К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ TILIDA ZAMONLAR

INGLIZ TILIDA ZAMONLAR · Abduvoxidova Shukuronaxon Qahramon qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tilidagi zamonlar tizimining grammatik tuzilishi, semantik vazifalari va ularning o‘quvchilarga o‘rgatilishidagi metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Ingliz tilida mavjud 12 ta zamon shaklining har biri alohida o‘rganilib, ularning kontekstda ishlatilishi, o‘zbek tilidagi zamonlar bilan farqlari hamda o‘quvchilarda uchraydigan xatoliklar asosida izohlanadi. Maqolada zamonlarni o‘rgatishda qo‘llaniladigan samarali usullar — vizual chizmalar, taqqoslov metod, kontekstual o‘qitish va amaliy mashg‘ulotlar muhim ahamiyatga ega ekani asoslab berilgan. Tadqiqot ingliz tili grammatikasini chuqur o‘zlashtirish va muloqot kompetensiyasini shakllantirishda zamonlar mavzusining markaziy o‘rinni egallashini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar ingliz tili, grammatika, zamonlar, Present, Past, Future, murakkab zamonlar; ANNOTATION This article analyzes the grammatical structure of the English system of tenses, semantic tasks and methodological approaches to their teaching to students. Each of the 12 present tense forms in English is studied separately and explained on the basis of their use in context, their differences with Uzbek tenses, as well as errors found in readers. The article is based on the importance of effective methods used to teach tenses — visual drawings, comparative method, contextual teaching, and practical training. The study shows that the topic of tenses occupies a central place in the deep assimilation of English grammar and the formation of communication competence. Key words English, grammar, tenses, Present, Past, Future, complex tenses; KIRISH Til — bu muloqot vositasi, grammatika esa tilning ichki tizimini tashkil etuvchi asosiy bo‘g‘indir. Ingliz tili grammatikasida zamonlar tizimi muhim markaziy o‘rin egallaydi. Har qanday harakatning qachon sodir bo‘lganligi, uning davomiyligi yoki natijasi aynan fe’lning zamon shakli orqali ifodalanadi. Shu boisdan, zamonlar — ingliz tilidagi verbial sistemaning ajralmas va eng murakkab qismlaridan biridir. Ingliz tilida zamonlar tizimi ancha murakkab bo‘lib, u 3 asosiy zamon (hozirgi – Present, o‘tgan – Past, kelajak – Future) asosida 12 ta grammatik zamon shaklidan iborat. Har bir zamon turli grammatik konstruksiyalar (yordamchi fe’llar, asosiy fe’l shakllari) yordamida ifodalanadi. Bundan tashqari, zamonga https://scientific-jl.com 2 5 1 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali bog‘liq holda harakatning davomiyligi (Continuous), mukammalligi (Perfect) yoki ikkalasining birgalikda qo‘llanishi (Perfect Continuous) ham grammatik jihatdan alohida shakllar orqali ifodalanadi. Zamonlar faqat grammatik kategoriya emas, balki semantik va pragmatik jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Har bir zamon nutqdagi ma’lumotni qanday tushunishimizga, uni qanday kontekstda qabul qilishimizga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, “He is going” va “He goes” jumlalari grammatik jihatdan o‘xshash ko‘rinsa-da, semantik nuqtai nazardan har xil vaqt va harakat holatlarini bildiradi. Ingliz tilida zamonlar tizimi Yevropa tillariga xos analitik (yordamchi fe’llar yordamida) va sintetik (fe’lning o‘zi shakl o‘zgaradi) yondashuvlarning uyg‘unlashuvi orqali ifodalanadi. Bu tizim o‘zbek tiliga nisbatan ancha aniq va qat’iy qoidalarga ega. Masalan, o‘zbek tilida “Men boraman” fe’lini turli kontekstlarda ishlatish mumkin: bugun, ertaga, har doim. Ammo ingliz tilida bu farqlarni aniq zamonlar orqali https://scientific-jl.com 2 5 2 62-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ko‘rsatish talab etiladi: I go (doimiy), I am going (hozir), I will go (ertaga). Shuningdek, ingliz tilida zamonlar muloqotda aniq vaqt nuqtasini bildiruvchi ko‘rsatkichlar (time markers) bilan birgalikda qo‘llanadi: yesterday, now, at the moment, since 2000, tomorrow va boshqalar. Bular o‘quvchilarga harakatning aynan qachon sodir bo‘lganini aniqlashda yordam beradi. O‘zbek tilida zamonlar grammatik jihatdan sodda tuzilgan bo‘lib, ko‘p hollarda zamon faqat fe’l oxiridagi qo‘shimchalar bilan ifodalanadi. Bu esa ingliz tilidagi murakkab zamonlar tizimini o‘rganishda o‘zbek tilida so‘zlashuvchi o‘quvchilar uchun muayyan chalkashliklar tug‘diradi. Aynan shu sababli ingliz tilidagi zamonlarni o‘rgatishda aniq metodik yondashuvlar, kontekstual tahlil va vizual vositalardan foydalanish zarur. Ushbu maqolada ingliz tili zamonlar tizimining tuzilishi, semantik jihatlari, o‘qitishdagi dolzarb muammolar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan metodik yondashuvlar ilmiy asosda tahlil qilinadi. TADQIQOT METODOLOGIYASI. Ingliz tilidagi zamonlar tizimining umumiy ko‘rinishi. Ingliz tilida zamonlar tizimi harakat yoki holatning vaqt mobaynidagi sodir bo‘lish usulini aniqlovchi vosita hisoblanadi. Ingliz tilida zamonlar 3 asosiy vaqt guruhiga ajraladi: Present (Hozirgi zamon), Past (O‘tgan zamon), Future (Kelajak zamon), Har bir zamon quyidagi 4 ta ko‘rinishda qo‘llanadi: Simple (Oddiy), Continuous/Progressive (Davomli), Perf

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz tilidagi zamonlar tizimining grammatik tuzilishi, semantik vazifalari va ularning o‘quvchilarga o‘rgatilishidagi metodik yondashuvlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz tilidagi zamonlar tizimining grammatik tuzilishi, semantik vazifalari va ularning o‘quvchilarga o‘rgatilishidagi metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
English, grammar, tenses, Present, Past, Future, complex tenses, murakkab zamonlar, grammatika, zamonlar, Kalit so‘zlar ingliz tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники