqolada ingliz tilidagi aniq artikl (the), noaniq artikllar (a/an) va nol artikl (artiklsiz holat) turlari o‘rganilib, ularning grammatik va semantik vazifalari batafsil tushuntirilgan. Artikllarning nutqdagi ma’no va kontekstga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunish, ingliz tilini o‘rganish jarayonida muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, maqolada o‘zbek tilida artikllar mavjud bo‘lmasligi sababli o‘zbek tilida so‘zlashuvchi o‘quvchilarning ingliz tilida artikllarni o‘rganishdagi xatoliklari tahlil qilinadi. Artikllarni o‘rganishda yuzaga keladigan asosiy qiyinchiliklar va ularga qarshi samarali o‘qitish metodlari taklif etiladi. Kontekstual yondashuv, taqqoslov metodlar va vizual materiallardan foydalanish orqali artikllarni o‘rgatishning samarali usullari ko‘rsatilgan. Maqolada o‘qituvchilarga o‘quvchilarga artikllarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatishda qanday metodologiyalarni qo‘llash zarurligi haqida fikrlar bildirilib, ingliz tili o‘rganish jarayonining samaradorligini oshirish uchun ilmiy yondashuvlar taklif qilinadi. Umuman olganda, maqola ingliz tili o‘qituvchilari va talabalariga artikllarni o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni tushunishga va samarali metodlar asosida ularni yengishga yordam beradi. Kalit so‘zlar Artikllar, Grammatikani o‘rgatish, Noaniq artikllar, Aniqlovchi artikl, Nol artikl; ANNOTATION This academic paper analyzes theoretical and practical issues related to the study and teaching of English-language articulations. The article explores the types of definite article (the), indefinite articles (a/an), and null article (non-Article case) in English and explains in detail their grammatical and semantic tasks. Understanding how articulations affect meaning and context in speech has been shown to be important in the process of learning English. The article also analyzes the errors of Uzbek-speaking readers in learning articles in English due to the lack of articulations in Uzbek. The main difficulties that arise in the study of articulations and effective teaching methods are proposed against them. Effective methods of teaching articulations are shown through the use of a contextual approach, comparative methods and visual materials. In the article, teachers are told to give students the right hand of articulations https://scientific-jl.com 2 4 4 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Key words Articulations, teaching grammar, indefinite articles, determinative article, null article; KIRISH Ingliz tili zamonaviy dunyoda xalqaro muloqot, fan, texnologiya, savdo va ta’limning asosiy vositasi hisoblanadi. Ushbu tilni o‘rganish jarayonida grammatik bilimlar, xususan, artikllarning to‘g‘ri qo‘llanilishi muhim o‘rin tutadi. Chunki artikllar kichik va tashqi shakli oddiy bo‘lishiga qaramasdan, ular gapdagi otlarga aniqlik, umumiylik, noma’lumlik yoki ma’lumlik kabi semantik ma’no yuklaydi. Bu esa muloqotda tushunmovchiliklarning oldini olish va fikrni aniq ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Ingliz tilidagi artikllar asosan uch turga bo‘linadi: aniq artikl (the), noaniq artikllar (a/an) va nol artikl (ya’ni artiklning mavjud emasligi). Har bir artikl o‘ziga xos grammatik va semantik vazifani bajaradi. Biroq, ko‘plab til o‘rganuvchilar, ayniqsa o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar uchun artikllarni to‘g‘ri ishlatish katta muammo tug‘diradi. Bu holat birinchi navbatda ona tilimizda artikl tushunchasining mavjud emasligi bilan bog‘liq. Masalan, o‘zbek tilida “kitob”, “bir kitob”, “ana u kitob” kabi ifodalar artikllarsiz aytiladi, holbuki ingliz tilida ularning har biriga mos ravishda a book, the book kabi shakllar tanlanadi. Shu sababli ingliz tilini o‘rganayotgan o‘zbek o‘quvchilari orasida artikllarni umuman ishlatmaslik yoki ularni noto‘g‘ri joyda ishlatish kabi xatoliklar keng tarqalgan. Bundan tashqari, artikllar faqatgina grammatik birlik emas, balki nutqning kontekstual mazmunini to‘g‘ri tushunishda ham asosiy https://scientific-jl.com 2 4 5 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali vosita hisoblanadi. Masalan, “I saw a dog” (men bir itni ko‘rdim) va “I saw the dog” (men o‘sha itni ko‘rdim) gaplari orasidagi farq, kontekstga qarab, butun muloqot mazmunini o‘zgartirishi mumkin. Ushbu maqola ingliz tilidagi artikllarning nazariy asoslarini, ularning turlari va qo‘llanilish holatlarini tahlil qiladi. Shuningdek, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi o‘quvchilar uchun xos bo‘lgan muammolarni ochib beradi va artikllarni o‘rgatishda samarali metodik yondashuvlarni taklif etadi. Bu mavzu ingliz tilini o‘rgatishda va o‘rganishda doimiy dolzarb bo‘lib qolmoqda, chunki til o‘zlashtirish jarayonida grammatikaning bu qismi juda ko‘p tushunmovchiliklarga sabab bo‘ladi. TADQIQOT METODOLOGIYASI. Ingliz tilidagi artikllarning umumiy tavsifi. Art
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy maqola ingliz tilidagi artikllarning o‘rganilishi va o‘qitilishi bilan bog‘liq nazariy va amaliy masalalarni tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy maqola ingliz tilidagi artikllarning o‘rganilishi va o‘qitilishi bilan bog‘liq nazariy va amaliy masalalarni tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Articulations, teaching grammar, indefinite articles, determinative, Noaniq artikllar, Nol artikl, Kalit so‘zlar Artikllar, Aniqlovchi artikl, Grammatikani o‘rgatish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026